Bmtning “Bola huquqlari to’g’risida konvensiya”


O'zbekiston Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo'shilgan


Download 0.75 Mb.
bet3/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1118967
1   2   3
Bog'liq
Saparbayeva Gulnoza

O'zbekiston Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo'shilgan. Ushbu xalqaro-huquqiy hujjat mamlakatimiz uchun 1994 yil 29 iyulda kuchga kirgan. O'zbekiston BMTning mazkur Konventsiyasi talablariga qat'iy rioya etib kelmoqda.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, istiqlol yillarida mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy asoslari yaratildi. Eng muhimi, bu huquqiy asoslarning mazmun-mohiyatiga bola huquqlari himoyasi borasidagi milliy va umuminsoniy g'oyalar bab-baravar singdirildi.
Konstitutsiyamizning 64-moddasida belgilanganidek, ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi.
Bugungi kunda O'zbekistonda “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida”, “Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida”, “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi qonunlar amal qilmoqda. 2017 yilda “Bolalarni ularning sog'ligiga zarar yetkazadigan axborotdan himoya qilish to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi qaroriga asosan BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bag'ishlangan Tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Tadbirlar dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 aprelda qabul qilingan “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorini bajarish yo'lida navbatdagi muhim qadam bo'ldi.
Davlatimiz rahbarining ushbu qarori haqida so'z borganda, bu hujjat, bir tomondan, O'zbekistonda bola huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanini amalda namoyon etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning normalari Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaga har tomonlama mutanosib ekanini ta'kidlash lozim.
2021 yil dekabr holatiga ko‘ra Konvensiyada 196 ta davlat ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-757-XII-sonli “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga muvofiq qo‘shilgan. Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi 2008 yil 11 dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni, 2008 yil 12-dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni ratifikasiya qilgan.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda dastlabki, 2005 yilda ikkinchi davriy, 2010 yilda uchinchi va to‘rtinchi davriy, 2019 yilda beshinchi davriy hisobotlari BMTning bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga topshirilgan.
2022 yil sentyabr oyida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining beshinchi davriy hisobotini Qo‘mitaning 91-sessiyasida ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, yurtimizda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. Shundan, 5 million 112 ming 470 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir. Mamlakatimizda 17 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi mavjud bo‘lib, ularda jami 1 ming 950 nafar yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar tarbiya olmoqda.
Davra suhbatida 1992 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning ratifikatsiya qilingani va milliy qonunlarni ushbu Konvensiyaga moslashtirish uchun samarali harakatlar amalga oshirilgani haqida xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy fikrlar bildirilgani qayd etildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bola huquqlari Bosh qomusimiz, Oila kodeksi, «Jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risida»gi, «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi kabi qator qonunlar bilan tartibga solinib kelinmoqda.
O'zbekiston Prezidentining qarori Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning barkamol avlod bo'lib yetishishini ta'minlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga qaratilgan tizimli islohotlarga shiddat va shijoat bag'ishladi.
Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega. Uning asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini imkon qadar himoya qilishdan iborat. Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaning 1-moddasiga ko'ra, agar milliy qonunlarda balog'at yoshi birmuncha erta belgilangan bo'lmasa, 18 yoshga to'lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Bu 18 yoshga to'lmagan har bir inson Konventsiyada qayd etilgan barcha huquqlarga ega deganidir.
O'zbekistonda ham 18 yoshgacha bo'lgan shaxslar bola deb tan olinadi. Lekin ma'lum yoshdagi bolalar ayrim huquqlarni mustaqil amalga oshirishlari mumkin.
Jumladan, bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini to'liq ko'rib chiqish kafolatlangan. Bola to'liq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni ko'rmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.
Yana bir misol: aytaylik, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda ota-onadan birortasi ham aliment undirish to'g'risida sudga murojaat qilmagan.
Bunday hollarda, 14 yoshga to'lgan bola o'zining ta'minoti uchun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yashamayotgan bo'lsa, bir vaqtning o'zida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atishga haqli.
Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaning 2-moddasiga binoan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy qobiliyatlari va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, mazkur Konventsiya har bir bolaga nisbatan qo'llaniladi.
Mamlakatimizda 18 yoshga to'lmagan 12 million 200 ming nafardan ortiq bola bor. Ammo, bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ixtisoslashtirilgan institut yaqin vaqtga qadar mavjud emasdi. Shu ma'noda, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari – Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimining joriy etilishi ma'qullangani nihoyatda muhimdir.
2019 yil 20 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, YUNISEF va Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi hamkorligida BMTning bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiya mamlakatimizda bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya doirasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuzasidan yetakchi mutaxassislar va yosh yuristlar o'rtasida fikr almashish uchun samarali maydon bo'lib xizmat qildi.
Konferentsiya ishida Bosh prokuratura, YUNISEF, Adliya vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari, shuningdek, Bosh prokuratura Akademiyasi, TDYU, JIDU va TXVU magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.
YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy ofisining bolalarni himoya qilish bo'yicha mutaxassisi Fenni Kakama O'zbekistonning bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya normalarini implementatsiya qilish sohasidagi faol ishtirokini ijobiy baholadi, shu bilan birga, ushbu sohada Akademiya bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadga muvofiqligini ta'kidlab o'tdi.
Konferensiya ishtirokchilari Konvensiya normalarini o'z organlari va tashkilotlarida implementatsiya qilish masalalari, ularni amalga oshirishning yangi yondashuvlari haqida so'zlab berdilar.
Tadbir doirasida yosh mualliflarning tasviriy san'at va badiiy asarlari ko'rgazmasi, shuningdek, nashriyot uylarining mahalliy va xorijiy adabiyotlaridan iborat kitob yarmarkasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
“Hukumat ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar uchun oiladagidek muqobil sharoitlarni yaratish bo’yicha rejalar ishlab chiqayotganligi quvonarli holatdir. Oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish uchun ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning de-institutsializatsiyasi hamda ular uchun oila ko’rinishidagi muqobil sharoitlarni yaratish bo’yicha harakat rejasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun bolalarni katta muassasalarga joylash amaliyotini o’zgartirishga, uning o’rniga bolalarni o’z oilalaridan ajratishning oldini olishga qaratilgan mahalliy hamjamiyat tashabbuslariga e’tibor qartish lozim,” – dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.
YUNISEF tavsiyasiga ko'ra, bola manfaatlarida sudlarga kiritilgan da'volar boj va boshqa to'lovlardan ozod qilinishi maqbul hisoblanadi. Shu ma'noda, yurtimizda bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda da'vogar davlat boji va to'lovlardan ozod etilishi bilan bog'liq yangi imtiyoz ham xalqaro andazalarga to'la mutanosibdir.
Yaqin vaqtgacha qonunchiligimizda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan bola ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir qilsa, uning ota-onasi O'zbekistonda qonuniy asosga ko'ra yashab turgan bo'lsa-da, huquqbuzar bolani mamlakatdan chiqarib yuborishga doir norma mavjud edi. Ushbu normani bekor qilish yo'lida muhim qadamlar qo'yildi.
Binobarin, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 8-moddasiga binoan, ishtirokchi davlat bola o'z ota-onasidan bolaning xohish-irodasiga zid tarzda ayrilishiga yo'l qo'ymaydi. Bolaning eng ustun manfaatlari shunday ayrilishni talab qiladigan hollar bundan mustasno.
Konventsiyaga ko'ra, bola o'zining kamol topishida o'zi faol ishtirok etish, o'z fikrini bayon qilish huquqiga ega. Bu esa bola hayotiga oid masalalarni hal etishda uning fikri hisobga olinishini ta'minlaydi.
Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya bolaning yashash va sog'lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan bog'liq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni o'z ichiga oladi.
Bolalarga g'amxo'rlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam ko'rsatish borasidagi majburiyati ham Konventsiyada munosib e'tirof etilgan.
Bolalarni kamsitmaslik – Konventsiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sog'lig'ining ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qat`i nazar, biron-bir kamsitishlarsiz o'z huquqlaridan foydalanishlari lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturiga asosan 20 noyabr` kuni mamlakatimiz ta'lim muassasalarida Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya qabul qilinganining 30 yilligiga bag'ishlangan umummilliy dars o'tkazildi.
Jumladan, bizning 307-maktabda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi G'ulom Mirzaev o'tkazgan darsda maktab rahbariyati, o'qituvchilar va 2-4-sinf o'quvchilari qatnashdi.
Inson huquqlari bo'yicha savodxonlik" zarurligini tan olgan BMT 1995 yildan 2005 yilgacha bo'lgan davrni Inson huquqlari bo'yicha ta'lim o'n yilligi deb e'lon qildi. Inson huquqlari muammosi BMT va YUNESKO faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega. Yarim asrlik faoliyat davomida ushbu tashkilotlar ushbu masala bo'yicha yuzdan ortiq hujjatlar (deklaratsiyalar, konventsiyalar, paketlar va tavsiyalar) qabul qildilar. Biroq, nafaqat ularning soni xalqaro tashkilot sa'y-harakatlari muhimligining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi, asosiysi shundaki, BMT jahon tarixida birinchi marta insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqdi, ular xalqaro standartlardir. . Ana shunday hujjatlardan biri Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyadir.
Bolalar ombudsmaniga berilgan shikoyatlar uchun davlat boji undirilmaydi.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Bola huquqlari bo‘yicha ixtisoslashgan ombudsmanlar faoliyati bola manfaatlari yo‘lida davlat boshqaruvini takomillashtirish, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning qoidalarini qonun hujjatlariga va huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish, bolaning shaxsiga hurmatni kuchaytirish, jamoatchilik ongi darajasini oshirish, davlat tuzilmalari tomonidan, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolaning sha’ni va qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari va qonuniy hamda eng ustun manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Mazkur hujjat ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi.
– “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda bolalar huquqlarini ilgari surishdagi muhim qadamdir, – deydi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Qonun qabul qilingach, u Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq O‘zbekistondagi bolalar, ayniqsa, himoyaga eng muhtoj bolalarning huquqlarini yanada mustahkamlashga ko‘mak beradi. Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun biz javobgarmiz. Ushbu qonunning qabul qilinishi esa mana shu muhim vazifani amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
Ta’kidlash lozimki, BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi va boshqa inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi shartnomaviy organlari tomonidan olib borilgan bolalar huquqlarining xalqaro monitoringi O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilishni samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari mavjud emasligi bilan bog‘liq qator muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.
Xalqaro konferensiyada bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro institutlarning tajribasini o‘rganish va Bola huquqlari bo‘yicha vakilning O‘zbekistondagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy asoslarni yaratish yuzasidan fikr almashildi
Xalqaro hamjamiyat Konvensiyani zamonamizning eng buyuk insonparvarlik hujjati sifatida yuqori baholadi. UNICEF Ijroiya kengashi o'zining yillik sessiyasida (1992 yil iyun) davlatlarga har yili 20 noyabrda (Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya qabul qilingan kun) Butunjahon bolalar kunini nishonlashni taklif qildi.
Konventsiya alohida ijtimoiy va ma'naviy ahamiyatga ega hujjatdir, chunki u bolaning insoniyatning bir qismi sifatida tan olinishi, uni kamsitishning mumkin emasligi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi va shaxsning barkamol rivojlanishini tasdiqlaydi. Konventsiya bolalar manfaatlarining davlat, jamiyat, din, oila ehtiyojlaridan ustunligini e'lon qiladi, u davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy jihatdan nochor bolalar guruhlari: etimlar, nogironlar, qochqinlar, va jinoyatchilar.
"Bolaning eng yaxshi manfaatlari" universal tushunchadir. U omon qolish, sog'lom rivojlanish va zo'ravonlikdan himoyalanish huquqini o'z ichiga oladi. Bu huquqlar umume’tirof etilgan va xalqaro normalarga aylangan.
Konventsiya yuqori xalqaro standartdagi huquqiy hujjatdir. U bolani to'la huquqli shaxs, mustaqil huquq sub'ekti deb e'lon qiladi. Hech qaerda bolaga bunday munosabat bo'lmagan. Fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy inson huquqlarining to'liq doirasini aks ettiruvchi bolalar huquqlarini belgilash. Konventsiya, shuningdek, davlat javobgarligining huquqiy normalarini belgilaydi, maxsus nazorat mexanizmini (BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasi) yaratadi va unga yuqori vakolatlarni beradi.
Konventsiya oliy pedagogik ahamiyatga ega hujjatdir. U kattalarni ham, bolalarni ham o‘z munosabatlarini chinakam insonparvarlik va demokratiyaga, bola shaxsiga, uning fikr va qarashlariga hurmat va hurmatga asoslangan axloqiy-huquqiy me’yorlar asosida qurishga chaqiradi. Ular pedagogika, ta'lim va kattalar va bola, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi avtoritar muloqot uslubini qat'iy yo'q qilishning asosi bo'lishi kerak. Shu bilan birga, Konventsiya yosh avlodda boshqa odamlarning qonunlari va huquqlari to'g'risida ongli tushunchani, ularga hurmatli munosabatni shakllantirish zarurligini tasdiqlaydi.
Konventsiya g'oyalari nafaqat qonunchiligimizga, balki, avvalambor, ongimizga ko'plab prinsipial yangi narsalarni kiritishi kerak.
Konvektsiyaning asosiy g'oyasi - bu bolaning eng yaxshi manfaatlari. Uning pozitsiyasi bolalar huquqlarini ta'minlashi kerak bo'lgan to'rtta asosiy talabga asoslanadi: omon qolish, rivojlanish, himoya qilish va jamiyatda faol ishtirok etish.
Konveksiya bir qator muhim ijtimoiy huquqiy tamoyillarni tasdiqlaydi, ularning asosiylari bolaning to'liq huquqli va to'liq huquqli shaxs sifatida tan olinishidir. Bu bolalar o'z ota-onalari yoki vasiylarining qo'shimchasi sifatida emas, balki o'zlari uchun inson huquqlariga ega bo'lishlari kerakligini tan olishdir.
Konventsiyaga ko'ra, agar milliy qonunchilikda balog'at yoshidan oldinroq belgilanmagan bo'lsa, 18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi.
Bolani mustaqil huquq subyekti sifatida tan olgan holda, Konventsiya fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning butun doirasini qamrab oladi. Shu bilan birga, u bir huquqni amalga oshirish boshqa huquqlarni amalga oshirishdan ajralmas ekanligini ta'kidlaydi. U bolalar manfaatlari davlat, jamiyat, din va oila ehtiyojlaridan ustunligini e'lon qiladi. Konventsiyada bolaning intellektual, axloqiy va ma'naviy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan erkinlik nafaqat sog'lom, balki xavfsiz muhitni, sog'liqni saqlashning etarli darajasini, oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyning minimal standartlarini ta'minlashni ham talab qiladi. Bundan tashqari, bu huquqlar birinchi navbatda bolalarga berilishi kerak, har doim ustuvor bo'lishi kerak.
Biz o'z oldimizga Konventsiyaning barcha 54 moddasining mazmunini batafsil bayon etish vazifasini qo'yganimiz yo'q, lekin biz ularni qisqacha tavsiflashga harakat qilamiz.
Har bir bola ajralmas yashash huquqiga ega va davlatlar imkon qadar bolaning omon qolishi va rivojlanishini ta'minlaydi.Har bir bola tug'ilgan paytdan boshlab ism va fuqarolikka ega.Sudlar, ijtimoiy himoya muassasalarining barcha harakatlarida, ma'muriy organlar bolalar bilan muomala qilishda bolaning manfaatlarini hisobga olish asosiy hisoblanadi. Bolaning fikrini e'tiborga olish kerak.Davlatlar har bir bolaning hech qanday kamsitish va farqlarsiz barcha huquqlardan foydalanishini ta'minlaydi. Bolalarni ota-onalaridan ajratib qo'ymaslik kerak, bu ularning farovonligi uchun vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilmagan hollar bundan mustasno.
Davlatlar o'z hududiga kirish yoki undan chiqishga ruxsat berish orqali oilalarni birlashtirishga yordam berishlari kerak.Ota-onalar bolaning tarbiyasi uchun asosiy mas'uliyatdir, ammo davlatlar ularga tegishli yordam ko'rsatishi va bolalar bog'chalari tarmog'ini rivojlantirishi kerak.Davlatlar bolalarni jismoniy yoki ruhiy zarar va zo'ravonlikdan, shu jumladan jinsiy zo'ravonlik yoki ekspluatatsiyadan himoya qilishlarini ta'minlashi kerak.Davlatlar ota-onasi bo'lmagan bolalarga tegishli o'rinbosar g'amxo'rlikni ta'minlaydi. Farzandlikka oluvchilar bolani tug'ilgan mamlakatdan tanishtirish niyatida bo'lgan hollarda ishonch va qonuniylikni ta'minlash uchun shaxsni aniqlash jarayoni ehtiyotkorlik bilan tartibga solinadi.Nogiron bolalar alohida davolanish, ta'lim olish va parvarish qilish huquqiga ega. (Soʻnggi paytgacha jamiyatimiz uchun gʻayrioddiy boʻlib kelgan fikrni alohida taʼkidlamoqchimanki, nogiron odam emas, balki atrof-muhit, hayot uning imkoniyatlari va xususiyatlariga moslashadi).Bola eng ilg'or tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega. Davlat profilaktika choralariga, sog'lomlashtirish va bolalar o'limini kamaytirishga ustuvor ahamiyat berib, barcha bolalar salomatligini ta'minlashi kerak.Boshlang'ich ta'lim bepul va majburiy bo'lishi kerak.Maktab intizomi bolaning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilishni aks ettiradigan tarzda saqlanishi kerak. Ta'lim bolani tushunish, tinchlik va bag'rikenglik hayotiga tayyorlashi kerak.
Biroq, Konventsiya hamma hukumatlar ham barcha iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlash uchun zarur resurslarga ega emasligini tan oladi. Biroq, bu huquqlarni birinchi o'ringa qo'yish va ularni mavjud resurslar doirasida imkon qadar maksimal darajada ta'minlashga majbur qiladi.Davlatlar o'z majburiyatlarini bajarishda milliy qonunlar, rejalar, siyosat va amaliyotlarni o'zgartirishga majbur bo'ladilar. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun, avvalo, siyosiy iroda zarur.Konvektsiya xalqaro hamjamiyatning bolalarga bo'lgan munosabatiga jiddiy ta'sir ko'rsata boshlagan o'zgarishlarni keltirib chiqardi. Ayni paytda dunyo bolalarining 96 foizi bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonuniy majburiyatga ega mamlakatlarda istiqomat qiladi
BMT Bolalar fondining (YuNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy sud, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Advokatlar palatasi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalariva filiallari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi (20.11.1989 yil)qabul qilinganligining 30 yilligi arafasida o‘tkazilishi uning o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirishda, shuningdek bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rnini yoritish, shuningdek bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash hamda muhokama etish, ularni hal etishda xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Tadbirda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiyasi qoidalarining milliy qonunchilikda implementatsiya qilinishi, bolalarga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritishda xalqaro standartlar, O‘zbekiston ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatida voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishi, odil sudlov tizimida bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni har tomonlama himoya qilish bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’lumot uchun: 2019-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha vasiylik va homiylik organlari nazoratida turgan yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 57.600 tashkil etgan bo‘lsa, 2019- yilning 6 oyi davomida qo‘shimcha 9.286 nafar ushbu toifadagi bolalar aniqlangan.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro va xorijiy tashkilotlar, davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilligini ta’minlashga qaratilgantakliflar berildi.
Tadbir yakunida Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini amalga oshirishni yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar umumlashtirilib, tegishli tashkilotlarga kiritishga kelishib olindi.
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling