Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

 A. Levenguk XVII-asrning to’rtinchi yirik mikroskopisti edi. Uning mutaxassisligi 

savdogar  bo’lib,  umrining  deyarli  50  yilini  mikroskop  ostida  mayda  organizmlarni 

kuzatishga  bag’ishladi  va  1680  yilda  London  Qirollik  jamiyati  (Hozirgi  fanlar 

akademiyasiga  o’xshaydi)  ga  a’zo  qilib  saylandi.  Levenguk  uz  kuzatishlarini  1696  yilda 

“Тabiat  sirlari“    nomli  asarda  bayon  qildi.  U  bir  hujayrali  organizmlarning  boy  olamini 

ochgan, hayvonlarning hujayralari – eritrotsitlar va spermatozoidlarni

1

 ko’rgan birinchi olim 



bo’lgan.  Lekin,  Levenguk  bu  kuzatishlirini  yetarlicha  baholay  olmadi  va  hayvonlarni 

hujayraviy tuzilishlari  xaqida xulosa chiqarmadi. 

XVIII  –asrda  hayvon  va  odamning  jinsiy  hujayralari  tekshirildi  va  murtakning 

boshlang’ich  taraqqiyoti  ozmi,  ko’pmi  bayon  etildi.  Gametalarning  jinsiy  ko’payishdagi 

ahamiyati  umuman  to’g’ri  tushunilgan  bo’lsada,  tuxum  hujayralari  va  spermalarning 

otalanish  protsessidagi  nisbiy  roli  ko’p  tomonlama  noaniq,  ularning  nozik  tuzilishlari  esa 

noma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik olimlar, masalan, A.Levenguk Svammerdam,  Malpigi, 

Galler  va  Bonnelar  jinsiy  ko’payishni  moxiyatini  yaxshi  tushunmadilar.  Ular  jinsiy 

hujayralardan bulguvchi organizmning tula tashkil topgan mo’rtagi joylashgan bo’ladi deb, 

preformizm  (preformare-  avvaldan  shakllangan)  nazariyasini  ilgari  surdilar.  Preformistlar 

ikki  guruxga  bo’linib,  ulardan  ba’zilari  spermaning  ichida  (animalculare-  animalkulistlar), 

qolganlari  esa  tuxum  hujayraning  ichida  (obium-  ovistlar)  bulguvsi  organizmning  uni 

hamma  organlari  bilan  tula  tashkil  topgan  mayda  Mo’rtagi  joylashgan  deb  hisobladilar, 

binobarin  bu  bilan  ular  individual  taraqqiyotni  qism  va  organlar  kattaligini  ortib borishiga 

tenglashtirdilar.  

XVIII-  asr  o’rtalarida    preformistlar  orasida  “Joylab  qo’yish  nazariyasi”  tarqaldi. 

Bunga binoan eng birinchi urg’ochini tuxumdoniga  u yaratilgan momentda barcha keyingi 

avlodlarini murtaklari joylab qo’yilgan bo’ladi. Hatto Italiya olimi Antonio Vallisneri (1661-

1730)  Momo  Havoning  tuxumdonida  o’tgan  hozirgi  yashayotgan  va  kelgusi  avlodlarni 

hammasini tayyor murtaklari joylab qo’yilgan deb hisobladi.  

Bu  nazariyaga  qarshi  o’laroq  Epigenezning  (epigenesis-  keyin  kelib  chiqmoq) 

tarafdorlari  fikricha  butun  qism  va  organlar  embrional  taraqqiyot  protsessida  yangidan 

kelib  chiqadilar.  Epigenez  nazariyasining  asoschisi  va  yirik namoyondasi Peterburg fanlar 

akademiyasining  a’zosi  Kaspar  Fridrix Volf edi. U 1759 yilda 26 yoshida “ Kelib chiqish 

nazariyasi”  nomli  asar  yozib  dissertatsiya  yoqladi.  Volfning  hayvonlarni  embrional 

taraqqiyoti  ustidagi  ishlari,  turlarning  o’zgarmasligini  ko’rsatuvchi  dalillardan  biri  sifatida 

foydalanilgan  preformizm  nazariyasining  asossizligini ishonarli qilib ko’rsatib berdi, Lekin 

K.Volfning  ilmiy  epigenez  nazariyasi  o’sha  vaqtda  rivojlanmay  qolib  ketdi.  Тaxminan  50 

yildan  keyin  1828-  yilda  Peterburg  fanlar  akademiyasining  akademigi  Karl  Maksimovich 

Ber  o’zining  “Хayvonlar  taraqqiyoti  tarixi”  asari bilan epigenezni yanada rivojlantirdi. Ber 

sut emizuvchilar va odamning tuxumini ko’rgan, uni rivojlanishini o’rgangan birinchi olim. 

Peterburg  fanlar  akademiyasi  Berning  50  yillik  ilmiy  faoliyatini  nishonlab,  maxsus  medal 

ta’sis  etib,  unga  quyidagi  so’zlar  yozib  qo’yildi:  tuxumdan  boshlab  u  odamga  odamni 

ko’rsatdi. 

                                                                 

1

 Odam spermatozoidini Levenguk  rahbarligida ishlagan  student Gamm 1675 yilda ochdi 



 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling