O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI OLIY VA O’RTA TА’LIM VАZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
Sirtqi bo’lim
Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi
QAYUMOV OLIMJONning
_____________________________fanidan
Bajardi: Qayumov O.
Ilmiy rahbar: yuridik fanlari doktor
Z.Reymova
2021
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI
REJA:
KIRISH
I – bob. Ijtimoiy xavfli qilmish
1.1. Ijtimoiy xavfli oqibat tushunchasi
1.2. Bevosita obyekt
II – bob. Jinoyatning obyektiv tomoni
2.1. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi
2.2. Ijtimoiy xavfli qilmish
2.3. ijtimoiy xavfli oqibat
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Jinoyatning obyekti jinoyat tarkibining elemenentlaridan biridir. Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu obyektni tajovuz qilish bilan sodir etiladi. Shuning uchun jinoyat obyektini to‘g‘ri aniqlash jinoyatning huquqiy mohiyatini aniqlash, eng asosiysi, jinoyat obyektiga yetkazilgan zararga qarab, qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradi.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 2-moddasida:“Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlashdan iboratdir”, -deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |