FAZA KONТRASТIK MIKROSKOPIYa.
Biologik mikroskoplarda deyarli kuzatib bo’lmaydigan ba’zi tirik preparatlarni
kontrastligini faza kontrastik moslama yordamida keskin orttiriladi.
Bu metod yaltiroq preparatni turli qismlarini atrof muxitdan nur sindirish ko’rsatkichi
bilan farqlanishiga asoslanadi. Bunda preparatdan utayotgan yorug’lik turlicha tezlikda
tarqaladi, ya’ni fazalarni siljishi yuz beradi. Faza o’zgarishlari turli ko’rinishdagi yorug’lik
tulkinlariga aylanadi, natijada kuz bilan ko’rib bo’ladigan kontrastik tasvir hosil bo’ladi.
Faza kontrastik moslamani qo’llash tirik hujayrani organoidlari, kiritmalari va boshqa
qismlarini buzilmagan holda o’rganishga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |