Reja: 1. Blanshirlash. Tasmali, cho‘michli blanshirlash uskunalari. 2. Blanshirlash uskunalarining issiqlik hisobi. 3. Yumshatgichlar. Digesterlar, shnekli yumshatgichlar. 4. Qizdirgichlar. Ikki devorli qozonlar, VNIIKOP-2, quvurli qizdirgichlar. Blanshirlash. Tasmali, cho‘michli blanshirlash uskunalari. Blanshirlash jarayoni issiq suv, tuz yoki kislota va bug‘ muhitida o‘tkaziladi. Blanshirlashning maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mahsulot tabiiy rangini saqlab qolish (oksidlanish fermentlarini issiqlik ta’sirida parchalash); mahsulot tarkibidan havoni chiqarish; mevalarni po‘stidan tozalash; mikroorganizmlarni qisman nobud qilish va hokazo. Blanshirlash. Tasmali, cho‘michli blanshirlash uskunalari. Tasmali blanshirlash uskunalari-Tasmali blanshirlash uskunalari bug‘ va suv bilan ishlaydi. U qalampir, ko‘k no‘xat, karam, kartoshka va boshqa meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun qo‘llaniladi. Tasmali blanshirlash uskunalarida transport moslamasi ikkita zanjir va tasmadan iborat. Tasma suv bilan to‘ldirilgan vannadan yoki bug‘ bilan to‘ldirilgan kameradan o‘tadi. Mahsulot tasma bilan birga harakatlanadi. Tasmali blanshirlash uskunalarning sxemalari keltirilgan: - a) tasmali transportyor suv bilan to‘ldirilgan vannada joylashadi. Mahsulotni yuqoriga ko‘tarish uchun zanjirlarga plankalar qistiriladi. Transportyor shoxlari orasida joylashgan barbotyor orqali bug‘ yuboriladi. Bug‘ yordamida suv qizdiriladi. Mahsulot tushirishdan oldin suv bilan sovutiladi;
- b) bu uskunada tasmaning faqat ishchi shoxi vannadan o‘tadi, erkin qismi esa vannaning tagidan o‘tadi. Barbotyorlar vanna ichida tasmaning tagiga o‘rnatiladi;
- g) bug‘ bilan blanshirlanganda tasmaning ishchi qismi issiq bug‘li kameradan o‘tadi. Kamera tasmasining ustida bug‘ barbotyori o‘rnatiladi. Xom ashyo kameradan o‘tib qizdiriladi
Tasmali blanshirlash uskunalari: 1-transportyor, 2-bug‘latish tizimi, 3-korpus Cho‘michli blanshirlash uskunalari - Cho‘michli blanshirlash uskunalari ham amalda keng qo‘llanilmoqda. Bu uskunalarda (BK) ko‘k no‘xat, karam, kartoshka, sabzi va boshqa mahsulotlar suv va bug‘da blanshirlanadi. Uning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: vanna (1), mahsulotni tashuvchi chumichlar (2) va (3) bug‘ uzatish barbatyori. Uskunaning ish quvvati xom ashyo turiga bog‘liq, masalan no‘xat uchun 0,56 kg/s, sabzi 0,32 kg/s, suv sarfi 0,05 l/s.
BK blanshirlash uskunasi: 1-vanna, 2-cho‘michlar, 3-barbatyor Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |