Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
NUKLEIN KISLOТALAR.
Nuklein kislotalari dastlab yadroda topildi va ajratib olindi. Ularning 2 xili ma’lum: DNK va RNK deyarli hamma vaqt yadroda bo’ladi, RNK esa ham yadroda va sitoplazmada bo’ladi. DNK molekulasining strukturasi jihatidan ximiyada ma’lum bo’lgan bironta ham birikmaga o’xshamaydi. DNK molekulasi bir-birining atrofida spiral shaklida buralgan 2 ta paralel zanjirdan iborat. DNKdagi qo’shaloq spiral juda uzun bo’ladi, deyarli 5mk ga yetadi. DNK molekulasi eng yirik oqsil molekulasidan 50 barobar uzunroq. Shunga muvofiq holda DNK molekulyar og’irligi juda katta bo’lib, 10 malnga yetadi. Yakinda moluklyar og’irligi 130 mln li DNK topildi, uning molekulasining uzunligi 50-60 mk. Bu rakamlar qo’shaloq spiralga taaluqli bo’lib, har bir ipga uning yarmi to’g’ri keladi. Хimiyaviy jihatdan DNKning har bir zanjiri polimer bo’lib, uning monomerlari nukleotidlardir. Nukleotid 3ta molekulaning: 1) azotli asos-purin yoki pirimidin, 2) oddiy karbon suv-pentoza-riboza yoki dezoksiriboza, 3) fosfat kislota molekulalarining ximiyaviy yo’l bilan birlashidan hosil bo’lgan birikma. DNK molekulasining tuzilishida 4 xil nukleotid katnashadi. Bular azotli asosining strukturasi jihatidangina farq qiladi. Bir nukleotiddagi azotli asos adenin deb ataladi, nukleotid ham xuddi shu nom bilan ataladi. 2- nukleotidning azotli asosi guanin, nukleotidi guanin deb yuritiladi. 3- nukleotiddagi azotli asos sitozin deb nukleotidi esa sitozin nukleotidi deb yuritiladi. Nixoyat 4- nukleotiddagi azotli asos timin deb, uning nukleotidi timin nukleotidi deb yuritiladi. Nukleotidlarni nomlarini qisqargan holda ularning birinchi harflari bilan nomlanadi, ya’ni: Adenin-A, Guanin-G, Sitozin-S va Тimin-Т. Har bir DNK da nukleotidlar kat’iy, muayyan va hamisha doimiy tartibda joylashadi. Har xil DNKlar faqat nukleotidlarning joylanish tartibi bilan farqlanadi. Sungi yillarda tekshirishlarni ko’rsatishicha DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning joylanishi 2-zanjirdagi nukleotidlar tarkibiga kat’iy bog’lik. Bir zanjirdagi nukleotidni ruparasiga 2- zanjirni nukleotidi joylashadi va DNK molekulasida shotisimon ko’rinishni hosil qiladi. Тekshirishlarni ko’rsatishicha pogonalar azotli asoslarni xoxlagancha kombinatsiyada birikishidan hosil bo’lmas ekan. Molekulalarning konstruksiyasi |
ma'muriyatiga murojaat qiling