Jinoyatning obyekti


Jinoyatning sodir etish usuli


Download 122.5 Kb.
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Jinoyatning sodir etish usuli ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomonining fakultativ belgilaridan biridir.

Jinoyatni sodir etish usuli uning qanday sodir etilganligi, uning tartibi, uslubini ko‘rsatadi. Jinoyatni sodir etish usuli qonunda muayyan jinoyatning javobgarlikni og‘irlashtiruvchi(kvalifikatsiyalovchi) belgisi sifatida ko‘rsatilishi mumkin.

Jinoyat sodir etilishining usuli ko‘p hollarda uning zaruriy belgisi sifatida muayyan jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi mumkin (masalan, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish(Jinoyat kodeksi 103-moddasi) uchun javobgarlik faqat moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’n va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yo‘li bilan amalga oshirilganda; bosqinchilik(Jinoyat kodeksi 164-moddasi), ya’ni o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, tovlamachilik(Jinoyat kodeksi 165-moddasi), ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo’rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish yo‘li bilan qo‘rqitib, o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirish; talonchilik(Jinoyat kodeksi 168-moddasi), ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish va boshqalar). Bu mulkka qarshi jinoyat tarkiblarida jinoyat sodir etish usullari universal belgi hisoblanib, talon-toroj qilishning bir shaklidan ikkinchisini farqlash imkonini beradi.

Ayrim hollarda jinoyatni sodir etish usuli jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi (masalan, Jinoyat kodeksi 97-moddasi) qasddan odam o‘ldirish quyidagi hollarda javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatda sodir etilgan hisoblanadi: a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda; b) o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish; tuhmat, nashr qilish yoki boshqacha ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali sodir etilsa (Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi), zo‘rlik ishlatib ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi), jismoniy a’zob berish yo‘li bilan sodir etilsa va boshqalar).

Jinoyat sodir etish usuli muayyan jinoyatning zaruriy yoki kvalifikatsion belgisi bo‘lsa, va u noto‘g‘ri aniqlanganida hukmni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.

Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilaridan yana biri jinoyat sodir etish vositasidir.




Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling