Bob. "Audit" fanining predmeti, obyektlari va metodi uslubiy tavsiyalar


Download 47.78 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi47.78 Kb.
#1742972
Bog'liq
1-мавзу амалий


1-BOB. “AUDIT” FANINING PREDMETI, OBYEKTLARI VA METODI
USLUBIY TAVSIYALAR
Mavzuning asosiy jihatlari bilan tanishish uchun “Audit” faniga tegishli darslik va o‘quv qo‘llanmalardan “Audit fanining predmeti, obyektlari va metodi” mavzusini o‘rganish zarur.
Mavzuni chuqurroq o‘rganish uchun quyidagilarni o‘rganib chiqish zarur:

  • auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi;

  • iqtisodiy nazorat va unda auditning o‘rni;

  • “Audit” fanining predmeti va obyekti;

  • “Audit” fanining metodi va uning elementlari;

  • “Audit” fanida xususiy usullarning qo‘llanilishi;

  • “Audit” fanining “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil”, “Soliqlar va soliqqa tortish” fanlari bilan o‘zaro bog‘liqligi.

Olingan bilimlarni mustahkamlash uchun nazorat savollariga javob berish kerak. Mavzuning amaliy jihatlarini amaliy mashqlar misolida ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz. O‘rganilgan materiallarni o‘zlashtirish darajasini tekshirishni test yordamida amalga oshirish mumkin.


NAZORAT SAVOLLARI



  1. Auditorlik faoliyatining predmeti deganda nimani tushunasiz?

  2. Auditda qanday tekshiruv metodlaridan foydalaniladi?

  3. Auditning metodini tashkil etuvchi usullar audit jarayonidagi maqsadga ko‘ra qanday turkumlanadi?

  4. Auditning predmeti va metodi o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  5. Auditning boshqa fanlar bilan aloqadorligi qanday?

  6. Tekshiruvda isbot va dalillar olishning necha xil usullarini bilasiz, ularni sanang.

  7. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari nimalar?

  8. Audit moliyaviy nazoratning boshqa shakllaridan qanday farq qiladi?

  9. Auditning obyekti nima, subyektlari kimlar?

  10. Qanday audit majburiy audit hisoblanadi?

  11. Qanday audit tashabbusli audit hisoblanadi?

  12. Ichki audit nima?

  13. Tashqi audit nima?



AMALIY MASHQLAR
1.1-mashq. Mavzuga tegishli atamalar bilan tanishish
Quyidagi atamalarga izoh bering: auditning obyekti va subyekti, auditning predmeti, auditorlik tekshiruvining usullari, xo‘jalik faoliyatining tahlili, inventarizatsiya, hujjatli tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so‘rovnoma o‘tkazish, kalkulyatsiya, baholash, taqqoslash, skanerlash, tanlash, xo‘jalik shartnomalari.


1.4-mashq. Audit metodi usullarining audit jarayonidagi maqsadga ko‘ra turkumlanishi.




Topshiriq: Ushbu chizmaga audit metodi usullarini audit jarayonidagi maqsadiga ko‘ra turkumlang.

1.5-mashq. Audit fanining predmeti va metodi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.


Topshiriq: Ushbu chizmagan audit fanining predmeti va metodi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiring.


1.8- mashq. Majburiy auditorlik tekshiruvi bo‘yicha shartnoma obyektini aniqlash
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tadigan aksiyadorlik jamiyati auditorlik tashkilotiga ushbu yilda o‘tkaziladigan tekshiruvning obyekti qilib, ular uchun yangi soha bo‘lgan eksport-import operasiyalarini olishni taklif qildi.
Topshiriq: Majburiy auditorlik tekshiruvi bo‘yicha shartnoma obyekti bo‘lib faqatgina eksport-import operasiyalari bo‘lishi mumkinmi?


1.9- mashq. Auditorlik tekshiruvida qo‘llaniladigan auditorlik usullari
Majburiy auditorlik tekshiruvi vaqtida, 2022-yil mart oyida asosiy vositalar inventarizatsiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mart oyida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasi bilan 20022-yil 1-yanvar holatiga bo‘lgan asosiy vositalar mavjudligi haqida xulosa berib bo‘ladimi?
Topshiriq: Ushbu holatda auditor yana qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling