Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha
-modda. Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Download 226.78 Kb.
|
yanvar
359-modda. Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: xodimlardan mehnatni muhofaza qilish va ishlarni bexatar olib borishga doir normalarga, qoidalarga hamda yо‘riqnomalarga rioya etilishini talab qilish; alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatini tekshirish uchun xodimlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish; xodimlarning ishlab chiqarishda olgan jarohatlarining og‘ir-yengilligi, ularda jarohatlanishga olib kelishi mumkin bо‘lgan kasalliklar bor-yо‘qligi, shuningdek alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida bо‘lgan-bо‘lmaganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar olish; mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bо‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga yoki bevosita sudga shikoyat qilish; mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etganlik uchun xodimlarni mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish choralarini kо‘rish; mehnatni muhofaza qilish talablarini bo‘zganlikda aybdor bо‘lgan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin. Ish beruvchi: har bir ish joyidagi mehnat sharoitlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini ta’minlashi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini yaratishi va uning ishlashini ta’minlashi; binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanishda, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, shuningdek xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishda qо‘llashda, ishlarni bajarish va xizmatlar kо‘rsatishda xodimlarning xavfsizligini ta’minlashi; ish joylaridagi mehnat sharoitlarining holati ustidan, ayniqsa zararli ishlab chiqarish omillari va xavfli ishlab chiqarish omillari ustidan nazoratni amalga oshirishi; xodimlarni mehnat sharoitlari, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan ish joylaridagi hamda ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilish holati, shuningdek shu munosabat bilan ularga berilishi lozim bо‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari tо‘g‘risida о‘z vaqtida xabardor qilishi; mehnatni muhofaza qilish xizmatini va yо‘l harakati xavfsizligi xizmatini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishi; belgilangan normalarga kо‘ra xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shо‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, shuningdek jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlashi; qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq xodimlarga sanitariya-maishiy va tibbiy xizmat kо‘rsatilishini ta’minlashi; xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqdan о‘tishini, о‘qitishni, qayta tayyorlashni, malakasini oshirishni va mehnatni muhofaza qilish masalalari bо‘yicha bilimlarini tekshirishni ta’minlashi; mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha о‘quvdan, yо‘l-yо‘riqdan о‘tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qо‘ymasligi; zararli, xavfli va boshqa mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadigan, imtiyozli sharoitlarda pensiyaga chiqish huquqi beriladigan, nogironligi bо‘lgan shaxslar band bо‘lgan ish joylarini qonunchilikda belgilangan tartibda ulardagi mehnat sharoitlari bо‘yicha attestatsiyadan о‘tkazishi; dastlabki (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishni tashkil etishi; mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan nazorat qilish, tekshirish va monitoring qilish, ishlab chiqarishda yo‘z bergan baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarini tekshirish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar va materiallarni taqdim etishi; avariya holatlarining oldini olish, bunday holatlar yo‘z berganda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan jabrlanganlarga birinchi yordam kо‘rsatish choralarini kо‘rishi; mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning kо‘rsatmalarini о‘z vaqtida bajarishi hamda kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlarining taqdimnomalarini о‘z vaqtida kо‘rib chiqishi; xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni ta’minlashi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari tekshiruvini amalga oshirishi, shuningdek ularning hisobini yuritishi shart. Ish beruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin. Download 226.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling