Blits-so’rov savollari


Download 34.38 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi34.38 Kb.
#1047193
  1   2   3
Bog'liq
2 amaliy topwiriq matem


Blits-so’rov savollari

  1. Sonlarning eng kichik umumiy karralisi va eng katta umumiy bo`luvchisi, ularning asosiy xossalarini sharhlang.

  2. Murakkab songa bo`linish alomatini ko`rsating va misollar keltiring.

  3. Arifmеtikaning asosiy tеorеmasi qanday?

  4. Bеrilgan sonlarning eng katta umumiy bo`luvchisi va eng kichik umumiy karralisini topish algoritmi tuzing.

2-ilova
B.B.B. texnikasi



Mavzu savoli

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bildim

1

2

3

4

5

1

Sonlarning eng kichik umumiy karralisi










2

Sonlarning eng katta umumiy bo`luvchisi










3

Murakkab songa bo`linish alomati










4

Arifmеtikaning asosiy tеorеmasi










Tub va murakkab sonlar
1-ta’rif: Faqat ikkita bo`luvchisi bor natural son tub son deyiladi.
Masalan: 3,5,17 sonlari tub son, chunki ularning 1 va o`zidan boshqa bo`luvchilari yo`q.
2-ta’rif: Ikkitadan ortiq bo`luvchisi bo`lgan natural son murakkab son deyiladi.
Masalan: 6-murakkab son, uning to`rtta bo`luvchisi bor. Ular: 1,2,3,6,0 sonining bo`liuvchilari cheksiz ko`p, 1 ning faqat bitta bo`luvchisi bor, shuning uchun 0 va 1 ni tub sonlarga ham, murakkab sonlarga ham kiritilmaydi.
.
Sonlarning EKUB va EKUK.
3-ta’rif: Agar a son b songa bo`linsa, a son b songa karrali yoki b ning karralisi deyiladi. b ga karrali sonlar to`plami cheksiz va ularning umumiy ko`rinishi nb eng kichigi esa b bo`ladi.
4-ta’rif: m son a va b sonlarning karralisi bo`lsa, m ularning umumiy karralisi deyiladi.
5-ta’rif: a son b sonlar umumiy karralilarining eng kichigi shu sonlarning eng kichik umumiy karralisi deyiladi va EKUK(a;b) ko`rinishida belgilanadi (qisqacha K(a; b).)


Natural sonlar. Tub va murakkab sonlar. EKUB va ERUK. Bo’linish belgilar
Natural sonlar. Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deyiladi. Barcha natural sonlar hosil qilgan cheksiz to‘plam N harfi bilan belgilanadi: N = {1, 2, ..., n, ...}.
Natural sonlar to‘plamida eng katta son (element) mavjud emas, lekin eng kichik son (element) mavjud, u 1 soni. 1 soni faqat 1 ta bo‘luvchiga ega (1 ning o‘zi). 1 dan boshqa barcha natural sonlar kamida ikkita bo‘luvchiga ega (sonning o‘zi va 1).
1 dan va o‘zidan boshqa natural bo‘luvchiga ega bo‘lmagan 1 dan katta natural son tub son deyiladi. Masalan, 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19 sonlar 20 dan kichik bo‘lgan barcha tub sonlardir. 1 dan va o‘zidan boshqa natural bo‘luvchiga ega bo‘lgan 1 dan katta natural son murakkab son deyiladi. Masalan, 4, 6, 8, 9, 10,
12, 14, 15, 16, 18 sonlar 20 dan kichik bo‘lgan barcha murakkab sonlardir.
Тub va murakkab sonlarga berilgan ta’riflardan 1 soni na tub, na murakkab son ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bunday xossaga ega natural son faqat 1 ning o‘zidir.
1-m i s o l. Hisoblang. 2723-2423+2119-1819+1711-1411
Yechish. 2723-2423+2119-1819+1711-411=
=23(27-24)+19(21-18)+11(17-14)=23×3+19×3+11×3=3(23+19+11)=3×53=159
2-m i s o l. n ning qanday eng kichik natural qiymatida 2n + 1 soni 33 ga qoldiqsiz bo’linadi ?
Yechish. n=5 da. 25+1=32+1=33.
3-m i s o l. 358 ni qanday songa bo’lganda bo’linma 17 va qoldiq 1 bo’ladi ?
Yechish. 358=x×17+1, 17x=358-1, 17x=357, x=357:17, x=21.
4-m i s o l. 250 va 128 sonlarini tub ko`paytuvchilarga ajrating va kanonik shaklda yozing
Yechish. 250|2 128|2
125|5 64|2
5|5 32|2
1| 16|2
8|2
4|2
2|2
Demak, 250=2×5×5=2×52, 128=2×2×2×2×2×2×2=27



Download 34.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling