Jinoyatning obyekti


Download 122.5 Kb.
bet4/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Harakat shaxsning xulq-atvori, uning ongli ravishda sodir etiladigan xatti-harakati bo‘lib, imo-ishora, til, qo‘l va oyoq bilangina emas, balki boshqa narsalar vositasi bilan ham qilinishi mumkin. Masalan, odam o‘ldirish yoki badanga shikast yetkazish uchun avtomashinadan foydalanish, itga qoptirish va hokazolar.

Jinoiy harakatning obyektiv chegarasi to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiy ham bo‘lgan harakat irodaviy va ongli tana harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi. Bunday harakatlar sirasiga nafaqat himoya qilinadigan obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan va Maxsus qism moddalarida tamom bo‘lgan jinoyatlar sifatida aks ettirilgan harakatlar, balki, jinoyat sodir etishga yetarli sharoit yaratib beruvchi harakatlar ham kiradi: tayyorgarlik harakatlari, tashkilotchilar, dalolatchilarning harakatlari. Harakatning oxiri deganda uning tugashi(bunga aybdorning erkiga bog‘liq bo‘lmagan harakatlar ham kiradi) yoki zararli oqibatlarning kelib chiqishi yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiylik xususiyatini yo‘qotishi tushuniladi.

Jinoyat-huquqiy harakatlar tashqi tomondan inson, hayvon yoki moddiy predmetga jismoniy ta’sir qilish shaklida ifodalanishi mumkin. Jinoyat kodeksidagi 90% jinoyatlar shunday shaklda sodir etiladi.

Jinoyat huquqiy harakat muayyan so‘z yoki iboralarni yozish yoki aytishda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, tuhmat, haqorat. Ba’zida boshqa odamlar ham ijtimoiy xavfli harakat vositasi bo‘lishi mumkin. Masalan, aqlidan noraso yoki kichik yoshdagi bolalar o‘t qo‘yishga yoki odam o‘ldirishga dalolat qilinganida, dalolatchi o‘sha jinoyatni bevosita sodir qilishda ayblanadi. Aqli noraso yoki sub’yekt yoshida bo‘lmagan shaxslar esa o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini tushunmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.




Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling