Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

mumkin  buldi.  Bu  mikroskoplarda  chetki  nurlarni  kesib  turadigan  halkali  diafragmalar 

qo’llanildi.  

XVIII  asrdayok  juda  ko’p  yirik  olimlar  mikroskopik  ishlarni  murakkablashishini 

tushungan  edilar.  Bu  xaqda  Italiya  tabiatshunosi  Feliks  Fontana  shunday  deydi: 

“Mikroskopda  har  kim  ham  ko’rishi  mumkin,  ammo  ko’rgani  xaqida  faqat  ba’zilargina 

fikrlay oladi”. Bu ajoyib fikr hozirgi kungacha o’zining aktualligini saqlab kelmoqda.  

Birinchi  mikroskoplar  Pyotr  I  tomonidan  Rossiyaga keltirildi. U 1698 yilning may 

oyida Gollandiyaning Delfte shaxriga Levengukni oldiga boradi. Levenguk unga ilonbalikni 

kapilyarlarida  konni  aylanishini  namoyish  qildi.  Pyotr1  mikroskopik  ishlarga  shunday 

qiziqib  qoldiki,  u  mikroskop  sotib  olish  bilan  birga  o’zi  bilan Gollandiyadan A. Shepper 

degan  taniqli  oyna  silliqlovchi  ustani  ham  Rossiyaga  olib  keladi.  Peterburg  fanlar 

Akademiyasida maxsus ustaxona tashkil qilinib, deyarli 100 yil davomida kattalashtiradigan 

asboblar  ishlab  chiqarildi.  Arxiv  materiallarini  ko’rsatishicha  rus  ustalari  ota-bola 

Belyayevlar, Matveev, Remezov, Kulibinlar mustaqil ravishda o’zlari yangi takomillashgan 

mikroskoplarni  1726  yildan  boshlab  chiqara  boshladilar.  Keyinchalik  mikroskoplarning 

yangi  modellari  ishlab  chiqarildi  va  juda  ko’p  mutaxassisliklardagi  olimlarning  ish  kuroli 

bo’lib qoldi.  

“XVII  va  XVIII-asrlarda  mikroskop  ilmiy  tekshirish  ishlarida  kam  qo’llanilgan. 

Birinchi  bo’lib  mikroskopni  ilmiy  tekshirish  ishlarida  Londondagi  Kirollik  jamiyati 

(Korelevskoye  obhestvo)  ning  kotibi ko’p kirrali olim (fizik, astronom, geolog va biolog) 

Robert Guk qo’lladi. Fan tarixida uning 1665 yilda bosilib chiqqan "Mikrofotografiya yoki 

mikroskopda tekshirilgan mayda tanachalarni fiziologik tasviri" asari  ma’lum”. Bu asarida 

Guk o’zi yasagan  takomillashgan mikroskopni tasvirini va unda kilgan kuzatish natijalarini 

bayon  kilgan.  Guk  o’z  kuzatishlarini  ma’lum  bir  maqsad va vazifa ko’ymagan holda olib 

bordi. 


Guk  boshqa  predmetlar  (kichkina  ignani  uchi,  yupqa  batist,  siydikdagi  qum, 

sovuqda yerda hosil bo’lgan shakllar, chumolilar va boshqalar) qatori o’simliklarni yupqa 

kesmalarini ham o’rgandi. U bu xaqdagi kuzatishlarini “Po’kakni sxematizmi yoki tuzilishi 

va  boshqa  shu  kabi  teshikli  tanachalarni  hujayra  va  teshiklari  xaqida”  deb  nomlangan 

bobda  bayon  qildi.  Guk  ko’rsatdiki  “Po’kakning  moddalari  xavo  bilan  to’lgan,  bu  xavo 

esa bir-biridan ajralib turuvchi mayda kutichalar yoki katakchalarga butunlay kamalgandir”. 

Guk bu bushlik hujayralarni asalari katakchalari bilan solishtiradi. Bu bilan hujayra ochilgani 

yo’q.  Guk  nomlagan  “hujayra”  termini  ancha  vaqtgacha  o’simlik  va  hayvonlarni 

mikroskopik tuzilishlarini solishtirishga tuskinlik qildi. Guk uchun po’kakning mikroskopik 

tuzilishini tasvirlash, faqat uni mikroskopga bo’lgan qiziqishini vaqtinchalik bir epizodi edi 

holos. Ammo, uning ikkita zamondoshi mikroskopni o’simliklarning tuzilishini o’rganishga 

sistemali  qo’lladilar.  Ulardan  biri  M.Malpigi  1671  yili  “O’simliklar  anatomiyasi  xaqidagi 

tasavvurlar”,  1672-  1675  yillarda  “O’simliklar  anatomiyasi”  asarlarini  bostirib  chiqardi. 

1671  yilda  N.Gryu  o’zining  “O’simliklar  anatomiyasining  boshlanishi”  asarini  London 

Kirollik jamiyatiga takdim etdi. 

Malpigi va Gryular o’simliklarni mikroskopik tuzilishini o’rganib ularni turli qismlari 

uz  tarkibida  “pufakchalar  yoki  haltachalar”  to’tishini  aniqladilar.  Gryu  botaniqaga 

“to’qima”  terminini  kiritdi,  ammo  “hujayra”  tushunchasi  kabi  bu  ham  hozirgi  zamon 

ma’nosidan butunlay farqlanadi.  




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling