Bluetooth va bluetooth qurilmalari
CHORVACHILIKDA ISHLATILADIGAN ENERGIYA TURLARI
Download 2.81 Mb.
|
Axmedov X (Chorvachilikda ishlatiladigan energiya turlari va energetik vositalar)
CHORVACHILIKDAISHLATILADIGAN ENERGIYA TURLARI2 Chorvachilikda ishlatiladigan energiya turlari va energetik vositalari.
Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan chorvachilikda birlamchi tabiiy energiya manbalari sifatida suyuq gaz, qattiq holdagi yoqilg‘ilar va ular asosida ishlaydigan texnika vositalari ishlatiladi. Quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya vositalaridan foydalanish hozirgi vaqtda juda kam miqdorni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida quyosh energiyasidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, fanning bu sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu turdagi energiya manbasidan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida, shu jumladan qishloq xo‘jaligida keng foydalanish nazarda tutilgan. Xalq xo‘jaligida birlamchi tabiiy energiya manbalaridan texnik vositalar yordamida mexanik, issiqlik, elektr energiyalari ishlab chiqariladi va bu turdagi energiya vositalari chorvachilikdagi asosiy energiya manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Chorvachilikdagi turg‘un texnologik jarayonlar uchun nisbatdan arzon elektr energiyasidan foydalanish iqtisodiy jihatdan ancha samaradorligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan energetika vositalari va ularning energetika balansi taqribiy ravishda, foiz hisobida quyidagicha: Traktor va o‘zi yurar shassilar …………………………….. 36,8; avtomobillar ……………………………………….……… 28…30; turli xil o‘zi yurar kombaynlar ……………………..………12…5; elektr dvigatelli qurilmalar ………….……….……………. 20; turli xil mexanik dvigatellar ………………………..……... 2…3; turli xil ish hayvonlari quvvatidan foydalanish ……….…... 0,5. Qishloq xo‘jaligida energetika manbalari va vositalari qancha ko‘p bo‘lishiga qaramasdan traktorlar, o‘zi yurar shassilar, kombaynlar va elektr dvigatellari asosiy energetika vositalari bo‘lib qolmoqda. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishda foydalaniladigan texnika vositalarida asosan shu turdagi energiya turlari ishlatiladi. Chorvachilikda ishlatiladigan barcha texnika vositalari ko‘chma, harakati cheklangan va turg‘un holatda ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Ko‘chma energetik vositalarga - traktorlar, o‘zi yurar shassilar, o‘zi yurar kombaynlar, avtomobillar va turli ish hayvonlaridan tuzilgan transport vositalari kiradi. Harakati cheklangan energetik vositalarga - relsli yo‘laklarda (yerga o‘rnatilgan yoki osma holda) harakatlanadigan va sirpanuvchi elektr kabellari bilan jihozlangan texnika vositalari (zanjirli - skreperli qurilmalar, maxsus ozuqa tarqatgichlar, elektr telferlari va boshqalar) kiradi. Turg‘un energetik vositalariga fermalarda ishlatiladigan texnologik vositalarning elektr dvigatellari, shamol dvigatellari, turg‘un holda ishlatiladigan ichki yonuv dvigatellari va boshqalar kiradi. Download 2.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling