Blok test Morfemika


Download 37.99 Kb.
Sana15.07.2020
Hajmi37.99 Kb.
#123910
Bog'liq
2 5307832562784142966



Blok test Morfemika

  1. Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu gapda necha o’rinda so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan?

  1. 4 ta

  2. 5 ta

  3. 3 ta

  4. 6 ta

  1. Yer — dehqonning joni, suv — qoni ushbu maqolda qaysi qo’shimcha ishtirok etgan?

  1. So’z yasovchi qo’shimcha

  2. So’z yasovchi qo’shimcha va shakl yasovchi qo’shimcha

  3. Lug’aviy shakl yasovchi

  4. Sintaktik shakl yasovchi

  1. Ot+fe’l shaklida yasalgan qo’shma so’z qaysi qatorda berilgan?

  1. Gulhamishabahor

  2. Gultojixo’roz

  3. Qushqo’nmas

  4. Achchiqtosh

  1. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehri daryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Shu bois biz har vaqt onaga nisbat berib «ona yurtim», «ona tilim» deymiz. Ushbu mikromatnda nechta sintatik shakl yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan?

  1. 15 ta

  2. 16 ta

  3. 14 ta

  4. 17 ta

  1. Vatan tuyg‘usi — bu ozod xalqning munosib farzandi, mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo‘lmoqqa intilish tuyg‘usidir. Ushbu gapdagi yasama so’zni toping?

  1. Munosib

  2. Fidoyi fuqarosi

  3. Tuyg’usi, tuyg’usi

  4. Mustaqil fidoyi, intilish

  1. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas. (R. Tagor) ushbu gapdagi ajratilgan so’zning yasalish asosini toping?

  1. Old qo’shimcha olgani uchun yasalish asosini topish shart emas.

  2. Barkamol

  3. Kamol

  4. Bar

  1. Boychechak birinchi bo‘lib ochilgani bois ko‘pincha sovuq shamollarga qurbon bo‘ladi. Ammo u bahorni boshlab kelgani uchun odamlar bu gulni ko‘ziga surtib, e’zozlaydilar matnda nechta yasama so’z mavjud?

  1. 6 ta

  2. 4 ta

  3. 5 ta

  4. 3 ta

  1. Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. Nimaiki bisotida bo‘lsa, barini dasturxonga to‘kardi. Hovlisida pishib yotgan giloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi. Shoirlarning yelkasiga to‘n tashlab, boshiga do‘ppi kiydirardi. O‘g‘il-qizlari odob bilan xizmat qilishardi. (Said Ahmad) so’zlarning tuzilishiga ko’ra qaysi turi ushbu gapda ishtirok etmagan?

  1. sodda tub so’z

  2. sodda yasama so’z

  3. takroriy , juft so’z

  4. qo’shma so’z

  1. Biz borgan joy, haqiqatan ham, go‘zal edi. Bir tomoni – tog‘, bir tomoni – ko‘m-ko‘k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa xuddi mohir to‘quvchi qo‘lida to‘qilgan qizil gilamchaga o‘xshardi. Ushbu matndagi qaysi so’z asos +lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha shaklida qo’shilgan?

  1. Haqiqatan, kumushdek, lolazor

  2. Tovlanib, to’quvchi o’xshardi

  3. Qo’lida oqmoqda , gilamchaga

  4. Tovlanib to’qilgan

  1. Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar... Go‘yo ko‘chaga chiqishingizni kimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan. (O’. Umarbekov) ajratib ostiga chizilgan so’zning yasalish asosi qaysi so’z turkumga mansub?

  1. Fe’l

  2. Ot

  3. Taqlid so’z

  4. Modal so’z

  1. Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Chunki odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik. (O‘. Hoshimov) ushbu gapda nechta so’z so’z yasovchi qo’shimcha ta’sirida fonetik hodisaga uchragan?

  1. 4 ta

  2. 3 ta

  3. 1 ta

  4. 0 ta

  1. Hech bir ism shunchaki tanlanib, bolaga qo‘yilmaydi. Har qanday ismning berilishi zamirida ota-onaning biror maqsadi, orzu-umidlari, farzandining sog‘ligi, kelajagi, istiqbolini ko‘zlagan ezgu niyatlari yotadi. Mana shu niyatlar bolaga ism tanlash va berish uchun asos bo‘ladi. (E.Begmatov) necha so’z yasovchi, nechta lug’aviy shakl yasovchi, nechta sintaktik shakl yasovchi ishtirok etgan?

  1. 19 TA Sintaktik shakl yasovchi 10 ta lug’aviy shakl yasovchi 3 ta so’z yasovchi

  2. 18 ta Sintaktik shakl yasovchi 11 ta lug’aviy shakl yasovchi 3 ta so’z yasovchi

  3. 19 ta Sintaktik shakl yasovchi 9 ta lug’aviy shakl yasovchi 4ta so’z yasovchi

  4. 10 Sintaktik shakl yasovchi 4 ta lug’aviy shakl yasovchi 17 ta so’z yasovchi

  1. Qirqbo’gim so’zi necha qaysi so’z turkumidagi so’zlardan hosil qilingan?

  1. Son+sifat

  2. Son +fe’l

  3. Son+ot

  4. Son+ravish

  1. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari…

  1. Grammatik ma’no

  2. Lug’aviy ma’no

  3. Fonetik tarkibi

  4. Morfemik tarkibi

  1. Ota-bobolarimiz, momolarimiz mehnatkash, toza qalbli, imonli, odobli, e’tiqodli, vijdonli, bir-biriga oqibatli, mehr-muhabbatli, saxovatli insonlar bo‘lishgan. Ushbu gapdagi yasama so’zlar qaysi so’z turkumigam mansub

  1. Ot fe’l

  2. Sifat

  3. Ot sifat

  4. Ot

  1. To‘g‘ri... bilan xiyonat, yolg‘on... bilan diyonat chiqisha olmay... ushu gapda tushib qolgan qo’shimchalar qo’shimchaning qaysi turiga mansub?

  1. So’z yasovchi, so’z yasovchi , lug’aviy shakl yasovchi

  2. So’z yasovchi, lug’aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi

  3. So’z yasovchi lug’aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi

  4. So’z yasovchi, so’z yasovchi, sintaktik shkl yasovchi

  1. Qaysi qatordagi javobda asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha shaklida qo’shilgan?

  1. Qabristonga

  2. Yurishgandan

  3. Yaqinlashganda

  4. Muzlatgichga

  1. -bon, -shunos, -gi, -lar, -imiz, be-, -ib, -li, -ona, -guncha, -soz, -paz, -ga, -siz. Quyidagi qo’shimchalarni jadvalga joylashtiring.

    So’z yasovchi

    Lug’aviy shakl yasovchi

    Sintaktik shakl yasovchi










  2. Boboxon goh o‘chirg‘ichga, goh bug‘doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga, goh Tal’atga qarab hangmang bo‘lib qolgan edi. Qaysi so’z asos+so’z yasovchi qo’shimcha qolipi asosida yozilgan nechta so’z mavjud ?

  1. 1 ta

  2. 2 ta

  3. 0 ta

  4. 3 ta

  1. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning kelajagimizdir. Ushbu gapda arab tilidan o’zlashgan qaysi so’zga qo’shimcha qo’shilgan?

  1. Barkamol

  2. Ilmli

  3. Shijoatli

  4. Zamonaviy

  1. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynamoqda. Ushbu gapda yasama so’zning qolipi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

  1. Asos+s/y+lsh/y

  2. Asos+s/y +ssh/y

  3. Asos+ssh/y

  4. Asos+s/y

  1. So’zlarni tub va yasama so’zlarga ajrating. Ixtirochi, guldon, suhbatlashmoq, ixtiro, tinim, qisqich, to‘g‘ri, gul, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto‘g‘ri, to‘g‘rilanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik.

    Tub so’zlar

    Sodda yasama so’zlar





































  2. Egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl va boshqa qo‘shimchalari bu…

  1. so’z yasovchi qo’shimchalar

  2. lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar

  3. sintaktik shakl yasovchilar

  4. B,C

  1. Tarbiyachi, ozchilik, ovoragarchilik, zargar, fidokorlik, to‘kin-sochinlik, so’zlarning yasalish qolipini yozing

    Yasalishi tahlili

    Morfemik tarkibi































  2. -ni, -roq, -lab, -in, -(i)miz, -dan, -k, -lan, -dor, -i(ng), -gan, -r, -sira, -(a)y qo’shimchalarni quyidagi jadvalga joylashtiring

    So’z yasovchi

    Lug’aviy shakl yasovchi

    Sintaktik shakl yasovchi



















  3. ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qarashlilik, o‘rin-joyga xoslik; sonning ma’noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe’lning bo‘lishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini yasovchi qo‘shimchalar qanday turga kiradi?

  1. so’z yasovchi qo’shimchalar

  2. lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar

  3. sintaktik shakl yasovchilar

  4. B,C

  1. Bugungi kunda madaniy turmushimizni qog‘ozsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uzoq o‘tmishda esa qog‘oz bo‘lmagan. Uning o‘rniga o‘simlik poyalaridan, hayvon terilaridan foydalanilgan. Ushbu so’zda qo’shimchalarning qaysi turi qatnashgan?

  1. So’z yasovchi

  2. Lug’aviy shakl yasovchi

  3. Sintaktik shakl yasovchi

  4. D) A,C

  1. .Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so’zlarning yasalish asosi qaysi so’z turkumiga mansub?

  1. Sifat fe’l ravish

  2. Ot fe’l sifat ravish

  3. Fe’l sifat, ot

  4. Ravish sifat fe’l

  1. Juft so’zlar haqidagi qaysi hukm to’g’ri berilgan?

  1. Ikki asosning takriridan hosil bo’lgan

  2. Qo’shib va ajratib yoziladi

  3. Uyadosh, ma’nodosh, zid ma’noli so’zlardan tuziladi.

  4. -u- yu yuklamalari chiziqcha bilan yozilmaydi.

  1. Asos+so’z yasovchi +so’z yasovchi qolipidan tuzilgan so’zni toping.

  1. Choyxonachi

  2. Ixtirochi

  3. Guldon

  4. Suhbatlashmoq

  5. Ixtirochilik

  6. to‘g‘rilanmoq

  7. Tinimsiz

  8. Guldor

  9. Gulchilik

  1. 1,5,7,9

  2. 2,3,4,6,8

  3. 1,3,5,7,9

  4. 2,4,6,8,9

Morfemika – so’z tarkibi
1. Qaysi qatordagi so’zda ikkita so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?

A) kesatiq B) aylanma C) bog’lam D) achitma



2. San’atkorning ijorsini tinimsiz gulduros qarsaklar bilan olqishladilar. Ushbu gapdagi yasama so’zlarning miqdorini aniqlang.

A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta



3. Qaysi so’z tarkibi asos-so’z yasovchi-lug’aviy shakl yasovchi-sintaktik shakl yasovchi tartibda joylashmagan?

A) qorayishning B) anglaganim C) ekinlarga D) isitkichlarni



4. Sudrattirmoq so’zi tarkibida qo’shimchalar vazifasiga ko’ra qanday qo’shimcha hisoblanadi?

A) so’z yasovchi, lug’aviy shakl yasovchi B) lug’aviy shakl yasovchi

C) sintaktik-shakl yasovchi

D) lug’aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi



5. –ir qo’shimchasi vazifasidagi ko’ra qanday qo’shimcha hisoblanadi?

A) lug’aviy shakl yasovchi B) so’z yasovchi



C) so’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi D) sintaktik shakl yasovchi

6. Ushbu to’plamda tinchlikni, Vatanni ulug’lovchi she’rlar bor. Mazkur gapdagi so’zlar tarkibida nechta ot yasovchi qo’shimcha mavjud?

A) 3 B) 2 C) 5 D) 4



7. tinchliksevar so’zi tarkibida nechta so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?

A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta

8. Egalik qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar sirasiga kiradi?

A) lug’aviy shakl yasovchilar

B) so’zga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar

C) so’z yasovchi



D) munosabat shakllarini hosil qiluvchi

9. Qaysi shakldosh so’zlardagi qo’shimchalar tarkibi bir xil emas?

A) Bu ko’zlar nimani ko’zlar

B) Insonlarning asosiy aloqa vositasi tildir. Yuragining bevafoga tildir.

C) Mehmonlar oldiga dasturxon yozildi. U to’garakka yozildi.

D) Sho’rvani kosada suzdi. Suvda bearmon suzdi.



10. So’z asosida ifodalangan belgiga egalikni bildiruvchi quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri be- qo’shimchasi bilan zid ma’noli emas?

A) –ba B) –dor C) –mand D) –li



11. 1.idrok 2.terak 3.ishtirok 4.chok 5.bolalik.

Berilgan ushbu so’zlarning qaysi biriga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, asos qismda fonetik o’zgarish bo’lmaydi?

A) 2,3,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,3,4



12. Tub so’zlar berilgan qatorni belgilang.

A) oqim, oqova



B) oqish (sifat), oqish (fe’l)

C) berilganlarning barchasi yasama so’z

D) oqim (suv yo’nalishi), oqma (fe’l)

13. Munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan?

A) –lax, -gan, -ib B) –oq, -chi, -zor

C) –guncha, -may, -mas D) –i, -im, -ning
14. Tarkibida yasama so’z mavjud bo’lgan gapni toping.

A) Joy olma, qo’shni ol.



B) Ertani degan uzoqni ko’zlar.

C) Tekinning nimtasi ko’p, mehnatning-ziynati.

D) Olimdan ot qoladi, nodondan-dod.
15. So’zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) asos+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi



B) asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi

C) asos+sintaktik shakl yasovchi+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi

D) asos+lug’aviy shakl yasovchi+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
16. Qaysi qatordagi yasama so’zlar tarkibida faqat jarangsiz undoshlar mavjud?

A) paxtakor, sochiq B) toshloq, qaynoq

C) ko’makdosh, ko’rgazma D) to’shak, ichki

17. Dang’illama so’zi tarkibida qanday qo’shimchalar mavjud?

A) –la, + ma B) –illa, +ma

C) –dang’illama so’zi ma’noli qismlarga bo’linmaydi

D) –illama



18. Berilgan qaysi so’zlarda be va siz qo’shimchalarini o’zaro ma’nodosh qo’shimcha sifatida qo’llab bo’lmaydi?

A) hafsala, gunoh B) fayz, axloq

C) berilgan so’zlarda o’zaro ma’nodosh qo’shimcha sifatida qo’llash mumkin D) bosh, chora

19. –q qo’shimchasi qaysi shakllardan faqat sifat yasaydi?

A) porla, tarqa, qayna B) titra, chanqa, suya

C) tara, qula, ata D) o’ta, taya, sana



20. Qaysi birliklar tarkibidagi qism (so’z)lar doim ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi? 1.qo’shma so’zlarda 2.so’z birikmalarida 3.turg’un bog’lamalarda.

A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2 D) 1



21. Qaysi qatorda so’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha o’zaro shakldoshli hosil qilgan?

A) ko’rishmoq-o’rganish B) bilindi-ekinlar

C) qo’llanma-qazilma D) o’qidi-burildi.

22. Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan?

A) –aki, -oq, -choq B) –qi, -viy, -k



C) –q, -in, -ma D) –q, -iq, -iy

23. Ushbu to’plamda tinchlikni, Vatanni ulug’lovchi she’rlar bor.

Berilgan gapdagi so’zlar tarkibida nechta so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?

A) 4 B) 3 C) 6 D) 5



24. Quyidagi so’zlardan qaysi biri bugungi kunda yasama so’z hisoblanmaydi?

1.yumshoq, 2.iliq 3.silliq 4.moddiy

A) 1,3,4 B) 4 C) 3,4 D) 2,3,4



25. Berilgan birliklardan qaysi biri yasama so’z hisoblanmaydi?

A) javob bermoq B) sharsharalarni

C) qoraymoq D) aytib qo’ymoq

1. Qaysi qatordagi so`zlarda so`z yasovchi omonim(shakldosh) qo`shimchalar qatnashmagan?

A) o`yinchoq - erinchoq

B) pistirma - quyma

C) yig`in - to`lin

D) chaqin - tiqin

2. So`z yasovchi va lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha o`zaro shakldoshlik hosil qilgan so`zlar qatorini aniqlang.

A) gapir, pishir

B) ishlash, o`rganish

C) o`qildi, burildi

D) qo`llanma, qazilma

3. Qaysi gap tarkibida sintaktik shakl yasovchi shakldosh qo`shimchalar ishtirok etgan?

A) Bilimli kishi kerakli so`zni so`zlaydi, keraksiz so`zni ko`mib tashlaydi.



B) Olma guli – gul emas, taqsam chakkamda turmas.

C) Obro`li, izzattalab bo`lishni istasang, ilm o`rgan.

D) Dehqoni boyigan yurtning eli boydir.

4. –in qo`shimchasi orqali ham ot, ham sifat hosil qiling…

5. Egalik va shaxs-son qo`shimchasi o`zaro omonimlikni hosil qilishi mumkinmi? Mumkin bo`lsa, misol orqali isbotlang.
M o r f e m i k a variantlardin

1. Qanday hollarda un, uy so’zlariga –im omonim qo’shimchasi qo’shilsa, qo’shimcha tarkibida fonetik o’zgarish bo’ladi?

A) so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha sifatida qo’shilsa



B) so’z yasovchi qo’shimcha sifatida qo’shilsa

C) qarashilik ma’nosini hosil qilish uchun ishlatilganda

D) egalik qo’shimchasi sifatida qo’shilsa

E) un, uy so’zlariga –im omonim qo’shimchasi qo’shilsa, qo’shimcha tarkibida fonetik ozgarish bo’lmaydi.



2. –ch qo’shimchasi qanday qo’shimcha?

A) so’z va shakl yasovchi B) sintaktik shakl yasovchi

(so’z o’zgartuvchi) C) shakl yasovchi

D) so’z yasovchi E) Bunday qo’shimcha mavjud emas.

3. Yasama so’z berilmagan qatorni toping.

A) hamma vaqt B) aytib qo’ymoq

C) dodlamoq D) to’shaklarni

E) javob bermoq



4. Mehmonlar iltifot ila bir necha aylana stolga taklif qilindi. Ushbu gapdagi yasama so’zlarning miqdorini aniqlang.

A) 4 B) 3 C) 2 D) 1

E) Ushbu gapda yasama so’z mavjud emas.

5. Tub so’zni aniqlang.

A) yo’llamoq B) tunamoq

C) ranjimoq D) sanamoq E) taqamoq

6. Qaysi qatorda tub so’z berilgan?

A) quvlamoq B) sharshara

C) ko’zlamoq D) dodlamoq E) Barchasi tub so’z



7. Qaysi gapda yasama so’z mavjud?

A) Berilgan gaplarda yasama so’zlar mavjud

B) Bolaning qulog’ini ari chaqib oldi, shuning uchun dodlardi

C) Dono odam uzoqni ko’zlar

D) Sanamay sakkiz dema

E) Berilgan gaplardan yasama so’zlar mavjud emas.

8. Qoidaga ko’ra ot turkumiga oid so’zlarda kelishik, egalik, ko’plik qo’shimchalari qanday tartibda joylashadi?

A) ot+kelishik+son+egalik B) ot+son+kelishik+egalik



C) ot+son+egalik+kelishik D) ot+egali+son+kelishik

E) ot+kelishik+egalik+son



9. Tibbiy ko’rikdan o’tgach musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko’rishga ahd qildik. Yuqoridagi gapda nechta yasama so’z bor?

A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta E) 6 ta



10. Qaysi qatordagi so’z tarkibida ikkita so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?

A) bichiqchilik B) uchuvchilik

C) bog’lama D) B va C

E) berilgan so’zlarda uch so’z yasovchi qo’shimcha mavjud



11. Havo to’satdan isib, harorat birdan ko’tarilgach, ekinlar qovjirab qola boshladi. Ushbu gapdagi yasama so’zlar miqdorini aniqlang.

A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta E) 5 ta



12. O’zbek tilida bir undosh tovushdan tashkil topgan qo’shimchalar orasida quyidagilarning qaysi biri mavjud emas?

A) –r, -b B) –l, -sh C) –ch, -t D) –n, -m E) –p, -d



13. Quyidagi so’zlardan qaysi biri yasam so’z hisoblanadi?

1.xaqqoniy 2.musiqiy 3.xayoliy 4.xaqiqiy 5.tibbiy 6.hissiy

A) 3,4,6 B) 3,4,5,6 C) 2,3,4,5,6

D) 1,3,4,5,6 E) 3,5,6

14. Agar oshiqligim aytsam kuyub jonu jahon o’rtar. Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o’rtar. Ushbu misralardagi so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar miqdorini belgilang.

A) 5 B) 4 C) 3 D) 2 E) 6



15. –in qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?

A) keskin, otashin B) to’kin, erkin

C) chirkin, yog’in D) tiqin, yilgin E) qo’shin, g’ishtin

16. Qaysi qo’shimchalar vositasida fe’ldan ot yasalmaydi?

A) –ma, -m B) –qi, -qoq

C) –ch, -in D) –k, -ma E) –a, -ak

17. Quyidagi omonim so’zlardan qaysi biri kelishik va egalik (turlovchi) qo’shimchalarini qabul qilmaydi?

A) tomon (uyning tomi) B) tom (asarning birinchi tomi)



C) tom (tom ma’no) D) A va B

18. Qaysi qatorda tub so’zlar berilgan?

A) oqish (sifat) oqim (ot) B) oqin, oqma (fe’l)

C) oqim, oqova D) oqish (sifat) oqish (fe’l)

E) Berilganlarning barchasi yasama so’zlar.



19. Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz –do’stini. Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.

A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta



20. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar haqidagi qaysi fikr noto’g’ri?

A) gap bo’laklarini shakillantirishga xizmat qiladi

B) so’z birikmalarida so’zlarni bir-biriga bog’lashga xizmat qiladi

C) sanalaganlarni barchasi to’g’ri



D) lug’aviy ma’noni qisman o’zgartirishga xizmat qiladi.

21. So’z yasovchi va shakl yasovchi xususiyatga ega bo’lgan qo’shimchalar qatorini toping.

A) –ga, -da, -ni B) –a, -in, -ir

C) –liq, -ala, -tir D) –sh, -n, -ov

22. Qaysi qatorda so’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha o’zaro shakldoshli hosil qilgan?

A) ko’rishmoq-o’rganish B) bilindi-ekinlar

C) qo’llanma-qazilma D) o’qidi-burildi.

23. Quyidagi fe’l yasovchi qo’shimchaladan qaysilari so’zga qo’shilganda so’z o’zak-negizida tovush o’zgarishlari yuz berishi mumkin?

1.-a 2.-ay 3.-la 4.-sira 5.-ira 6.-illa

A) 1,2,4,5 B) 1,6 C) 1,2,6 D) 3,6



24. Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.

A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta



25. Birdan osmon guldurab, sharros yomg’ir yog’di-yu, tinchidi. Ushbu gapdagi birgina tovushdan iborat bo’lgan so’z yasovchi qo’shimchalar sonini aniqlang.

A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta



26. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan?

A) Paxsadevor kovaklarida yiltiroq qurtning chinog’I miltiraydi.

B) Qaynatma sho’rva qilish uchun o’choqqa qozon osdi.

C) Bizning bog’imizda kechki mevalar ham bor.



D) A va B

27. Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.

Ushbu gapdagi birgina tovushdan iborat bo’lgan so’z yasovchi qo’shimchalarning sonini aniqlang.

A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta



28. –ma qo’shimchasi yordamida yasalgan qaysi so’z shakldoshlik xususiyatiga ega emas?

A) qo’llanma B) qisqartma C) qotishma D) qaynatma



29. Tarkibida yasama so’z mavjud bo’lgan gapni toping.

A) Joy olma, qo’shni ol. B) Ertani degan uzoqni ko’zlar.

C) Tekinning nimtasi ko’p, mehnatning-ziynati.

D) Olimdan ot qoladi, nodondan-dod.



30. So’zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) asos+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi



B) asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi

C) asos+sintaktik shakl yasovchi+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi

D) asos+lug’aviy shakl yasovchi+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi

31. Tarkibida birgina qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping.

A) atamoq B) aylanma C) ho‘plam D) haydovchi



32. Unli va lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni toping.

A) ommabop B) vafoli C) basavlat D) pishiq

33. So‘z yasovchi qo‘shimcha bilan sintaktik shakl yasovchi (aloqa munosabat shakli) qo‘shimchalari orasidagi shakldoshlik (omonimlik) qaysi qatordagi so‘zlarda kuzatiladi?

A) tinim, ko‘zim B) o‘tloq, bo‘taloq

C) kitobing, bording D) yozma, o‘qima



34. Qaysi so‘zlar -iq qo‘shimchasi orqali yasalgan?

A) zo‘riqmoq, zoriqmoq B) chiziq, oziq

C) chiniqmoq, yo‘liqmoq D) bo‘g‘riqmoq, qiziqmoq



35. So‘z tarkibidagi -cha o‘rniga -dek, kabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, u qanday qo‘shimcha hisoblanadi?

A) kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha



B) so‘z yasovchi qo‘shimcha

C) kichraytirish shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha

D) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha

36. Ma’noli qismlarga ajralmaydigan so‘zlar berilgan qatoni toping.

A) angla, bo‘yoq B) dag‘dag‘a, lo‘ttivoz

C) safsatavoz, ajrat D) tupuk, jizza

37. 1. bezorilik; 2) bexosdan; 3) begonasiramoq;

4) beorlik; 5) bezattirmoq.

Berilgan so‘zlarning qaysilari tarkibida ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?

A) 3,4,5 B) 4 C) 1,2,3,4,5 D) 3,4



38. Qaysi qatordagi so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh (omonim) qo‘shimchalar hisoblanmaydi?

A) ishla, savala B) to’lin, yashirin

C) kelinchak, erinchak D) aytasiz, so‘zsiz

39. Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan ayrim bolalar unga havas qilishdi.

Ushbu gapdagi yasama so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan?

A) tovush orttirilishi

B) tovush tushishi, orttirilishi va almashishi

C) tovush tushishi va almashishi

D) tovush almashishi va orttirilishi



40. –q qo‘shimchasi bilan yasalgan so‘zni toping.

A) yonoq B) qo‘rqoq

C) qochoq D) o‘toq

41. So‘z yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchidan so‘ng qo‘shilgan yasama so‘zni belgilang.

A) ag‘darma B) yarqiramoq C) ivitma D) yo‘qlama



42. Qaysi so‘z ma’noli qismlarga ajraladi?

A) unut B) oshkor

C) qo‘yin D) unum

43. Zaynab o‘zining xatosini angladi va gapira olmay g‘uldirab javob berdi.

Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.

A) 3 ta B) 5 ta C) 1 ta D) 4 ta

44. Tarkibida ikkita qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping.

A) so‘zlashmoq

B) Berilgan so‘zlar tarkibida uchta qo‘shimcha mavjud

C) arralashmoq D) janjallashmoq



45. O‘ynoqi (ot).

Ushbu so‘z tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) o‘y-na-qi B) o‘yinoq-i

C) o‘y-noq-i D) o‘yin-a-qi

46. Salim aka bu yerlarni unumdor yerga aylantirish istagidami?

Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.

A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta

D) Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjud emas.





Download 37.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling