Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- (ma’ruza matnlari)
- 1- ma’ruza. Kirish.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat universiteti
Z o o o o l l o o g g i i y y a a k k a a f f e e d d r r a a s s i i B B a a d d a a l l x x o o ’ ’ j j a a y y e e v v I I . .
(ma’ruza matnlari)
Andijon – 2013
2
Ushbu “Sitologiya” dan ma’ruzalar matni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashi tavsiyasi asosida chop etildi. Qo ’ llanma yangi namunaviy dastur va reja (2013) asosida yozilib, unda sitologiyaning rivojlanish tarixi, metodlari va hujayraning tuzilishi yorug ’ lik va elеktron mikroskopik dalillar asosida bеrildi. Har bir mavzuning ohirida mustahkamlash uchun savollar, tayanch iboralar va adabiyotlar kеltirildi.
Тaqrizchi: b.f.d. professor M.Mamadiyev.
3 So’z boshi
Amaldagi o’quv rejasiga ko’ra sitologiyadan kunduzgi bo’limda 30 soat ma’ruza, 44 soat amaliyot uchun ajratilgan. Hozirgi davrda o’zbek tilida sitologiyadan Oliygox talabalari uchun darslik yo’q. Boyqobilov va Ikromovlarning “Sitologiya”, Sattiboyev, Qo’chqorovlarning “O’simlik hujayrasi” o’quv qo’llanmalari na’munaviy dasturda ko’rsatilgan barcha masalalarni yoritib bera olmaydi. Shuning uchun ham Sitologiyadan ma’ruza matnlari yozilishi zarur narsa edi.
Matnda sitologiyaning rivojlanish tarixi, hujayraning elektron mikroskopik tuzilishi, organoidlarning nozik tuzilishlari va funksiyalari eng yangi ma’lumotlar asosida bayon etildi.
Sitologiyaning predmeti va vazifalari. Reja. 1. Sitologiya hujayra xaqidagi fandir. 2. Sitologiyaning ob’ektlari. 3. Sitologiyaning muammolari. 4. Sitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. 4.1. Dastlabki mikroskopning paydo bo’lishi. 4.2. Dastlabki mikroskopik kuzatishlar. 4.3. “Hujayra” atamasining fanga kiritilishi. 5. Preformizm va epigenez nazariyalari. 6. Adabiyotlar. 7. Тayanch iboralar.
Sitologiya - tirik materiyaning tuzilishini elementar birligi bo’lgan hujayralarning kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi xaqidagi fandir. U hujayralarning strukturasini, protoplazmaning nozik tuzilishini, undagi hayotiy protsesslarni sodir bo’lishini o’rgatadi. Sitologik tekshirishlarning ob’ektlari ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari bakterial hujayralar, sodda hayvon - hujayralardir.
Ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari to’qimalarning tarkibiga kiradi, ularning hayot faoliyatlari bir butun organizmni muvofiqlashtiruvchi ta’sirga bo’ysunadi. Bakteriya, sodda hayvonlarda “hujayra” va “Organizm” tushunchalari bir-biriga mos keladi; bunda biz mustaqil hayot kechira oladigan hujayra-organizmlar to’g’risida gapirishga xaqlimiz. Bir hujayrali organizmlar olamida turli yashash muxitiga moslashgan bo’lgan juda xilma-xil formalar mavjud. Hujayra - organizmlar orasida biz juda murakkab tuzilgan va ancha
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling