Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

XIX  asrning  boshlaridan  o’simliklarning  har  xil  organ  va  to’qimalarni  hujayraviy 

tuzilishlarini  ko’pchilik  olimlar  tasvirlashlari    biologlarni  hamma  o’simliklar  hujayralardan 

tashkil  topgan  deb  asta-sekin  ishonishiga  olib  keldi.  Diqqatni  “shilimshiq  shira”  deb 

ta’riflangan hujayraning ichidagi narsaga qaratila boshlandi. 

Hujayraning  muhim  komponentlaridan  biri  bo’lgan  yadroni  1830  yilda  birinchi 

bo’lib  chex  olimi  Yan  Purkiniya  tovukni  tuxum  hujayrasida  ochdi  va  uni  “Mo’rtak 

pufakchasi” deb nomladi. Ancha keyinroq 1831-1833 yillarda Shotlandiya sayyoxi va fizigi 

Robert  Broun  (1773-1858)  (“Broun  harakati”  ni  ham  shu  olim  ochgan  edi.)  tomonidan 

orxideya  o’simligining  “hujayra  shirasida”  yadro  kuzatildi.  Broun  buni  “Nukleus”  ya’ni, 

“Yadro” deb nomladi. 

Gerkel  elementar  organizm-  hujayra  bilan  neorganiq  materiya  o’rtasidagi  o’tish 

pogonalarini  izladi.  U  organiq  mavjudotlar  olamini  hayvonlar,  o’simliklar  va  protistlar 

dunyosiga  bo’ladi.  Protistlarning  uz  navbatida sitod(yoki monerlar) va hujayralarga buldi. 

Sitodlar  deb  protoplazmani  yadrosiz  qismlarini  harakterlaydi.  Gerkel  xuddi  shu qismlarni 

tirik  bilan  ulik  o’rtasidagi  bog’lovchi  zveno  deb  hisoblaydi.  hujayra  esa  evolyutsiya 

jihatidan  ancha  yuqori  turuvchi  organizmdir.  Chunki  u  protoplazma  va  yadrodan  tashkil 

topadi.  hujayra  nazariyasini  keyingi  rivojlanishida  Vilgelm  Ru  ("Organizmda  qismlarni 

ko’rashishi"  1883)  va  Maks  Fervornlarni  (“Umumiy  fiziologiya”  1895)  xizmatlari  ham 

kattadir.   

Hujayra  nazariyasining  yaratilishi  biologiyada  butun  tirik  tabiatni  hal  qiluvchi 

dalillaridan  biri  bo’lib  chiqdi.  Hujayra  nazariyasining  yaratilishi  ahamiyati    jihatidan 

energiyaning  saqlanishi  va  Darvincha  tabiiy  tanlash  nazariyasiga  teng  tabiatning  muhim 

kashfiyotlaridan biridir. 

Hujayraning  ochilishi  va  hujayra  nazariyasining  yaratilishi  tirik  tabiatning  asosiy 

qonuniyatlarini tushuntirishga yordam beradi. 

Mikroskopning  takomillashishi  bilan  parallel  holda,  biologik  obe’ktlarni 

mikroskopik  tekshirishlarga  tayyorlashni optimal usullari ishlab chiqarildi. Тirik to’qimalar 

yoki ulim oldi o’zgarishlarining boshlangich  

bosqichlarida  turgan  to’qimalarni  kuzatish  urniga  o’rganishlar  faqat  fiksatsiyalar 

konservlangan  materiallarda  olib  borila  boshlandi.  Kullanishga  hozirgi  vaqtda  keng 

tarqalgan  fiksatorlar:  xrom  kislotasi  (1850),  pikrin  kislotasi(1865),  formalin  va  boshqalar, 

shuningdek ikki yoki ko’proq moddalardan tashkil topgan murakkab fiksatorlar kiritildi.  

Yetarli  yupqa  kesmalar  olish  uchun  biologik  obe’ktlarni  parafinga,  jelatinga, 

selloidinga  va  boshqalarga  solish  yo’li  bilan  zichlash  metodlari  ishlab  chiqildi  va 

belgilangan aniq kalinlikda kesmalar olishga imkoniyat beradigan mikrotomlar yaratildi.                                   

O’tgan  asrning  o’rtalaridan  boshlab  mikroskopiya  qilinayotgan  obe’kt-larni 

bo’yash  metodlari  keng  tarqaldi.  Qo’llanishga  karmin,  gematoqsilin,  har  xil  anilin 

bo’yoklar kiritildi. 

Butun  mikroskopiya  texnikasini  tubdan  yaxshilanishi  bizning  asrimizni  boshlarida 

tekshiruvchilarga  asosiy  hujayra  organoidlarni  topishga,  yadroning  tuzilishini  va 

hujayraning  bo’linishi  qonuniyatlarini  aniqlashga,  otalanishning  mexanizmlarini  va  jinsiy 

hujayralarning  yetilishini  ma’nosini  ochib  berishga  imkon  berdi.  1888  yilda  hujayra 

markazi,  1894  yilda  mitoxondriya,  1898  yilda  Goldji  apparati  ochildi.  Bu  organoidlarni 





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling