4.Quyidagi berilgan qaysi toifa shaxslariga ularning yoshi
va sog’lig’i holatini hisobga olib yillik uzaytirilgan
(30 kalendar kun)asosiy ta'til beriladi
( Mehnat kodeksi 218-modda)?
1)o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;2)pedagog
xodimlarga; 3)ishlayotgan I va II guruh nogironlariga;
4)davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlariga.
A)2,4 B)1,4 C)2,3 D)1,3
5.Quyida berilgan atamalar va ularning izohi to’g’ri
moslashtirilgan javobni toping.
1) konsensus; 2) oferta; 3) konvensiya.
a)ovoz berishni o’tkazmasdan umumiy rozilik asosida qaror
yoki shartnoma matnini qabul qilish usuli;
b) xorijiy shaxsni uning arizasiga binoan fuqarolikka qabul
qilish;
c) muayyan shaxsga bitim tuzish xususida qilingan rasmiy
taklif, bunda uni tuzish uchun zarur bòlgan barcha zarur
shartlar ko’rsatiladi;
d) hukumatlar darajasida tuzilgan xalqaro shartnoma
nomlaridan biri;
e) fuqarolik-huquqiy majburiyatlar buzilishi natijasida
yuzaga kelgan zararlarni to’lash.
A)1-b,2-c,3-e B)1-a,2-c,3-d
C)1-c,2-d,3-e D)1-a,2-b,3-d
6.Quyida berilganlardan qaysi biri O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9- yanvarda
imzolagan farmoniga binoan jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida
muvofiqlashtiruvchi davlat organi deb belgilangan?
A)Òzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
B)Òzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
C)Òzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
D)Òzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
7.Quyidagi qaysi toifa vakillari siyosiy partiyalarga a'zo
Bo’la olmaydi?
1)davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;2)òqituvchi va
murabbiylar3)fuqaroligi bòlmagan shaxslar;4)tadbirkorlar.
A)2,4 B)1,4 C)1,3 D)2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |