Bmt kodeksida korrupsiyaga munosabat. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi qonun va hujjatlar


Download 5.08 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1592757
Bog'liq
BMT kodeksida korrupsiyaga munosabat

BMT kodeksida korrupsiyaga munosabat.O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi qonun va hujjatlar

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishi 201-guruh talabasi Egamberdiyeva Sitora

  • Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
  • Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
BMTTD O‘zbekistondagi BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) bilan hamkorlikda Bosh prokuraturada mamlakatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tushuntirish, tadbirkorlikni mansabni suiiste’mol qilish va buyruqbozlik to‘siqlaridan himoyalash, prokuratura organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligiga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazishni tashkil qilmoqda. Bu chora-tadbirlar korrupsiya muammolari va korrupsiyaning oldini olish va u bilan kurashishda Konvensiyaning rolini tushunishni chuqurlashtirish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va har yili 9 dekabrda nishonlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni doirasida amalga oshirilmoqda. 2003 yilning ayni shu kuni Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi imzolash uchun ochilgan edi. Jahon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar. 
  • Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (#breakthechain – bu yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi, inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng yoritilmoqda.

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling