I bob. Sudya, prokuror va advokatlar faoliyati va psixologik qarashlari
Download 246.5 Kb.
|
SUDYA, DAVLAT PROKURORI VA ADVOKATNING KASBIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Sudya, prokuror, advokatlarning shaxsiy sifatlari va ular fikrining muhimligi…………………………………………………………………..11
- Mavzuni dolzarbligi
MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………..3 I BOB. SUDYA, PROKUROR VA ADVOKATLAR FAOLIYATI VA PSIXOLOGIK QARASHLARI 1.1.Sudya, prokuror va advokatlar faoliyatidagi mukammallik, bilimdonlik, kasbiy mahorat, ko’nikma va sezgirlik tomonlari……………………….6 1.2.Sudya, prokuror, advokatlarning shaxsiy sifatlari va ular fikrining muhimligi…………………………………………………………………..11 II BOB. SUD PSIXOLOGIYASI VA JINOIY HUQUQIY SAVOLLARGA PSIXOLOGIK BILIM VA USULLARNI QO'LLASH 2.1.Sudya va xalq maslaxatchilari o’rtasidagi munosabat psixologiyasi prokurorning ayblov va advokatning oqlov nutqlarining psixologik xususiyatlariga amaliy yondashuv.………………………………….…….19 2.2. Sudya, prokuror va advokatlar faoliyatida psixologning amaliy vazifalari………………………………………………………………….…22 XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………..…………32 ILOVA………………………………………………………………….…...33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….……35 . KIRISH Sudyaning faoliyati esa nihoyatda murakkab, turfa xil bo’lib, ushbu kasb sohiblaridan maxsus fazilatlar va malakani talab qiladi. Uning kasbga oid faoliyati qonun bilan aniq va ravshan belgilab qo’yilgan. Sudya farmon berish vakolatlariga ega, ularni davlat nomidan qo’llaydi, bu esa o’z xatti-harakatlari uchun yuksak professional mas’uliyat hissini talab qiladi. Sud ishlari hajmi va mohiyatiga ko’ra rang-barangdir. Sudya ishining keng qamrovliligi yuqori darajadagi umumiy va huquqiy topqirlik, bilimdonlikni, xilma-xil vaziyatlarda to’g’ri qaror chiqara bilishni taqozo etadi. Mavzuni dolzarbligi:Sudya shaxsining muloqotga kirishish, jamoatchilik fikrini shakllantirishga oid kasbiy xususiyatlari ana shu fazilatlarni namoyon eta bilishida ko’zga tashlanadi. Advokatning ishda yutib chiqishi ko’p jihatdan turli-tuman dalil-isbotlar orasidan himoyasidagi shaxsni oqlaydigan yoki aybini engillashtiradigan holatlarni topa bilishi hamda o’z o’rnida qo’llay olishiga bog’liq. Buning uchun izlanish, ijodiy tafakkur, turli xil ish shart-sharoitlarida to’g’ri yo’lni topish qobiliyati zarur. Odatda, advokat jinoiy ishdagi barcha materiallarni o’z himoyasidagi shaxs manfaati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Himoyachi orqali jamiyat go’yo ayblanuvchiga yordam qo’lini cho’zadi. Jinoyat sodir etgan shaxsning ijobiy fazilatlarini ko’ra olish, uning taqdiri, kelajagi haqida qayg’urish advokat faoliyatining ijtimoiy qirrasini belgilab beradi. Jinoyat qidiruv bo’linmasi xodimlarining turli-tumaan faoliyatlari ikki yo’nalishda amalga oshadi. Birinchidan, tergovchi bilan birga jinoyat qidiruv bo’linmasining xodimi voqea yuz bergan joyga chiqadi, ko’zdan kechirish, tintuv qilish va boshqa tergov jarayonlarida qatnashadi.
Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling