Mavzu: Montaj kranlari va mexanizmlari
Download 40.92 Kb.
|
kranlar
Mavzu: Montaj kranlari va mexanizmlari Reja: 1. Statsionar montaj mashinalari 2. Minorali kranlarning ustunliklari Texnologik nuqtay-nazardan montaj mashinalari ularning mobilligi va ular xizmat ko‘rsatadigan montaj zonasi bo‘yicha inflashtiriladi (klassifikatsiyalanadi). Bunday belgilari bo‘yicha montaj kranlari va mexanizmlarini bir necha asosiy guruhlarga bo‘lish (ajratish) mumkin. Statsionar montaj mashinalari harakatlanish radiusini qat’iy belgilangan holatda montaj qilishishlarini bajarishga kiritiladigan mashinalardir. Yangi to‘rish joyiga ko‘chirishda mexanizm to‘liq yoki qisman demontaj qilinadi. Bunday statsionar mexanizmlarga montad qulochlari, machitalar, shevrlar, machitali qulochli kranlar, lentali va trosli ko‘targichlar, qo‘yiladigan kranlar va boshqalar kiradi. Mobilligi chegaralangan mashinalar. Mobilligi chegaralangan mashinalar shunday zonada montaj ishlarini olib borish imkoniyatiga egaki, bu zonaning eni ushbu mashinalar harakatlanish radiusi orqali va uning uzunligi esa ularning harakatlanish (ko‘chish) yo‘lining uzunligi bilan aniqlanadi. Bunday guruhdagi montaj kranlari montaj zonasi chegarasida bir to‘rish joyidan ikkinchi turish joyigacha ishlash vaqtida tanafussiz ko‘chishi mumkin. Montaj zonasi yoki ob’ekti o‘zgargan vaqtida kran osti yo‘lini yangi joyga ko‘chirish, mexanizmni qayta joylashtirish yoki uni demontaj qilish va ularning yangi ob’ektiga o‘rnatish lozim bo‘ladi. Mobilligi chegaralangan montaj kranlariga minorali kranlar, portalli, to‘rt “oyoqli” kranlar, temir yo‘lda yuruvchi kranlar, kabelli kranlar, ko‘chadigan bikr- oyoqli qulochli kranlar kiradi. Mobilli montaj mashinalari amalda chegaralanmagan ish zonasiga ega bo‘lib, ular bir turish joyidan boshqa turish joyiga, bir ob’ektdan boshqa ob’ektga engil ko‘cha oladi va tezda (zudlik bilan) transport holatidan ishchi holatiga o‘tadi. Bunday mashinalarga gusensiali va pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar qulochli kranlar, avtomobil va traktor kranlar, avtomobil tipli maxsus shassili kranlar, vertolyotlar kiradi. Maxsus montaj mashinalarispetsifik guruhni tashkil etadi. Bunday mashinalar har xilda turda chiqariladigan mashinalarni yoki mavjud bo‘lgan mashinalarning takomillashtirilgan variantlarini uzida nomayon etadi. Ularga o‘zi siljidigan va 128 minoralar va quvurlar montaji uchun qo‘yma (o‘rnatiladigan), gidravlik ko‘targichlar, gradirenlarni montaj qiladigan kranlar tegishlidir. Montaj mashinalari va mexanizmlari asosiy ish parametrlari (yuk ko‘taruvchanligi, ilgakning ko‘tarilish balandligi, qulochning chiqish uzunligi) dan tashqari konstruksiyaning bir tekisda o‘tirilishini ta’minlangan holda yukni to‘shirishni etarli kam tezlik bilan (0,2 m\m) tushirish qobiliyatiga ega bo‘lishligi taqoza etiladi. Gusensali va pnevmo g‘ildirakli o‘zi yurar qulochli kranlar sanoat qurilishida, chunki ular katta manevrchanlikka ega. Bunday kranlarga qulochli yoki minora- qulochli jihozlar moslamalar o‘rnatiladi (5.6-rasm). Qulochli moslamalar ich-ichidan chiqariluvchan, ich-ichidan chiqarilmaydigan va teleskopik bo‘lishi mumkin. Ich- ichidan chiqarilmaydigan moslamali qulochlar seksiyalari bilan panjarali ko‘rinishda tayyorlanadi, bu seksiyalar bir-biri bilan bikr maxkamlanadi. Ich-ichidan chiqariladigan moslamali quloch o‘zining uzunligini o‘zgartirish uchun yuksiz ishchi holatda bir nechta chiqariladigan seksiyalardan iborat bo‘lgan holatda ishlab chiqariladi. Teleskopik variantda esa qulochlar yuklangan ishchi holatda ham bir nechta seksiyalarning bir-biri ichidan chiqarilishi evaziga o‘zgartiriladi. 5.6 -rasm O‘zi yurar kranlarga urnatiladigan qulochli jihozlar (moslamalar) A-v- seksiyalari bikr maxkamlangan panjarali qulochlar; g-teleskopik quloch; d-kmov (tirgakli quloch); e,j-boshqariladigan va boshqarilmaydigan guseklar; panshaxali quloch. Hamma qulochli jihozlar (moslamalar) ikkinchi ilgakni ishga tushiradigan guskalar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Minorali-qulochli jihoz kran qurilish maydoniga o‘rnatilgandan keyin unga montaj qilinadi. Kranlarga ancha uzunlikdagi qulochlar, guskalar o‘rnatilishi mumkin, ular O‘zi yurar qulochli kranlardan eng mobillisi-bu avtomobil va pnevmog‘ildirakli kranlar bo‘lib, ular 35 km\soat -70 km\soat tezlikda harakatlanadi. Biroq avtomobil va pnevmog‘ildirakli kran asosan chiqariladigan tayanchlardan l 129 foydalanilgan holatda ishlaydi, bu esa ularning qullanish doirasini sezilarli ravishda pasaytiradi. SHuning uchun bu kranlar ancha kichik (kam) massali yukni kutargan holda harakatlanadi. Bundan tashqari chiqariladigan tayanchlarni o‘rnatish vaqt yuqotishi va kranlarning manevrchanligining kamayishi bilan bog‘liqdir. Gusensali kranlar Yaxshi utuvchanlik va manevrlanishga ega bo‘lib, ular yuk osilgan turli uzunlikda chiqib to‘ruvchi qulochlar bilan harakatlana oladi. Shuning uchun og‘ir konstruksiyalarni montaj qilishda gusensali kranlardan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiqdir. Gusensali qulochli kranlar. Yurish qurilmasining tipi bo‘yicha bunday kranlar gusenitsasining Yuzasi normal va gusenitsaning Yuzasi kengaytirilgan kranlarga bo‘linadi. Ular yuradigan joylarni kran ishlashi uchun tayyorlash talab etilmaydi, chunki bunday kranlar boshqa o‘zi yurar qulochli kranlarga qaraganda gruntga eng kam bosim beradi. Bunday kranlar manevrli, bitta gusenitsasi tormozlanganda bitta joda aylanishi mumkin. Gusensali kranlarni ularni maxsus avtomobil yoki temir yo‘l platformalarida ob’ektdan ob’ektga tashib o‘tkaziladi. Gusensiali kranlar katta manevrchanlik va ustivorlikka ega, ular 16...250 tonna yukni bemalol ko‘taradi, quloch uzunligi 6,5 dan 40 m gacha bo‘ladi. Pnevmog‘ildirakli qulochli kranlar. Kranlarning bunday tipi ko‘proq urtacha ish hajmiga ega bo‘lgan ob’ektlar qurilishda va bir-biridan uzoqda joylashmagan ob’ektlarga xizmat qilishda qo‘llanadi, bu ularning katta bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi bilan izohlanadi. Ushbu kranlarning asosiy quloch jihozi bikr panjarali qulochlar hisoblanadi. Bunday kranlar massasi 16 tonnadan 100 tonnagacha bo‘lgan yuklarni kutara oladi, 25 m ga uzunlikdagi quloch bilan jihozlanish imkoniyatiga ega, ustivorligi Yaxshi va kam maksimal ko‘tarish massali ilgakiga osilgan yukni ko‘targan holda gorizantad maydon bo‘ylab bemalol harakatlanishi mumkin. Kran uchun belgilangan maksimal yuklarni ko‘tarish va montaj qilish uchun uchun u oldindan chiqarib tiraltiradigan tayanchlar-autigerlarga tayangan bo‘lishi lozim, autilerlar tayanish zonasini va kranning ustivorligini oshiradi.Pnevmog‘ildirakli kranlarning qulochlari uzaytirilgan qulochlar va guskali uzaytirilgan qulochlar bilan almashtirilishi mumkin. Minora-qulochli jihoz boshqariladigan guska yoki manevrli quloch ko‘rinishida bajarilishi mumkin. Pnevmog‘ildirakli kranlar avtomobil tipidagi va maxsus shassilarga ega bo‘lishi mukmin. Shassi ikkitadan beshtagacha o‘qlarga ega bo‘lib, ulardan ikkitasi etaklovchi bo‘ladi; o‘qlar soni kranning yuk ko‘taruvchanligiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Teleskopik qulochli kranlarda qulochning chiqariladigan seksiyalari ilgakka osilgan yuk bilan birga chiqarilishi ham mumkin. Mobilligi, o‘zi yurish va shashtaka olish imkoniyatiga ega ekanligi tufayli pnevmog‘ildirakli kranlar o‘zining keng qo‘llanish doirasini topdi. Qulochli avtomobil kranlar. Bunday kranlar yordamchi va yuklash-to‘shirish ishlarini bajarishda, tarqoq joylashgan baland bo‘lmagan, kichik massali elementlardan tashkil topadigan ob’ektlarni montaj qilishda qo‘llanadi. Avtomobil kranlarning kamchiligi-bu ularning ikkita kabinaga ega bo‘lishi bilan izohlanadi, ulardan biri kranning yurishida uni boshqarish bo‘lsa, ikkinchisi esa montaj 130
ekanligi konstruksiyalarni ko‘tarish vaqtida kranni chiqariladigan tayanchlarga tayantirishni talab etadi. Teleskopik qulochli kranlardan tor sharoitili qurilish maydonlarida yopiq binolar ichida foydalanish mumkin. Qulochning yuk bilan birgalikda teleskopik ravishda chiqarilish imkoniyati ushbu kranlar yordamida yuklarni qiyin etkaziladigan joylarga hattoki montajga qilingan konstruksiyalar orasidan etkazish imkoniyatini beradi. Zarur bo‘lgan hollarda bunday kranlarni panjarali guska bilan kamplektlashtirish mumkin, Kranlarning yuk ko‘tarish xarakteristikalari har uzunlikdagi quloch va har bir qiyalik uchun to‘rlichadir. Bundan tashqari chiqarilib o‘rnatilgan tayanchlar tiralgan vaqtda kranning yuk ko‘taruvchanligi 80% ga yuqori bo‘ladi. Avtomobilli tipdagi maxsus shassili kranlar. Kranlar bu guruhi qurilish ob’ektlaridagi jumladan jamlangan (bir joyga to‘plangan) ob’ektlardagi ishlarni bajarish asosan qisqa vaqt davomida og‘ir va gabaritli yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallanadi. Maxsus shassili kranlar bir nechta modifikatsiyalarda chiqariladi, 25...250 t yuk ko‘taruvchanlikka ega, yuklarni ko‘tarish balandligi 82 m gacha, qulochning chiqish uzunligi 60 m gacha etishi mukmin. Bunday tipdagi kranlarning eng kuchlisi Libxer firmasi tamonidan ishlab chiqariladi, bu kran uzunligi 84 m bo‘lgan etti seksiyali qulochga ega bo‘lib, yuk ko‘taruvchanligi 500 tonnani tashkil etadi. Zarur bo‘lgan hollarda bu qulochni qo‘shimcha seksiya-panjarali quloch bilan uzaytirish mumkin, bunday uzaytirish evaziga ko‘tarilish balandligi 140 m ga etadi. Kran yuk operatsiyalarini chiqib to‘radigan tayanchlar orqali va ularsiz ham bajarishi mumkin. Ushbu kran yuklarni ilgagida ko‘targan holda qurilish maydoni bo‘ylab harakatlana oladi. Bunday tipdagi kranlarning shassisi 4 tadan 9 gacha o‘qlarga ega bo‘lishi mumkin, bu esa ularning utuvchanligini oshiradi. Sanoat va fuqora binolarini montaj qilishda Kanto, Krupp, Lokomo, Grove, Faun, Tadano Bumar, Libxer kabi chet el firmalarining kranlari keng qo‘llanilmoqda. Temir yo‘l kranlarining boshqa kranlarga nisbatan ustunliklari (yoki ustun jihatlari): Eltishga kam mehnat va kam mablag‘ sarflash bilan temir yo‘l sostavi (tarkibi)da istalgan masofaga etkazilishi; Temir yo‘l kiritilgan mavjud yoki qurilayotgan sexning ichiga o‘rnatilish imkoniyatining mavjudligi; Kranni o‘rnatish uchun maxsus maydon qurish zaruriyatining yo‘qligi; Poezd tarkibidagi ikkita qo‘shni (yonma-yon) platformaga yuklash va punkitga keltirilgandan keyin tushirish imkoniyatining mavjudligi. Temir yo‘l kranlarining kamchiliklari:-temir yo‘l tarmog‘ining mavjud bo‘lishi yoki uni qurish zaruriyati; ishlash zoansining chegaralanganligi; quloch chiqishning uzunligi oshirilganda yuk ko‘taruvchanligining keskin kamayishi; kranni ishlatishdan oldin chiqariladigan tayanchlarni o‘rantish; zaruriyati (temir yo‘l kaleyasi 1520 mm 131
emasligi. Traktorli kranlar yo‘l sharoitlari yomon bo‘lgan vaziyatlarda va ular mavjud bo‘lmagan hollarda maxsus ish turlarini bajarishda qo‘llaniladi. Bunday kranlar buriladigan kranlar va quvur o‘rnatuvchi kranlarga bo‘linadi. Ushbu kranlar seriyali chiqariladigan gusenitsali traktorlarga montaj qilinadi. Traktorli buriladigan kranlar 1..6,3 tonnali kichik yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lib, ularning maksimal quloch chiqarish uzunligi 10 m gacha bo‘ladi. Quvur o‘rnatuvchi kranlar maxsus traktorli kranlarni namoyon eitb, quloch traktorning yon tamoniga o‘rantiladi. Ular quvurlarni transheyalarga yotqizish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, parallel ravishda tozalash va izolyasiya qiladigan mashinalarni ham bajaradi va quvur o‘tkazgichlar qurilishda turli ko‘tarish transport (tashish) tushirish operatsiyalarini amalga oshiradi. Ushbu burilmaydigan mashinalar hisoblanib, qulochning traktor yon tamonga o‘rnatilganligi ularning ish holatida transheya bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi. Bunday kranlarning yuk ko‘taruchanligi 63 t gacha etadi, maksimal quloch uzunligi 7,5 m ni tashkil etadi. O‘zi ko‘tariladigan kranlar deb tiklanayotgan bino konsruksiyalariga o‘rnatiladigan va xususiyat mexanizmlar yordamida binoning qurilgan balandligi bo‘yicha harakatlanishi ko‘chishi mumkin. Umuman qo‘yiladigan va o‘zi ko‘tariladigan kranlar ko‘p qavatli binolar qurilshida qo‘llanadi. Ko‘chiriladigan minorali kranlarning tayanch qismi yuradigan (siljiydigan) arava (teleshka) ustiga o‘rnatiladi, bk arava kranni harakatlanish mexanizmi yordamida po‘lat g‘ildiraklari bilan rels bo‘ylab harakatlanadi. Statsionar kranlarning tayanch qismi manolit qo‘yilgan asos o‘stiga ‘rnatilgan romadan iborat bo‘ladi. Qo‘llaniladigan minoralar tipi bo‘yicha buriladigan va burilmaydigan minorali kranlarga sinflanadi. Buriladigan minorali kranlarda tayanch-buruluvchan qurilma uningyurmsh qismiga yoki portaliga joylashtiriladi. Burilganda yurish qismidan tashqari butun kran aylandi. Burilmaydigan minorali kranlarda tayanch burilish qurilmasi minoraning tepa qismiga joylashtiriladi. Bunday guruhdagi kranlarda faqat uning qulochi, tepa qismi va muvazanatlovchi konsol aylanadi, muvozanatlovchi konsulga zarur bo‘lgan mexanizmlar va muvozanatlovchi yuklar qo‘yiladi. Quloch strelasining tipi va quloch chiqarilishning usuliga bog‘liq ravishda kranlar ko‘targichli va balkali kranlarga sinflanadi. Buriladigan platformali harakatlanuvchan kranlarning ustivorligini yoki burilmaydigan minoraning pastki qisminingustivorligini ta’minlash uchun ularga ballast o‘rnatiladi. Minorali kranlarning ustunliklari: Kran boshqaruvchisiga montaj zonasini yaqqol ko‘rinishi; Qulochning Yuqori blandlikda joylashganligi, buning evaziga qulochning qurilayotgan bino konstruksiyalariga tegib ketmasligi; Ekspluatatsiya qilishning oddiyligi va ishonchliligi; Ishchi zonaning chiziqli katta o‘lchamliligi. 132
yo‘llarini qurish va statsionar kranlar uchun esa maxsus tayyorlangan tayanch Yuzani qurish zaruriyatlari kranni boshqa montaj va demontaj qilish, uni tashishning murakkabligi. Bunday seriyadagi Lgo-18 krani 1800 kg bo‘lgan maksimal yuk ko‘taruvchanlikka ega, 22 m balandlikka ko‘tarilganda guseklarga tushadigan yuk (kuch) 700 kg ni tashkil etadi. Ilgak ostidagi balandlik 19 m, orqa qismining burilish radiusi 1,6 mni tashkil etadi. Baqquvvat MD2200 kranining yuk ko‘taruvchanligi 22 t, bunda ko‘tarilish balandligi 80 m ni tashkil etadi. Poteyn firmasi o‘zi ko‘tariladigan kranlarni to‘liq spektrda ishlab chiqariladi. “Gru Komedil” Italiya kompaniyasi tomanidan chiqariladigan kranlar keng tarqalish topmoqda. Ushbu kompaniya qulochining uzunligi 35 m dan 70 m gacha bo‘lgan minorali kranlarni tuliq spektrda ishlab chiqaradi. Ushbu kompaniya mahsulotlarini minorali kranlarning turtta seriyasiga ajratish mumkin, bunda ularning hammasi umumiy konstruksion elementlar va texnik echimlarga ega ekanligini alohida ta’kidlash joizdir. Kranlarning birinchi seriyasi shaharning qurilib bo‘lgan qismida joylashgan ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Hamma kranlar katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega, ular engil tashiladi va tez montaj qilinadi. Konkert modelga bog‘liq ravishda quloch o‘lchamlari 20 m dan 50 m gacha bo‘ladi, yuk ko‘taruvchanligi 6 t ga etadi. Bu firmaning MSA rusumli kranlari o‘rtacha o‘lchamlardagi ob’ektlar uchun mo‘ljallangan. “Gru Komedil”ning hamma kranlari kabi bu kran ham elementlarining shiftli biriktirilishi evaziga ular engil montaj va demontaj qilinadi. Yuk ko‘taruvchanligi quloch uzunligi 35...55 m bo‘lganda yuk ko‘taruvchanligi 6 t bo‘lgan MSA kranlari baqquvat va ishonchli mashinalar sirasiga tegishlidir. ST seriyali kranlar yirik qurilish ob’ektlari uchun mo‘ljallangan. Bunday kranlar quloch uzunligi 42...70 m bo‘lganda 20 t yuk ko‘taruvchanligi bilan Yuqori ish unumdorligiga va montaj tezligi ega bo‘lishi bilan ajralib to‘radi. “Gru Komedil” firmasining keyingi STL avlodi katta bo‘lmagan uzunlikdagi quloch talab etilgan vaziyatlarda va katta yuk ko‘taruvchanlik kerak bo‘lgan hollarda shaharlarning qurib bo‘lingan qismlaridagi katta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Quloch o‘lchamlari 30...55 m bo‘lgan STL seriyasidagi kranlarning maksimal yuk ko‘taruvchanligi 20 t gacha etadi. Chet el firmalarining zamonaviy minorali kranlarning katta parkiga “Retakran” kompaniyasi ega bo‘lib, bu kompaniya yuk ko‘taruvchi qurilish jihozlarini arendaga berish bilan shug‘ullanadi. Buriladigan platformali minorali kranlar turar-joy, fuqaro va sanoat qurilishida keng qo‘llanadi. Nisbatan qisqa muddatda montaj va demontaj qilish, asosiy mexanizmlar kranning pastki qismiga joylashtirilganligi evaziga ularga texnik xizmat ko‘rsatilishining engillashtirilganligi ularning boshqa kranlaridan ajralib turadi. Ushbu turdagi kranlarning ko‘plab modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ularning 133 maksimal xarakteristikalari: qulochning chiqib turishidagi uzunligi 40...16 m ga mos ravishda yuk ko‘taruvchanligi 6,2...25 t ni tashkil etadi. Minorasi burilmaydigan kranlar qulochining uzunligi 4...65 m bo‘lganda 10..50 t yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lib, ularning yuk ko‘tarish balandligi 85 m ni tashkil etadi. Oshirilgan yuk ko‘taruvchanligi va yuk ko‘tarish balandligi kranning katta massaga ega bo‘lishiga olib keladi, bu esa mashinaning pastki qismida tayanch- burilish qurilmasining mexanizmlarini yaratishni qiyinlashtiradi. Harakatlanuvchi burilmaydigan minorali kranlarning ustunlik jihati ularni qayta jihozlab qo‘yiladigan kranlar sifatida qo‘llash imkoniyatining mavjudligi bilan izohlanadi. Bunday tipdagi kranlar minora va qulochlari seksiyalarining soni hamda distansion radiodasturli boshqarishga ega ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Burilmaydigan minoraga ikki kishiga mo‘ljallangan ko‘targich joylashtiriladi. Kran minorasini tepa tomondan almashadigan seksiyalar bilan uning o‘zidagi mexanizmlar vositasida uzaytirish mumkin. Minorali uzaytirish minoraning yoniga joylashtirilgan montaj ustini va montaj lebedkasi yordamida amalga oshiriladi. Minorali qo‘yiladigan kranlar ko‘p qavatli fuqaro va baland sanoat (150 m va undan yuqori) binolarni tiklash uchun mo‘ljallanadi. Quyiladigan kranlar bir qator vaziyatlarda universal-o‘zi ko‘tariladigan va harakatlanadigan kranlar deb hisoblaniladi. Tiklanayotgan binoning balandligi katta bo‘lmagan hollarda bunday kranlar kran osti yo‘liga o‘rnatiladi va ular harakatlanuvchi kranlarga aylanadi, katta balandlikdagi binolarni tiklashda ulardan statsionar kran sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Minora seksiyalarini almashtirish evaziga, minora qulochi ilgakining ko‘tarilish balandligini uzaytirish (oshirish)ga erishiladi, bu esa kranni boshqarish kabinasini bino montaj sathidan nisbatan baland bo‘lmagan balandlikka joylashtirish (o‘rnatish) imkonini beradi. Minora balandligi 8 m dan 150 m gacha bo‘lgan chegarada almashuvchan seksiyalar hisobiga o‘zaytirilishi (o‘zgartilishi) mumkin, bunday seksiyalarning soni 27 taga etadi. Kranni tiklanayotgan binoga mahkamlash minora va kranlarga biriktirilgan maxsus ramkalar yordamida amalga oshiriladi. Seksiyalar soni 9 ta bo‘lganda minora binoga bitta bog‘lanish orqali mahkamlanadi, seksiya soni 27 taga etganda bog‘lanishlar soni 3 tani tashkil etadi. Poydevor krannig tayanchi bo‘lib xizmat qiladi, kran poydevorga ankerli boltlar yordamida mahkamlanadi. Baland g‘ishtli va monolit (quyma) binolar qurilishi uchun muljallangan KB-473 krani (5.7-rasm) keng tarqalgan bo‘lib, uning maksimal yuk ko‘taruvchanligi 8t ni tashkil etadi, qulochning chiqish uzunligi 35...50 m chegarada bo‘ladi, ilgakning maksimal ko‘tarilish balanlligi 162,4 m ga etadi. Kranni montaj qilish gidroprivodli montajli oboylar bilan uzaytirish metodi orqali amalga oshiriladi, bu esa Yuqori darajali xavfsizlikni ta’minlaydi va ishlarning mehnat sig‘imi sezilarli darajada kamaytiradi. Kran statsionar ijrochi sifatida va universal, ya’ni harakatlanuvchan va qo‘yilma holatda ishlaydigan tuzilmada chiqarilishi mumkin. 134
1-montaj qulochi; 2-montaj machtasi; 3- machtali qulochli vanitli kran; 4- shver; 5- portalli gidravlik ko‘targich kranlar; 6- qo‘yilma kran; 7-quyilma uzi yurar kran; 8- o‘zi ko‘tariladigan kran; 9-qulochli minorali kran; 10-balka qulochli minorali kran; 11- sharnirli bo‘lak qulochli minoarli kran; 12-minorasi uzaytiriladigan kran; 13-gusensali qulochli kran; 14-minora qulochli gusensali o‘zi yurar kran; 15- qulochli pnevmo g‘ildirakli kran; 16- teleskopik qulochli pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar kran. KB-504A krani baland turar-joy va ma’muriy qurilish binolarini tiklashga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Bu kranning yuk kutaruvchanligi 10 t ni, qulochining maksimal chiqish uzunligi 40 m ni tashkil etadi. Qulochining maksimal chiqqan holatda yukni ko‘tarish balandligi 75 m ni, qulochi gorizantal joylashgan holatda yukni ko‘tarish balandligi 60 m ni tashkil etadi. Download 40.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling