Jinoyatning obyekti


Jinoyat sodir etish vositalari


Download 122.5 Kb.
bet12/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Jinoyat sodir etish vositalari aybdorning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida jinoyat obyektiga ta’sir etish uchun foydalangan predmet yoki qurollar, elektr toki, radiatsiya, ultratovush vositalari bo‘lishi mumkin. Jinoyat sodir etish qurollari deyilganda, aybdor jinoyatni sodir etish oldidan tayyorlangan va foydalangan har qanday predmet, masalan, sovuq qurollar, transport vositalari, asbob-uskunalar va hokazolar bo‘lishi mumkin.

Ko‘pchilik hollarda aybdorlar qurol va vositalardan jinoyat izini yashirish va jinoyatning sodir etilishini osonlashtirish uchun foydalanadilar.

Jinoyat sodir etish quroli va vositasi bir sharoitda jinoyatni sodir etishni osonlashtirsa, boshqa bir sharoitda ularni qo‘llamasdan jinoyatni sodir etish mumkin emas. Vosita va qurolning jinoyat-huquqiy ahamiyati quyidagilardan iborat:

A)ular jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga ta’sir qiladi;

B)ulardan foydalanish jazo tayinlash vaqtida javobgarlikni og‘irlashtirishi yoki yengillashtirishi mumkin.

Vosita va qurol jinoyat sodir etish usuli bilan uzviy bog‘liqdir, ayrim hollarda uning tarkibini belgilaydi.

Ayrim hollarda, jinoyat tarkibining obyektiv tomoni zaruriy belgilari qatoriga vosita va qurolning kiritilishi nafaqat Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari dispozitsiyalarini shakllantirishda, balki, Umumiy qism moddalari qoidalaridan ham kelib chiqadi. Vosita va qurol jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni yashirish va hokazolar uchun jinoiy javobgarlikni aniqlashda inobatga olinadi;.

Jinoyat vositalari va qurollari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan yoxud portlatish qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish va hokazolar.

Bezorilik, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘iga shikast yetkazish mumkin bo‘lgan narsalarni namoyish qilish orqali sodir etilib, sog‘liqqa obyektiv xavf solganda, Jinoyat kodeksi 277-moddasining 2-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya etiladi. Bezorilik o‘q otish qurolini namoyish qilib, ularni qo‘llab yoki qo‘llash bilan qo‘rqitish orqali sodir etilsa, 277-moddaning 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Jinoyat sodir etish qurollari va vositalarini to‘g‘ri aniqlash nafaqat qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda, balki maxsus ushbu qurol va vositalarni musodara qilish masalasini hal etishda ham muhim ahamiyatga ega.




Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling