Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha
-mavzu: Yuk kо‘tarish kranlarida xavfsiz ishlash talablari. Umumiy nizomlar
Download 226.78 Kb.
|
yanvar
4-mavzu: Yuk kо‘tarish kranlarida xavfsiz ishlash talablari.
Umumiy nizomlar 1.Ushbu qoidalar yuk kо‘tarish kranlarini loyixalash, tayyorlash, rekonstiruksiya qilish, tamirlash, montaj qilish va eksplutatsiya qilishga, ularning uzellari va mexanizmlari, xavfsizlik qurilmalari, shuningdek yuk ilish organlari, yuk ushlash moslamalari, taralar va kran osti yо‘llarida bо‘lgan talablarni о‘rnatadi. 2.Yuk kо‘tarish kranlarini loyihalash, tayyorlash, rekonstruksiya qilish, montaj qilish, tamirlashtexnik jihatdan qayta jihozlash va ekspluatsiya qilishga, ularni uzellari va mexanzlari, xavfsizlik asboblari, shuningdek yuk ilish organlari, yuk ushlash moslamalari, taralar va kran osti yо‘llari sanoat xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 3.Ushbu qoidalar quyidagilarga taalluqli: a)barcha turdagi yuk kutarish kranlariga,mashina yuritgichli kо‘priksimon shtabel (yuk taxlovchi) kranlarga va kran manipulyatorlarga; b) er usti rels yо‘llarida harakatlanuvchi, boshqarish kabenasiga ega yuk kо‘tarish elektr aravachalarga; v) elektrmagnit yoki pо‘lat arqonga ilingan faqat ilgak bilan ishlashga mо‘ljallangan ekskovator-kranlarga; g) elektr tallarga; d) smenali yuk ilish (ilgak, gryoyfer, yuk kо‘taruvchi elektrmagnit va boshqalar) organlariga; e) yechib qо‘yiladigan yuk ushlash va ilish (strop,zaxvat,travesalar va boshqalar) moslamalariga; j) metallurgiya ishlab chiqarishda ishlatiladigan maxsus taralar (chо‘mich, mо‘lda, metall qoliplar) dan tashqari,yuk kо‘taruvchi taralarga, shuningdek talablar, qoida va miyorlar bilan о‘rnatiladigan dengiz va daryo portlarida. 4.Ushbu qoidalar quyidagilarga taalluqli emas: a) maxsus qoidalar tegishli bо‘lgan shaxta, dengiz va daryo portlari kemalari va boshqa suzuvchi moslamalarga о‘rnatilgan yuk kо‘tarish kranlari; b) yer о‘yish uskunasi yoki gryoyfer bilan ishlashga mо‘ljallangan ekskovotorlar; v) faqat ayvonli qurilmalar (titrovchi chо‘ktirgichli, shpuntni sug‘urib oluvchi, kajavali, burg‘ulash moslamali va boshqalar) bilan ishlashga mо‘ljallangan kranlar; g) maxsus belgilangan yuk kо‘tarish kranlari (masalan, uyum tozalovchi kranlar, kо‘mish va о‘tkazuvchi kranlar, quvur yotqizgichlar, elektr va avto yuk ortuvchi kranlar, taxlovchi kranlar, yо‘l va kо‘prik о‘rnatuvchi kranlar va boshqalar); d) montaj polispastlari va ular iladigan konstruksiyalar (machta, shevra, tо‘sinlar va boshqalar); e) harbiy idoralarning maxsus yuk kо‘tarish kranlari; j) qо‘l tali. 5. Ushbu qoidalarda qо‘llanadigan asosiy termin va tavsiflar 1-ilovada keltirilgan. 6. Ushbu qoidalarni tasdiqlagan organ qonunchilikda belgilangan tartibda о‘zgartirish va unga qо‘shimcha kiritish mumkin. Download 226.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling