Blits savol va topshiriqlar
-topshiriq. A) fantastik daraxt; b) fantastik hayvonning rasmini chizing
Download 60.5 Kb.
|
16-mashgʻulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-topshiriq.
- 1-keys bayoni
- Keys savollari
3-topshiriq. A) fantastik daraxt; b) fantastik hayvonning rasmini chizing. Qanday vositalar ѐrdamida yangi obraz yaratilganligini aniqlang.
Unga nom bering. 4-topshiriq. Quyida keltirilgan hikoyani davom ettiring. “CHet tili o’qituvchisi Nigora Boboqulovna sinf xonasiga kirdi. Hammasi odatdagidek, o’quvchitinglovchilar partani oldida tik turib, unga salom berib qarshi olishdi. Doskada fe’l so’z turkumiga oid plakat osig’liq turibdi. To’satdan...”. 5-topshiriq. Obraz yaratishga harakat qiling (masalan, qishloq ko’chasi: qum, tovuqlar, bolachalar yugurib yurishibdi). So’ngra sizga yaratgan obrazni rassom, bastakor, ѐzuvchi, o’qituvchi qanday ko’rishini izohlang. 6-topshiriq. “Istiqboldagi ta’lim muassasasi” qanday bo’lishi haqida o’ylang va uni ѐzma baѐn eting. Mazkur ta’lim muassasasi o’qituvchilari va tinglovchilarini siz qanday tasavvur etasiz? Uning o’ziga xosliklari va farqli jihatlarini ajrating. 1-keys bayoni Uzoq yillik ish tajribasiga hamda talabalar o’rtasida alohida hurmatga ega tarix fani o’qituvchi auditoriyaga kirib, doskada o’zining karikatura janrida ishlangan rasmini ko’radi. Karikatura yorqin ishlangan, har bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh o’qituvchining karikaturaga, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, o’qituvchi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto o’chirgim kelmayapti. Rasm ijodkori – yosh rassom uni qog’ozga ko’chirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”. Keys savollari 1. O’qituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz? 2. Bu vaziyatda o’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’lladi? O’qituvchining yechimi Bayon etilgan vaziyatda o’qituvchi 1) izohlash (o’zida muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo’naltirilganlikniifoalovchi hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli); 2) xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlaridan biri bo’lgan – qo’llab-quvvatlash metodidan foydalandi. 2-keys bayoni O’quvchilarning BKMni baholash nafaqat ta’lim sifatini baholashga, shu bilan birga o’quvchilarni rag’batlantirishga ham xizmat qiladi. SHu sababli o’quvchilarning BKMni baholashda o’qituvchining qat’iyat ko’rsatishi emas, balki uning o’quvchiga nisbatan munosabati muhim ahamiyatga ega. Ikki yosh o’qituvchi o’zaro suhbatda o’quvchilarni baholashda albatta qat’iyat ko’rsatish zarurligi yuzasidan bahslashib qolish. Birinchi o’qituvchi “Bordi-yu, a’lochi o’quvchi bir-ikki marta uy vazifalarini sababli bajarmay kelsa, u holda o’qituvchi unga past baho qo’ymay turishi kerak” desa, ikkinchi o’qituvchi “Yo’q, bordi-yu, o’qituvchi shu taxlitda ish ko’rsa, u holda o’quvchilarning bilimlarini ob’ektiv, xolis baholash tamoyiliga rioya etmagan bo’ladi. O’quvchi uy vazifasini bajarmay keldimi, o’qituvchi unga albatta “2” baho qo’yishi zarur”, - deya o’z so’zida turib oldi. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling