Jinoyatning obyekti


Download 122.5 Kb.
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Qilmish – bu insonning ongli xulq-atvoridir. Shuning uchun jinoyat huquqiy ma’noda qilmish deyilganda ongli, shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan tana harakati tushuniladi.

Har qanday jinoyat o‘zining obyektiv belgilariga ko‘ra ijtimoiy xavfli harakat yoki passiv xulq(harakatsizlik) yo‘li bilan sodir etiladi.

Ijtimoiy qilmishning keng tarqalgan turi bu harakatdir. Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarning uchdan ikki qismiga yaqini harakat orqali sodir etiladi. Har bir harakat negizida inson tomonidan ma’lum maqsadlar sari, ongli yo‘naltirilgan tana harakati yotadi. Jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat bilan tana harakati o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Lekin ular bir xil emas. Instinktiv, reflektor va impulsiv tana harakatlari ong bilan boshqarilmaganligi va inson erki bilan yo’naltirilmaganligi uchun, jinoyat huquqiy ma’nodagi harakatni keltirib chiqarmaydi. O‘z navbatida jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat birgina ongli va irodaviy tana harakati bilan cheklanmaydi, balki u o‘zida tana harakatlarining o‘zaro bog‘liq tizimini o‘zida aks ettiradi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligini vujudga keltiradi.


Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling