Blackcurse
Sitologiyani rivojlanishining
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
Sitologiyani rivojlanishining asosiy bosqichlari.
5 Hujayraviy tuzilish xaqidagi tasavvurlarini paydo bo’lishi. Sitologiya mustaqil fan sifatida o’tgan asrning oxirida paydo bo’lsada, hujayra xaqidagi ta’limot XVII asrdan boshlangan. Sitologiyaning rivojlanishi mikroskopning kashf qilinishi uni takomillanishi bilan bog’lik bo’lgani uchun, sitologik tekshirishlarning material bazasi bo’lib xizmat kilgan texnik muvaffaqiyatlarga to’xtalish zarur.
Yaqin vaqtlarga qadar birinchi mikroskop ko’z oynak oynalarini silliqlovchi Gollandiyani Middelburg shaxridan bo’lgan Gans va Zahariy Yansenlar tomonidan yaratilgan deb kelingan edi. Bu juda ko’p darsliklarga kiritildi. Ammo, bu ma’lumotlar, aftidan xato ekan. Birinchi mikroskopni Galiley tomonidan 1609-1610 yillarda avvalroq (1608) o’zi yasagan “yer durbini-teleskop” asosida ixtiro etildi. Bunday mikroskop uchun linzalarni Galileyning chizmasi asosida Batssi tomonidan silliqlandi. Bu murakkab mikroskop ob’ektni kattalashtirib teskari tasvirini beruvchi ob’ektivdan va okulyardan tashkil topgan edi.
Galileyning birinchi mikroskopi uzun naychadan iborat bo’lib, u bilan ishlash ancha noqulay edi. Bu mikroskop ilmiy ishlarda qo’llanilmadi va yo’qolib ketdi. Тez orada Gollandiyada shunga o’xshash mikroskoplar ishlab chiqildi. 1617-1619 yillarda Angliyalik (millati golland) fizik va astrolog 1 Kornelius Drebbel tomonidan mikroskopning yangi modeli ishlandi. Drebbel mikroskopi Galileynikidan farq qilib, ob’ektiv va okulyarlarning linzalari kabarik edi. Bu mikroskop ham ilmiy ishlarda qo’llanilmasada, keyinchalik xuddi shunday tipdagi mikroskoplar keng tarqaldi. Drebbel o’zining kuyovi Kuffler bilan bu “Murakkab mikroskopni” ko’p ishlab chiqara boshladilar va butun Yevropaga tarqaldi. 1624 yilda Galiley o’zining mikroskopini ancha takomillashtirib qayta ishladi va 30- 40 marta kattalashtirish xususiyatiga ega bo’lib qoldi. Italiyada Angliyadagiga nisbatan mikroskopga ko’proq ahamiyat berildi. Galiley Rimdagi o’zi a’zo bo’lgan “O’tkir zexnlilar akademiyasi”ga 1624 yilda o’z mikroskopini sovg’a qildi. 1625 yilda akademiyaning a’zosi Stelluti mikroskopda qilingan asalarilar organlarini tuzilishi xaqidagi kuzatishlarini e’lon qildi. Jumladan, u birinchi bo’lib xashoratlarning ko’zini fasetali tuzilishini ochdi. Galileyni mikroskopini F. Chezi (1628) ishlatib poporotniklarni sporangiylarini o’rgandi. “Mikroskop” terminini birinchi bo’lib Iogann Faber 1625 yilda ishlatdi. Galileyni mayda predmetlarni ko’rish uchun ishlatadigan asbobini "mikroskop" deb atadi. Bu termin hozirgi vaqtgacha saqlanib kelmoqda. XVIII asr oxiriga kelib mikroskopni faqat usta hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarila boshlandi. Mikroskoplar industriyasining markazi London (Djon Keff ustaxonasi) bo’lib qoldi. Bu mikroskoplar yordamida xattoki 5 mk gacha bo’lgan ob’ektlarni ko’rish
Astrologiya - yulduzlarga qarab odamlarning taqdirini aytib berish bilan shug`illanadigan fan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling