Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha


Download 226.78 Kb.
bet7/7
Sana25.01.2023
Hajmi226.78 Kb.
#1122752
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yanvar

5-mavzu: Qonni tо‘xtatuvchi jgut qо‘yish tartibi va sinishda birinchi yordam kо‘rsatish(О‘quv qо‘llanmadan 278-280 bet)
Qonni tо‘xtatuvchi jgut qо‘yish texnikasi:

1. Jgutni kiyim yoki yumshoq taglik ustidan, yaradan sal tepa joyga qо‘ying.




2. Jgutni qо‘ying va tomir urishini tekshiring.


Qon ketishi tо‘xtab, jgut pastidagi teri biroz oqarishi kerak.



3. Yaraga bog‘lam qо‘ying.


4. Jgut qо‘yilgan aniq vaqtni yozib qо‘ying.

Jgutni kо‘pi bilan 1 soat qо‘yish, keyin jgutni 10-15 daqiqa bо‘shatish lozim. Zarur hollarda uni yana 20 daqiqacha qо‘yish mumkin.


Sinishlar
Sinish – bu suyak butunligining buzilishi. Sinish qattiq og‘riq, ba’zan hushdan ketish yoki shok, qon ketishi bilan birga keladi. Ochiq va yopiq sinishlar mavjud. Birinchisi tо‘qimalarning yengil shikastlanishi bilan kechadi. Yaradan suyakning bо‘linganini sezish mumkin.
Sinishda birinchi yordam kо‘rsatish:

1. Jabrlanuvchining holatiga baho bering va sinish joyini aniqlang.
2. Qon ketishi ko‘zatilsa, uni tо‘xtating.
3. Mutaxassislar kelgunicha jabrlanuvchini qо‘zg‘ash mumkinmi yо‘qmi aniqlab oling.
Agar umurtqa pog‘onasi shikastlangan bо‘lsa, jabrlanuvchini holatini о‘zgartirmang!
4. Singan joyni qimirlatmaslikka harakat qiling. Buning uchun singan joydan tepadagi va pastdagi bо‘g‘imlarni harakatsizlantirish lozim.

5. Shina qо‘ying. Shina sifatida tekis tayoq, yog‘och, chizg‘ichlarni qо‘llash mumkin.




Shina mahkam qilib bint yoki plaster bilan bog‘lanadi.


Ichki sinishda immobilizatsiya kiyim ustidan amalga oshiriladi. Ochiq sinishda shinani suyak sinib chiqqan joyga qо‘yish mumkin emas.
Download 226.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling