Bmtning elеktron hukumat rivojlanish rеytingi


Download 150 Kb.
Sana14.06.2020
Hajmi150 Kb.
#118680
Bog'liq
on1-eh


Bilеt № 5

  1. BMTning elеktron hukumat rivojlanish rеytingi

  2. Elеktron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari

  3. Ananaviy usulda davlat xizmatidan foydalanishning avfzalliklari xamda kamchiliklari ma’lum. Ushbu xizmatni elеktron tarzda xizmat ko‘rsatish darajasigacha olib chiqish uchun (davlat, foydalanuvchi, siyosat) qanday ishlar bajarilishi lozim misol tanlab, qanday yangi ko‘rinishdagi avfzalliklar va kamchiliklar va muammolar yuzaga kеlishini tushuntiring.

Javoblar:

  1. Elеktron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillarini ko’rib chiqqanimizda avvalo uni rivojlanishi uchun to’siq bo’layotgan muammolarni ko’rib o’tishimiz zarur.

Elektron hukumatni tatbiq qilishdagi asosiy muammolar

O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yishdagi asosiy muammolardan biri normativ-huquqiy baza. Axborot tizimlari va resurslarini yaratish va integratsiyalash bo‘yicha yagona texnologik yondashuvning yo‘qligi ham to‘siqlardan biri hisoblanadi. Infratuzilmalar bo‘yicha elektron hukumat tizimlari infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, bu esa davlat xizmatlarini ko‘rsatish va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda zamonaviy AKT-texnologiyalari keng qo‘llanilishini ta'minlashga ta'sir ko‘rsatadi. Axborot resurslari integratsiyasining talabga javob beradigan darajada emasligi ham sezilarli muammolardandir.

Mazkur muammolarni hal qilish va ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi farmoniga muvofiq, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

1. Oʻzbekiston BMTning elektron hukumat tizimini rivojlantirish xalqaro reytingida 20 pozitsiyaga koʻtarildi

Joriy yilning 30 iyul kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan navbatdagi jahon mamlakatlari elektron hukumatlari tizimlarini rivojlantirish boʻyicha 2016 yilgi Tadqiqoti (UN E-Government Survey 2016) “Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun elektron hukumat” nomi ostida chop etildi (E-Government in Support of Sustainable Development).

Mazkur tadqiqot har ikki yilda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Departamenti tomonidan 2003 yildan buyon amalga oshiriladi va jahondagi 193 mamlakatlarda elektron hukumatlarni rivojlantirish boʻyicha eng muhim reyting hisoblanadi.

Tadqiqotning asosiy koʻrsatkichi Elektron hukumatni rivojlantirish Indeksi (E-Government Development Index, EGDI) boʻlib, mazkur koʻrsatkich elektron xizmatlarning rivojlanish darajasini, AKT infratuzilmasi va inson kapitalining rivojlanishiga umumiy baho beradi. 2016 yilgi reytingda Oʻzbekiston EGDI indeksi 0,54335ni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqori hisoblanadi. Nashr etilgan reytingga asosan Oʻzbekiston 80-oʻrinni egallab, 20 ta pozitsiyaga koʻtarildi (2014 yilda – 100-oʻrin).

“Elektron xizmatlar” subindeksi boʻyicha Oʻzbekiston jahonda 47-oʻrinni egallasa, MDH davlatlari orasida 3-oʻrinni egalladi. Taʼkidlash joizki, “informatsion xizmatlar” koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekiston maksimal 100%ni qoʻlga kiritgan hamda “toʻliq elektron xizmatlar” koʻrsatkichi boʻyicha 24%dan 52% ga, yaʼni 2014 yilga nisbatan ikki barobar yaxshiroq koʻrsatkichga erishgan.

Tadqiqotning yana bir muhim indikatori Elektron ishtirok etish Indeksi (E-Participation Index, EPI) hisoblanib, mazkur koʻrsatkich jahon mamlakatlarida fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining davlat va mahalliy boshqaruv organlari bilan oʻzaro aloqalarini yoʻlga qoʻyishda AKTdan foydalanish darajasini baholaydi. Mazkur elektron ishtirok etish Indeksi reytingida Oʻzbekiston 24 pozitsiyaga koʻtarildi (yaʼni, 2014 yilda 71 oʻrin - 2016 yilda 47 oʻrinni egallagan). 2016 yilgi tadqiqotda BMT ekspertlari Oʻzbekistonda kommunal xizmatlar (e-kommunal.uz), ochiq maʼlumotlar (data.gov.uz) hamda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi (regulation.gov.uz) portallariga alohida ijobiy baho berishgan va davlat tomonidan fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va musaffolikni taʼminlashda muhim ekanligini taʼkidlashgan.

Tadqiqotda ochiq maʼlumotlar jamiyatda adolatning qaror topishi, samarali, hisobot beruvchi va inklyuziv institutlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlangan. “Xususan,Yu Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali 2015 yilda ishga tushirilgan boʻlib, unda 500 dan ortiq maʼlumotlar toʻplami jamoatchilik eʼtibori uchun ochiq holda joylashtirilgan, shuningdek mazkur portal 25 dan ortiq giperssыlkalar orqali davlat organlari veb-saytlari bilan oʻzaro bogʻlangan”.

BMT tadqiqotida shuningdek e-kommunal.uz portali ham tilga olingan. “Mazkur sayt bir qancha kommunal xizmatlarni koʻrsatadi, jumladan maxsus tariflar kalkulyatori yordamida kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlik summalari aniqlash mumkin. Bundan tashqari, portalda diskussion forum oʻtkazish imkoniyati yaratilga boʻlib, uning yordamida fuqarolar oʻz muammolari toʻgʻrisida davlat organlariga murojaat qilishlari mumkin. Masʼul davlat organlari xodimlari mazkur savollarga javob berishlari va qabul qilingan qarorlari toʻgʻrisida fuqarolarga xabar berishlari shart. 2015 yilning 10 dekabr holatiga mazkur portal orqali 4641 murojaat yuborib, shulardan 67%i toʻliq qoniqtirilgan”.

Halqaro miqiyosda mazkur bahoning berilishi Oʻzbekistonda Hukumat tomonidan AKTga va elektron hukumat tizimini rivojlantirishga katta eʼtibor berilayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2013-2020 yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha Kompleks dasturi qabul qilindi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi va Informatsion xavfsizlikni taʼminlash Markazlari yaratildi. 2013 yilning iyul oyidan boshlab Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali (my.gov.uz) ishga tushirildi, bugungi kunda ushbu portal orqali jismoniy va yuridik shaxslarning 700 mingdan ortiq murojaatlari koʻrib chiqilgan.

Mazkur reytingning yaxshilanishida Oʻzbekiston va BMTning Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorligi ham muhim rolь oʻynadi. BMTning Taraqqiyot dasturi Oʻzbekistonda elektron hukumat tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi va axborotlashtirishni qoʻllab quvvatlash borasida asosiy hamkorlardan biri sifatida muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etdi.

Jumladan, ushbu sohani rivojlantirishga qator loyihalar: “Raqamli rivojlantirish tashabbusi” (2002-2005 y.), “Oʻzbekistonda internet texnologiyalarini rivojlantirish salohiyatini qoʻllab-quvvatlash” (2005-2006 y.), “AKT siyosatini ishlab chiqish va tadbiq etishda Oʻzbekiston hukumatiga koʻmaklashish” (2005-2010 y.) loyihalari amalga oshirildi. AKT boʻyicha alohida komponentlar BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan “Mahalliy boshqaruv orlanlarini qoʻllab-quvvatlash” (2010-2017 y.), “Oʻzbekiston Biznes-Forumi” (2011-2017 y.), “Qonunchilikni modernizatsiyalash va meʼyoriy huquqiy hujjatlarning taʼsirini baholash” (2014-2016 y.), “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi sohasida hamkorlik” (2014-2017 y.) va boshqa loyihalarda amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu sohada eng muhim yoʻnalish BMTning Taraqqiyot dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasi (2014-2017 y.) katta ahamiyatga ega boʻlib, ushbu loyiha asosan Oʻzbekiston Respublikasida 2013-2020 yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha Kompleks dasturini amalga oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish mobaynida qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda, xususan 2015 yilning dekabr oyida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisidagi” Qonuni, markaziy maʼlumotlar bazalarini yaratish, davlat elektron xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirishga va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qator hukumat qarorlarini qabul qilishda koʻmak koʻrsatilgan. Shuningdek, loyiha doirasida ochiq maʼlumotlar va davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlari boʻyicha ilk bor tashabbuslar amalga oshirilishi natijasida onlayn xizmatlarni koʻrsatish va elektron ishtirok etish koʻrsatkichlari boʻyicha Oʻzbekiston umumiy reytingining yaxshilanishiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatildi.

BMTning Taraqqiyot dasturi jahondagi ilgʻor mamlakatlarning elektron hukumat sohasidagi yetuk tajribalari va bilimlarini oʻrgangan holda Oʻzbekiston hukumatiga davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolar va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga koʻmaklashishda davom etadi.

3. Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishga topshiriq berdi



Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari va muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirishga topshiriq berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 apreldagi qarori bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishga topshiriq berdi. Hujjatda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davergeodezkadastr, «O‘zarxiv» agentligi va boshqa vazirlik hamda idoralarning faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Qarorda qayd etilishicha, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ko‘chmas mulk ob’ektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qog‘oz ko‘rinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda.

Ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan o‘tish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va to‘siqlarning mavjudligi shaffoflikning yo‘qolishiga, huquqni turlicha qo‘llash amaliyotiga va oqibatda suiiste’molchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda, deyiladi qarorda.

Prezident davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan vazirlik, mahkama va boshqa vakolatli organlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yanada unifikatsiyalash va avtomatlashtirish maqsadida axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlashni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirish va joriy etish vazifasini topshirdi.

Yagona davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat xizmatlari bo‘yicha biznes jarayonlarning reinjiniringini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi tartibotlarni va ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda mamlakat bo‘yicha 201 ta davlat xizmatlari markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yagona reyestrga jami 444 turdagi davlat xizmatlari kiritilgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisda davlat rahbari yangi xizmat turlarini joriy etishni topshirgan edi.

1 iyundan ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70−100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari bo‘yicha vaqtinchalik ma’muriy reglamentlar qabul qilinadi.

Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va Adliya vazirligining taklifiga asosan O‘zbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan tasdiqlanadi.

Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga kiritilgan davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.

2019 yilning 1 iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida ko‘rsatish natijalariga ko‘ra, mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay bo‘lgan markaziy qismida joylashgan binolarga joylashtirish topshirildi. Yangi binolar faqat byudjetdan tashqari manbalardan, ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr raqamidan foydalanish majburiy hisoblanadi.

1 iyulgacha Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi" DUKning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga bepul beriladi.

Moliya vazirligi, Markaziy bank Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etishi lozim.

2018 yil 1 dekabrga qadar talab yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan mobil ilovaning ishlab chiqiladi.



Adliya vazirligi qoshida Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etilmoqda. Uning asosiy vazifalari aholi, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, qishloq joylarida huquqiy targ‘ibot va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha innovatsiyalarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka, tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish va boshqalardan iborat.
Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling