Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
9 ochilishi sitoplazmada hujayraning hayot faoliyati va funksional aktivligi bilan bog’lik bo’lgan muhim va turli-tuman protseslar bo’lib turishini ko’rsatdi. Hujayra yadrosida xromatinli stuktura topildi (Flemning, 1880 y) va bayon etildi. Bu strukturalarni ko’p- hujayraliklarda, ularning hujayralarini bo’linishida yaxshi ko’rinadigan xromosomlar bilan aloqasi topildi. Hujayralarda xromosomlar sonining doimiyligi va xromoso-malarni individualligi isbotlandi. Hujayraning mitotik bo’linishini ochilishi va to’la tekshirilishi (E. Strasburger 1878, V. Flemning 1882) uning hamma bosqichlarini bayon qilishga mitotik apparatni hosil bo’lishini va xromosomalarni qiz hujayralar orasida tekis tarqalishini kuzatishga imkon berdi. Huddi shu davrda jinsiy ko’payishning sitologik asoslari tula tekshirilgan edi. Gomologik xromosoma-larning tarqalishi va gametalarda xromosomalarning sonini 2 marta kamayishi bilan boradigan reduksion bo’linish - meyoz ning, hayvonlarda (O. Gertvig) va o’simliklarda (E. Strasburger) otalanishning ochilishi irsiyatda yadroning rolini tushinishga imkon berdi. Mendel qonunlarini ikkinchi marta ochilishidan keyin tez orada, 1901 yilda sitologiya va genetikani ko’shilishidan irsiyatning xromosom nazariyasi va sitogenetika tug’ildi. XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning boshida hujayra xaqidagi ta’limotni rivojlanishiga sitologlar I. D. Chistyakov (mitotik bo’linishning davrlarini bayon qilish), I. N. Gorojankin (o’simliklarda otalanishning sitologik asoslarini o’rganish) va ayniksa, 1898 yilda o’simliklarda ikkilanma otalanishni ochgan S. Т. Novashinlar katta xissa ko’shdilar. Hujayrani o’rganishdagi yutuklar shunga olib keldiki, tirik organizmlarning asosiy tuzilish birligi sifatida hujayraga biologlarning dikkati ko’proq qaratildi. Hujayralarning tuzilish xususiyatlarida va funksiyalarida biologiyaning ko’p fundamental problemalarini yechishga kalit yotganligi tobora ayon bula bordi. Shu bilan birga hujayralarni o’rganish o’zining ham metodik, ham nazariy xususiy problemalarini tugdirdi. Shularning hammasi XIX asrning oxirida sitologiyani biologiyaning mustaqil bo’limi bo’lib ajralib chiqishiga olib keldi. Sitologiyaning rivojlanishi hujayra nazariyasining asosiy koidalarini tuligicha tasdiqladi. Hujayralarning shakli juda xilma-xil, ularning diametrlari millimetrning bir necha mingdan bir qismidan to bir necha santimetrgacha bo’lishiga karamasdan hujayra xaqikatdan ham tirik materiyaning elementar birligi ekan. U uz ichiga mustaqil yashash qobiliyatiga ega bo’lgan mayda birliklarni olmaydi va hujayrani maydalashga qilingan har xil urinishlar oxiri hayotiy protsesning tuxtashiga va tirik materiyaning bo’linib ketishiga olib keladi. Beistisno hamma hujayralarning ko’payishi bo’linish yo’li bilan bo’ladi. Yangi hujayralar har kachon oldingi yashayotganlardan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda hujayra nazariyasining faqat bitta koidasi e’tirof etilmay qoldi. Viruslarning ochilishi ko’rsatdiki, “hujayradan tashqarida hayot yo’q” deb takidlash xato ekan. Viruslar ham hujayralar kabi ikki asosiy komponentlardan – nuklein kislotasi va oqsillardan tashkil topsa ham, viruslarning va hujayralarning strukturalari keskin farq qiladiki viruslarni materiya uyushmasining hujayraviy shakli deb bo’lmaydi. Viruslar o’zlarining shaxsiy strukturalarining komponentlarini-nuklein kislotalari va oqsillarni sintez qilish qobiliyatlariga ega emaslar. Ularni ko’payishi faqat hujayraning fermentativ sistemalarini ishlatish bilangina mumkin. Shuning uchun virus tirik materiyaning elementar
|
ma'muriyatiga murojaat qiling