Jinoyatning obyekti


Jinoyat sodir etish vaziyatlari


Download 122.5 Kb.
bet15/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Jinoyat sodir etish vaziyatlari muayyan jinoyat sodir etilayotganda mavjud bo‘lgan va jinoyat sodir etgan shaxsning javobgarligi masalasini hal etishga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning yig’indisidir. Masalan, zaruriy mudofaa sharoitida jinoyat sodir etish, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish, buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik holatlari jinoiy javobgarlikni istisno qiladi yoki jinoyatchiga nisbatan tayinlanadigan jazoni yengillashtirish uchun asos bo‘ladi.

Jinoyatni sodir etilgan vaziyat ayrim hollarda, masalan, buyruqni bajarmaslik, jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa(280-modda 2-qismi); boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish jangovar vaziyatda sodir etilsa(280-modda 3-qismi) javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi.

 

XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi.

Ammo har qanday ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyekt bo‘la bermaydi, ba’zi ijtimoiy munosabatlar boshqa huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadi. Masalan, qarz beruvchi bilan qarzdor o‘rtasida da’volar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.

Jinoyat obyektini aniqlash orqali aybdor qanday jinoyat (o‘g‘rilik, nomusga tegish, haqorat qilish va hokazolar)ni sodir etganligini aniqlashimiz mumkin.

Jinoyat obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy elementidir. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanmaydigan obyektga qarshi qaratilgan harakat jinoyat hisoblanmaydi.


Adabiyotlar:

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2003.

2.I.A.Karimov «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T .96.

3.I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir».

T .96.

4.A.Fozilov «Hayot va qonun». 2000 yil 11-12-son «O’zbekiston- suveren demokratik respublika».

5.R.Qayumov « O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi» T. «Adolat» 1996.

6.H.Boboyev, K.Normatov «Milliy davlatchilik haqida» T.99.

7.Sh.Urazayev «Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi» T.95.

8. www.ziyonet.uz

9. www.nur.uz




Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling