Bmpn: boshqaruv oqimlari
Operatsiyaning tsiklik bajarilishi atributlari
Download 457.49 Kb.
|
loyihalashtirish javoblar
Operatsiyaning tsiklik bajarilishi atributlari
12.BMPN: JARAYONOSTI MARKER Jarayonosti marker. Jarayonosti belgisi tahlilchiga u kompozitsion operatsiya bilan shug'ullanayotgani haqida signal beradi - ya'ni alohida operatsiyalarga bo'linishi mumkin bo'lgan jarayon ostilar. Tarkibiy operatsiyalarning tarkibiy tuzilishi cheklanmagan. Tarkibiy operatsiyani qisqartirish yoki kengaytirish mumkin. Kengaytirilgan jarayonosti alohida diagramma sahifasida batafsil tavsiflanadi. 13.BMPN: PARALLEL BAJARISH MARKERI Parallel bajarish markeri operatsiyaning kerakli nusxasining sonini bir vaqtning o'zida parallel bajarilishini anglatadi. Tahlilchi modellashtirish bosqichida bajarilish vaqtida nusxalarning sonini aniq bo'lmaganda ishlatadi. Nusxalar soni hisoblash faqat bir marta amalga oshiriladi, operatsiyaning kerakli soni ishga tushiriladi. Takrorlashlar soni va bajarilish semantikasi operatsiyaning o'rnatilgan atributlari bilan belgilanadi. Tahlilchi nusxalar sonini aniq ko'rsatishi yoki jarayonning boshqa nusxasi yaratilishi uchun aniq shartlarni belgilashi mumkin. Tegishli atributlar bir nechta jarayon nusxalarini ishga tushirishni muvofiqlashtirish va tugatish shartlarini belgilaydi. 14.BMPN: KETMA-KET BAJARILISH MARKERI Ketma-ket bajarilish markeri bir nechta nusxalarning siklik bajarilishini ifodalaydi. Ish odatdagi sikldagi kabi tashkil etilgan. Sikl uchun "while ...do", "takrorlash ... qadar" kabi shartlarni ham o'rnatish mumkin. Takrorlashlar soni va bajarish usuli xuddi parallel bajarish kabi operatsiyaning o'rnatilgan atributlari bilan belgilanadi. Ketma-ket bajarilish markerida , agar isSequential atributining mos qiymati o'rnatilgan bo'lsa, parallel bajarilishini bildiradi, faoliyat markeri mos ravishda o'zgaradi. 15.BMPN: AD-HOC OPERATSIYASINING MARKERI Ad-hoc operatsiya muayyan muammo yoki vaziyat uchun mo'ljallangan yechimni anglatadi. "Ad-hoc" markeri har biri o'z harakatni hal qilish uchun mo'ljallangan ichki operatsiyalar to'plamidan iborat murakkab harakatni ko'rsatish uchun ishlatiladi va bu operatsiyalar bir-biri bilan bog’liq bo’lishi shart emas. Foydalanuvchi bajarilish bosqichida tegishli operatsiyani tanlashi mumkin. Amaliyotlarni bajarish ketma-ketligi va ularni takrorlash soni tartibga solinmaydi va ish jarayonida foydalanuvchi tomonidan belgilanadi. Ushbu marker tuzilmalashmagan jarayonlarni modellashtirishda foydalidir. "sayohatga tayyorgarlik" "ad-hoc" operatsiyasini ko'rsatadi. 16.BMPN: Kompensatsiya operatsiyasi Kompensatsiya operatsiyasi oldindan tugallangan ba'zi operatsiyalarda bajarilgan harakatlarni bekor qilish mantiqini tavsiflash uchun ishlatiladi. Faraz qilaylik, bir nechta operatsiyalardan tranzaktsiya tashkil etilsin. Tranzaksiyani tashkil etuvchi operatsiyalarning ba'zilari allaqachon muvaffaqiyatli yakunlangan, ammo qolganlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Bu shuni anglatadiki, bitim tugallanmagan, va ilgari tugallangan operatsiyalar bekor qilinishi kerak, buning uchun ulardagi o'zgartirilgan ma'lumotlar tranzaksiya boshlanishidan oldingi holatga qaytarilishi kerak. Misol uchun, biz chiptalarni bron qilishni boshladik, mijozning hisobidagi mablag'larni blokladik, ammo bron qilish bekor qilindi, mablag'larni blokdan chiqarish kerak edi. A operatsiyasi kompensatsiya hodisasiga biriktirilgan bo'lib, u yo'naltirilgan assotsiatsiyadan foydalanib, kompensatsiyani amalga oshiradigan operatsiyaga ishora qiladi. Agar tranzaktsiya tugallanmagan bo'lsa, u holda signal hosil bo'ladi, kompensatsiya operatsiyasini boshlaydi, bu esa ma'lumotlarni asl holatiga qaytaradi. 17.BMPN: JARAYONOSTI MARKERLARINING KOMBINASIYALARI: BPMN spetsifikatsiyasi jarayonostilarda ishlatilishi mumkin bo'lgan o'n bitta turli xil operatsion marker kombinatsiyalarini belgilaydi. 1. O'ralgan jarayonostilar 2. Kompensatsiyani amalga oshiruvchi o'ralgan jarayon ostilar 3. Tasodifiy bajarilishi kerak bo'lgan harakatlar to'plamiga ega o'ralgan Ad-Hoc jarayonostisi. 4. Jarayonostining siklik bajarilishi; 5. Jarayonostining siklik bajarilishi, har bir iteratsiyada kompensatsiya amalga oshiriladi; 6. Ad-Hoc jarayon ostini siklik bajarilishi; 7. Kompensatsiya bilan Ad-Hoc jarayonostining siklik bajarilishi. Ad-Hoc jarayonosti iterativ takrorlanadi; 8.Jarayonostini parallel bajarilishi 9. Kompensatsiyani amalga oshiradigan jarayonostilarning parallel bajarilishi; 10. Ad-Hoc jarayonostining parallel bajarilish; 11. Ad-Hoc jarayonostining parallel bajarilishi, har bir nusxada kompensatsiya amalga oshiradi 18.BMPN: Operatsiyalar: operatsiya, jarayonosti, global (chaqiruv) operatsiya, tranzaksiya Jarayon operatsiyalari elementar yoki tarkibiy bo'ladi. Elementar operatsiyalar bitta ijrochiga tayinlangan bo'lishi mumkin. Tarkibiy operatsiyalar quyi tartibdagi tarkibiy harakatlariga dekompozitsiyalanish nazarda turiladi. Qoidaga ko'ra, tarkibiy operatsiyaning tafsilotlari(detalizatsiya) alohida jarayon diagrammasida tasvirlanadi. Ushbu turdagi elementlar jarayon ostilar ataladi. BPMN notatsiyada operatsiyalarni tasvirlash uchun turli grafik elementlardan foydalaniladi. Bir necha turlari mavjud: operatsiya, jarayonosti, global (chaqiruv) operatsiya, tranzaksiya Download 457.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling