Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha


Download 226.78 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi226.78 Kb.
#1122752
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yanvar


TASDIQLAYMAN
Qarshi temir yо‘l ta’mirlash
korxonasi bosh muhandisi
___________Xudoynazarov A.X.


Bо‘linma ishchi - xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha
2023 yil davomida о‘tkaziladigan texnik mashg‘ulot


K O N S P YE K T I


YANVAR


1-mavzu: “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida sodir bо‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni videoroliklar orqali kо‘rsatib tahlil qilish.
«О‘zbekiston temir yо‘llari» AJ ning korxona, tashkilot va muassasalarida 2022 yil 15-dekabr kuniga qadar 31 ta holat sodir bо‘lgan bо‘lib, shulardan 6 ta holat oqibati о‘lim, 18 ta holat oqibati og‘ir, 4 ta holat oqibati о‘rta og‘ir, 3 ta holat oqibati og‘ir bо‘lmagan baxtsiz hodisalar sodir bо‘lgan.
2-mavzu: О‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”ning yangi taxriridagi mehnat muhofazasiga tegishli bо‘lgan bо‘limi taxlili.(20-bob,351,355,359,360,362-moddalari)
О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiNING
20-bob. Mehnatni muhofaza qilish
351-modda. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi
Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va vositalari tizimidir.
355-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga mos ish joyiga ega bо‘lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari tо‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklariga va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi, shu tufayli о‘ziga berilishi lozim bо‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishning belgilangan normalariga va talablariga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtalanish;
mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘zilganligi oqibatida о‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yo‘zaga kelgan taqdirda bunday xavf bartaraf etilguniga qadar ishlarni bajarishni rad etish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan о‘z ish joyidagi mehnat sharoitlarini va mehnatni muhofaza qilishni tekshiruvdan о‘tkazishni sо‘rash;
ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bо‘yicha о‘qish;
qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar olish;
о‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bо‘lganligi, kasb kasalligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning о‘rni ish beruvchi tomonidan qoplanishi;
о‘z ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni kо‘rib chiqishda, о‘zi bilan ishlab chiqarishda yo‘z bergan baxtsiz hodisani yoki о‘zining kasb kasalligini tekshirishda shaxsan ishtirok etish yoki о‘z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq tibbiy kо‘rikdan о‘tish vaqtida о‘z ish joyi (lavozimi) va о‘rtacha ish haqi saqlanib qolingan holda mazkur tibbiy kо‘rikdan navbatdan tashqari о‘tish;
mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘zilganligi sababli ish joyi tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan о‘qish va qayta tayyorgarlikdan о‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin.
Xodim:
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etishi;
shaxsiy himoya vositalarini tо‘g‘ri qо‘llashi;
mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqdan о‘tishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bо‘yicha о‘qishi hamda malaka oshirishi;
majburiy tibbiy kо‘riklardan о‘tishi;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid solayotgan har qanday vaziyat tо‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki unga bog‘liq holda ishlab chiqarishda yo‘z bergan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin.

Download 226.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling