Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha


Elektr uskunalar bilan ishlaganda


Download 226.78 Kb.
bet5/7
Sana25.01.2023
Hajmi226.78 Kb.
#1122752
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yanvar

Elektr uskunalar bilan ishlaganda:




Dielektrik qo‘lqop

Navbatchi

Toshqinga qarshi kurash ishlarini amalga
oshirish va yo‘losti drenaj, tirqish, galeriya, yer osti yo‘li (donaolen), ochiq nov (lotok) larni tozalash xamda to‘z ortish punktida yo‘lni ta’mirlashda qo‘shimcha ravishda:




rezinali etik -

Navbatchi

Qishda qo‘shimcha ravishda:




Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka -

24 oy;

Issiq saqlaydigan yufta etik -

24 oy;







1.16. Qo‘lning ifloslanishi, yuvilishi qiyin bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar, moylar, surtmalar, neft mahsulotlari, yo‘l sozlovchining g‘ashini keltiradigan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq ishlarda belgilangan tartibda sovun berilishi kerak.
1.17. Shaxsiy himoya vositalarini, masalan, respirator, gazga qarshi niqob (protivogaz) va boshqalarni yo‘l sozlovchi olish paytida ushbu vositalardan foydalanish qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ularning sozligini tekshirishning eng oddiy usullarini bilishi hamda ulardan foydalanish bo‘yicha amaliyotdan o‘tishi kerak.
1.18. Shaxsiy kiyim va maxsus kiyim-kechaklarni alohida kiyim shkaflarida saqlash kerak. Maxsus kiyim-kechaklarni korxona (ish joyi) hududidan tashqarida kiyib yurishi taqiqlanadi.
Yoz mavsumida qishki kiyimlarni uylarida saqlashlari kerak.
1.19. Yo‘l sozlovchi maxsus kiyim-kechaklarni yaroqliligini ko‘zatib turishi, o‘z vaqtida yuvishi va ta’mirlashi hamda shaxsiy kiyimlarni va maxsus kiyim-kechaklarni toza va tartibli saqlashi kerak.
1.20. Yo‘l sozlovchi quyidagi yong‘in xavfsizligi talablarini bajarishi kerak:
- chekishni faqat belgilangan va moslashtirilgan joylarda amalga oshirishi;
- ochiq olov bilan harakat tarkibiga, yo‘l mashinalariga, tez alangalanadigan materiallarga yoki tez alangalanadigan suyuqliklar idishlariga yaqinlashmasligi;
- belgilanmagan joylarda elektr isitgichlardan foydalanmasligi.
1.21. Ovqatlanishni oshxonalarda yoki tegishli jihozlarga ega bo‘lgan maxsus ajratilgan ovqatlanish xonalarida amalga oshirish kerak. Peregonda va boshqa holatlarda korxonadan ancha olisda ishlarni bajarayotganda, ovqatlanishni ovqatlanish uchun moslashtirilgan joylarda amalga oshirish kerak.
Ovqatlanishdan oldin qo‘lni suv va sovun bilan yoki belgilangan tartibda ishlatishga ruxsat berilgan tozalash pastalari bilan yaxshilab yuvish kerak.
1.22. Yo‘l sozlovchi jarohat olganda yoki kasal bo‘lganida ishlashni to‘xtatishi, yo‘l ustasi yoki yo‘l brigadirini xabardor qilishi va tibbiy punktga yoki eng yaqin tibbiy muassasaga yordam so‘rab murojaat qilishi kerak.
Boshqa ishchi jarohat olgan taqdirda, yo‘l sozlovchi ishni to‘xtatishi, jarohat olganga birinchi yordam choralarini ko‘rishi va baxtsiz hodisa to‘g‘risida darhol ish rahbariga yoki yuqori turuvchi rahbarga xabar qilishi kerak.
1.23. Ushbu Yo‘riqnomaning talablarini bajarmagan yo‘l sozlovchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Download 226.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling