Bob. 1920-1930 yillarda o‘zbekistonda madaniy inqilob siyosati «shaklan milliy va mazmunan sotsialistik» madaniyatni rivojlantirishlish


Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 288.08 Kb.
bet4/10
Sana26.06.2023
Hajmi288.08 Kb.
#1655149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
pdf.php id=100911

Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi ma`lumotlaridan umumiy o`rta ta`lim maktablari, akademik liseylar, o`rta maxsus kasb-hunar kollejlarida tarix fani darslarida, o`lka tarixini o`rganishda, oliygohlarning Tarix yo’nalishlari talabalari uchun “O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruza matnlari tayyorlashda, amaliy mashg’ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, to’rt bo`lim, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
  1. BOB. 1920-1930 YILLARDA O‘ZBEKISTONDA MADANIY INQILOB SIYOSATI «SHAKLAN MILLIY VA MAZMUNAN SOTSIALISTIK» MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHLISHI


    1. 1920-1930 yillarda O‘zbekistonda fan, adabiyot va san’at

O’zbekistonda «madaniy inqilob» siyosati «shaklan milliy va mazmunan sotsialistik» madaniyatni rivojlantirish qobig’iga o’rab amalga oshirildi. Albatta bu Sovetlar Rossiyasining O’rta Osiyoda yuritayotgan buyuk davlatchilik, mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatidan kelib chiqar edi. Bu o’lkada qo’nim topgan xalqlarda esa eng ulug’ va olijanob g’oyalar qadimdan qaror topgan. Bu yuksak darajada rivoj topgan vatanparvarlik, elparvarlik, mardlik, jasurlik, imon-e'tiqodlilik, milliy va diniy qadriyatlarga sodiqlik, erk, hurlik va ozodlikka tashnalik, bosqinchilar, mustamlakachilarga nisbatan cheksiz nafrat kabilardir. Sovet bosqinchilari bunga 1917-1934 yillarda Turkiston xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik uchun olib borgan kurashlarini o’z ko’zlari bilan ko’rib ishonch hosil qildilar. Shuning uchun ham mamlakatimiz halqlariga xos bo’lgan ana shu olijanob va ulug’ fazilatlarni ularning ongidan siqib chiqarmasdan turib Turkistonni o’z asoratlarida uzoq saqlab qololmasliklarini bosqinchi jallodlar yaxshi tushunar edilar. Bu vazifani amalga oshirish uchun esa tub erli musulmon aholini tarixidan, tilidan, madaniyati va asrlar osha shakllangan milliy, diniy qadriyatlaridan begonalashtirish va mahrum qilish lozim edi. «Shaklan milliy va mazmunan sotsialistik» madaniyat uchun kurash daturi xuddi ana shu mudhish vazifani bajarishga xizmat qildi. Mehnatkashlar ommasi ongiga ma'naviy ta'sir qilishning barcha vositalari: Maorif, fan, adabiyot, san'at, ommaviy axborot vositalari kabilar orqali ular ongida barcha milliyliklar siqib chiqarilib,


«sotsialistik», «baynalminalchilik» qobig’iga o’ralgan, aslida esa qullik, tobelik, itoatkorlik, ruslashtirish-assimilyatorlik mafkurasi bosqichma-bosqich sistemali tarzda singdirib borildi.
Fan. Sovetlar hukumati O’zbekistonda mustamlakachilik tartib qoidalarini
mustahkamlash, Kompartiya mafkurasini keng omma o’rtasida tarqatishda fan,
ilmiy tadqiqot yutuqlaridan ustamonlik bilan foydalandi. 1932 yilda tashkil etilgan fan qo’mitasi ana shu vazifalarga safarbar qilindi. Respublikada tashkil etilgan Gidrometereologiya instituti, fan qo’mitasi huzuridagi Geliotexnika laboratoriyasi va Toshkent astronomiya observatoriyasi huzurida quyoshni o’rganish bo’limining tashkil etilishi, irrigatsiya melioratsiya, tuproqshunoslik, agrotexnika va selektsiya, kimyogarlik, geologiya va mineralogiya va boshqa sohalarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari qanday maqsadlarni ko’zda tutganligi endilikda hech kimga sir emas.
1940 yilda SSSR FAsining O’zbekiston filiali tashkil etildi. U respublikadagi 55 ta ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi. 1940 yilda O’zbekistonda 109 ta fan doktori va 510 ta fan nomzodlari bor edilar. Barcha ilmiy tadqiqot institutlari faoliyati Moskvadan turib boshqarilardi. Moskva buyurtmasini bajarar va Moskvaga hisobot berar edi. O’zbekistonda ilmiy tadqiqot tili rus tili edi.
20-30 yillarda O’zbekistonda fan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan juda ko’p fidoyi olimlar faoliyat ko’rsatdilar. Ana shunday olimlardan biri, o’zbek tarixchilari maktabini yaratgan Po’lat Solievdir1. U O’zbekistonda, tarix fanini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi va o’z asarlarini eski o’zbek yozuvi, arab va fors tillarida yaratgan edi. Bu asarlar kutubxonalardan chiqarib tashlangan, g’oyaviy jihatdan buzuq va subutsiz asar sifatida yo’q qilib yuborilgan. Faqat yirik kutubxonalardagina ulardan ba'zi bir nusxalargina saqlanib qolgan. Po’lat Majidovich Solievning bunday asarlari jumlasiga: «Hindiston Angliya hukmi



1 Пўлaт Сoлиев 1882 йилдa Aстрaxaн губерниясининг Зaцaревский бўлисидaги Бaшмaкoвкa қишлoғидa ўзигa тўқ деҳқoн oилaсидa туғилгaн. У 3 ёшидa oнaсидaн 1919 йилдa oтaсидaн жудo бўлгaн. Пўлaт Сoлиевгнинг oтaси унинг aвлoдлaри мa'лумoтигa қaрaгaндa Буxoрo кoлoниясидaн бўлгaн. Унинг aждoдлaри aсли Тoшкент aтрoфидaн чиққaн. Шу бoис Пўлaт дoимo ўз тaриxий Вaтaнигa қaйтиш иштиёқи билaн яшaгaн. У Қoзoндaги Мaдрaсaи Муҳaммaдия вa Уфaдaги Мaдрaсaи Ғaлияни тaмoмлaгaч Туркистoнгa қaйтaди, қишлoқлaрдa, Тoшкент вa Қўқoндaги мaктaблaрдa дaрс берaди. Ўзбекистoннинг йирик дaвлaт aрбoблaридaн бири, XК Шўрoсининг рaиси Султoн Сегизбoев унинг қўлидa ўқигaн. Шaрқшунoс Лaзиз Aзиззoдa, теaтр сaн'aти aрбoби Мaннoн Уйғур ундaн тa'лим вa тaрбия oлгaн. Пўлaт Сoлиев икки мaртa Зaки Вaлидий Тўғoн билaн учрaшгaн. У Туркистoн муxтoриятини шaкллaнтиришдa фaoл қaтнaшди. «Eл бaйрoғи» рўзнoмaсидa бoш муҳaррир вa «Мaoриф» oйнoмaсидa муҳaррирлик қилди. Сaмaрқaнд, Тoшкент, Буxoрo, Фaрғoнa вa бoшқa шaҳaрлaрдaги oлий ўқув юртлaридa прoфессoр сифaтидa мa'рузaлaр ўқиди. 1935 йилдa Ўзбекистoн дaвлaт университетидa (Сaмaрқaнд) биринчи мaртa Ўртa Oсиё xaлқлaри тaриxи кaфедрaси oчилгaндa Пўлaт Сoллев унгa мудир eтиб тaйинлaнгaн эди. 1936 йилдaн у Тoшкентдa Фaн Қўмитaсидa Ўзбекистoн тaриxи секциясигa бoшчилик қилa бoшaлaгaн. Oлимнинг ҳaр бир қaдaмини «Културний» вa
«Бўвший» сингaри aйғoқчи искoвучлaр кузaтгaн. У жудa кўплaб қиммaтли тaриxий aсaрлaрнинг муaллифидир. 1937 йилдa Пўлaт Сoлиев xибсгa oлингaн вa қaтaғoн қилингaн. Ҳoзирдa унинг нoми Сaмaрқaнд вa Тoшкентдa aбaдийлaштирилгaн, унинг нoмигa кaфедрa, кўчaлaр қўйилгaн.
ostida» (1920, 1926), «Buxoro mang’itlar sulolasi davrida» (1920,1926), «O’rta Osiyo tarixi», 1 qism (1926), «O’zbekiston va Tojikiston. Iqtisodiy va jug’rofik lavha» (1926), «O’rta Osiyoda savdo kapitali davri» (1926) «O’rta Osiyoda Islomning tarqatilishi» (1928), «XV-XIX asr birinchi yarmi O’zbekiston tarixi»1 va boshqalarni kiritish mumkin.
Po’lat Solievning eng katta xizmatalridan biri-bu «O’zbekiston tarixi» asarini yaratganligi edi. Afsuski 1937 yilda u xibsga olingach bu qimmatli asar ham nom nishonsiz yo’qolib ketdi.
Xullas, 20-30 yillarda Sovetlar hukumati «buyuk saltanat»ga xizmat qiluvchi fan rivojiga izn berar edi, xolos. Boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi.

Download 288.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling