Bluetooth va bluetooth qurilmalari


Download 2.81 Mb.
bet1/3
Sana30.09.2023
Hajmi2.81 Mb.
#1690292
  1   2   3
Bog'liq
Axmedov X (Chorvachilikda ishlatiladigan energiya turlari va energetik vositalar)

CHORVACHILIKDA ISHLATILADIGAN ENERGIYA TURLARI VA ENERGETIK VOSITALAR


Toshkent 2023 y.
Bajardi: Axmedov Xurshid

REJA


Chorvachilikdagi ishlab chiqarish jarayonlari
Chorvachilikda ishlatiladigan energiya turlari va energetik vositalari
Chorvachilik ishlab chiqarish o'ziga xos xususiyatlari

TRAKTOR

  • Traktor (inglizcha: tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — dvigatel yordamida harakatlanuvchi gʻildirakli yoki gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina. Traktor qurilish, qishloq xoʻjaligi ishlari va boshqa ishlarni bajarish, tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun moʻljallangan.

Chorvachilikdagi

ISHLAB CHIQISH JARAYONLARI


1

Qon aylanish sistemasi.


Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, aholiga qimmatli oziq - ovqat mahsulotlari bo‘lgan sut, go‘sht, tuxum, yengil sanoatga esa teri, jun va boshqa xom ashyolarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish o‘zining tashkiliy va tarkibiy xususiyatlari bilan dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlaridan keskin farq qiladi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishning yil davomida bajarilishi; mahsulot yetishtirish jarayonlarning yil davomida ritmli bo‘lishi; fermada kunlik, smenalik ishlab chiqarish jarayonlarining tartibli ravishda davriy bajarilishi; fermadagi ishchi - xizmatchilarning yillik doimiy shtatlar tarkibi va ish bilan ta’minlanganligi; mashina va qurilmalarning yil davomida belgilangan tartibda to‘xtovsiz ishlashi; ko‘pchilik texnika vositalarining turg‘un o‘rnatilishi va elektr energiyasi yordamida ishlashi.
Chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarishning bu xususiyatlari uni sanoat ishlab chiqarish darajasiga yaqinlashtiradi, lekin tarkibi jihatdan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishiga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega, ya’ni sanoatda ishlab chiqarish “inson - mashina” yopiq injener - texnik tizimidan tuzilgan bo‘lsa, chorvachilikda “inson - hayvon - mashina” biotexnik tizimidan iborat.
Bu tizimda qo‘shimcha biologik ob’ekt ishlab chiqarishni tashkil etishda boshqarilishi murakkab bo‘lgan faktor hisoblanadi. Shuning uchun charvachilikdagi texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sanoatdagiga nisbatdan ancha qiyin va murakkabligi bilan xarakterlanadi. Umumiy holda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari tabiiy va ish jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Bunda inson tomonidan qo‘shimcha ish bajarilish talab etilmaydi, lekin ularning qanday bo‘lishiga o‘zining ongli mehnati bilan katta ta’sir ko‘rsatadi va bu jarayonlarni boshqaradi. Ish jarayonlari deb mahsulot ishlab chiqarish uchun inson tomonidan bajariladigan jarayonlarga aytiladi. Bularga ozuqa tayyorlash va tarqatish, sut sog‘ish, jun qirqish, binolarni tozalash va boshqa o‘nlab chorvachilik fermalarida bajariladigan jarayonlar kiradi. Ularni bajarilish xarakteriga qarab ikki turga, ya’ni bir joyda bajariladigan turg‘un jarayonlar va ma’lum makonda harakatlanib bajariladigan ko‘chma jarayonlarga bo‘linadi. Chorvachilikni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish fani avvalo shu ish jarayonlarini texnika vositalari yordamida inson ishtirokida (mexanizatsiyalash) yoki ishtirokisiz (avtomatlashtirish) bajarilishini o‘rganadi.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning tartiblashtirilgan usuliga ishlab chiqarish texnologiyasi deyiladi va o‘z navbatida texnologik jarayonlaridan, ya’ni ish jarayonlaridan (qisqacha ishlardan) iborat bo‘ladi.
Ish jarayonlari ham o‘z navbatida ikki turdan, asosiy va yordamchi ish jarayonlaridan iborat. Yordamchi ish jarayonlari asosiy ish jarayonlarining bajarilishi uchun xizmat qiladi. Masalan, sigirning yelinini yuvish, massaj qilish yordamchi jarayonlar bo‘lib, asosiy ish jarayoni bo‘lgan sut sog‘ish uchun xizmat qiladi. Chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda asosiy ish jarayonlarini bajarish yuqori malakali ishchilar tomonidan bajarilishi ko‘zda tutiladi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishning samarador va mahsulotlarning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.

Download 2.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling