Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 296.83 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi296.83 Kb.
#108557
Bog'liq
Milliy g'oya 1-mavzu ppt

Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Kirish : 1) Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishni zarurati; 2) Milliy istiqlol g’oyasi faning predmeti, maqsadi va vazifalari; 3) Milliy istiqlol g’oyasini muayyan tushunchalarga asoslanishi. Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Reja:

Mustaqillik yillarida to`plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g`oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko`rsatdi. Jamiyat hayotida sog`lom g`oya ustivor bo`lib turmasa, odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g`oyalar egallab, halqning turmush tarzini izdan chiqaradi. Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha tamoyillar mustaqillik yillarida shakllangan yagona fandir. Bu fan jamiyatimiz taraqqiyoti-negizi tamoyillarini ifoda etadi. Milliy istiqlol g`oyasi mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, yurtimizda tinch ozod va obod vatan erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g`risida yangi va izchil ta`limotdir. Bu fan o`z tushuncha va tamoyillariga, tarixiy negizlari ilmiy, falsafiy va dunyoviy ildizlariga ega bo`lgan muayyan tarixiy zarurat mujassam bo`lgan nazariya hamdir. U aynan shunday nazariya sifatida ijtimoiy voqelikning ifodasi tarzida namoyon bo`ladi va o`ziga xos shakllanish qonuniyatlarini, xususiyatlarga ega umummilliy hodisa hisoblanadi. Ushbu fanni o`qitishdan maqsad talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyasi- jamiyat mafkurasi ekanligi, mustaqillik sharoitida milliy istiqlol g`oyasini o`rganish imkoniyatining paydo bo`lgani, uni taqozo etuvchi ob`ektiv shart – sharoitlar va sub`ektiv omillar vujudga kelganligi, shuningdek mustaqillikni asrab- avaylash, himoya qilish va mustahkamlashda uning ahamiyati naqadar zarurligi singdiriladi. Talaba “Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” mavzusida Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishni zarurati, Milliy istiqlol g’oyasi faning predmeti, maqsadi va vazifalari, Milliy istiqlol g’oyasini muayyan tushunchalarga asoslanishi haqida ma`lumotlar beradi.

MILLIY ISTIQLOL G’OYASI- XALQNING ADOLAT VA HAQIQAT , ERKINLIK VA MUSTAQILLIK G’OYALARINING ISHONCH-E’TIQODINI IFODALAYDI.

  • Millat bor ekan,milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligi, an’ana va urf-odatlariga taxdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan xukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va xarakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar. Shu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan har bir inson,avvalo, unib-o’sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo’lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko’tarishimizning ahamiyati be’qiyosdir. ISLOM KARIMOV.

Milliy g’oya asoslarini ishlab chiqish, uning maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etish, odamlar ong- shuuriga yetkazish, milliy g’oya O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyoti konsepsiyasining g’oyaviy negizi ekanligini idrok etishda muxtaram Prizidentimiz Islom Karimovning matbuot orqali ochiq chiqishlari, suxbatlari, mutaxassis olimlar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlari muhum ahamiyatga ega bo’ldi. Xaqiqatni ochiq tan olib aytish kerakki, ’’ongi va tafakkuri’’ sobiq mustabid tuzum g’oya va maqsadlari bilan sug’orilgan kishilarni bunday eski aqidalardan voz kechishi, ularga yangicha milliy g’oya mazmun-mohiyatini singdrish oson kechgani yo’q. O’tgan yigirma yil ong va tafakkuri o’zgarishi va yangilanish yasagan, milliy g’oyaga ishonch e’tiqod qaror topgan davr sifatida qadrli va ahamiyatlidir. Milliy g’oya, shuningdek, shu yurtda yashayotga barcha odamlarning olijanob niyyatlari, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligini, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bugungi kunda xalqimiz va yoshlarimiz tomonidan qadrlanmoqda, turli millatga mansub aholini birlashtirish, ezgu va bunyodkorlik ishlariga yo’naltirish va safarbar etishga xizmat qilmoqda, mamlakatimizda totuvlik va hamjixatlikni ta’minlanmoqda.Milliy g’oya mafkuraviy bo’shliqni oldini olishning muhim omillaridan biriga aylandi. Bugun ko’pchilik haqiqiy milliy g’oya bilan sohta buzg’unchi g’oya o’rtasidagi farqni milliy g’oyaga tayangan holda farqlamoqda. Kundalik va strategik maqsadlarini milliy g’oya tamoyillariga tayangan holda amalga oshirmoqda. Bu mustaqillik yillarida ma’naviy sohada erishilgan ulkan yutuqlarimiz sirasiga kiradi.

Mustaqillikning o’ninchi yili, aniqrog’i 2000- yil milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari bilan bog’liq konsepsiyasi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida Oqsaroyda bo’lib o’tgan milliy g’oya konsepsiyasini ishlab chiqishga bag’ishlangan anjuman uni ishlab chiqish va hayotga joriy etishda yangi bir bosqichni boshlab berdi.Bir so’z bilan aytganda amaliy ishga o’tish jarayonini yanada tezlashtirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ’’Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoillari’’ fani bo’yicha ’’ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida’’ gi Farmoyishi (2001-yil 18-yanvar), 2006-yil 25- avgustdagi ’’ Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida’’ gi Farmoni milliy g’oyani hayotga tadbiq etishda alohida ahamiyatga ega bo’ldi. ’’Milliy g’oya va mafkura ilmiy amaliy markazi’’ va ’’ Ma’naviyat targ’ibot markaz’’ larini tashkil etildi. Ular tomonidan milliy g’oyani ilmiy va amaliy masalalarini o’rganish hamda ma’naviy ishlar targ’ibotini tashkil etishda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.Ular milliy g’oya hamda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimining barcha yo’nalishlari bo’yicha tuzilgan dasturlar, o’quv qo’llanmalar, milliy g’oyaga tayangan holda tayyorlanib, yangi avlodning shakllanishida muhum o’rin tutmoqda.

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy- iqtisodiy hayot o’zgarishlari, odamlar ongi va tafakkuridagi yangilanishlar, Respublikamiz shahar va qishloqlarida amalga oshirilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlari bevosita milliy g’oya maqsadlarining hayotga tadbiqi bilan bog’liq. Qolaversa, milliy g’oyaning ’’ OZOD VA OBOD VATAN, ERKIN VA FAROVON HAYOT’’ qurishdan iborat bosh maqsadi bilan hamohangdir.Bu amaldagi milliy g’oyani katta ma’naviy va moddiy kuchga ega ekanligidan dalolat beradi. Bugun mustaqillik yillarida erishilgan ulkan o’zgarishlar, bunyodkorlik ishlarida milliy g’oya maqsadi, asosiy tushuncha va tamoyillari bilan uzviy bog’liqlik yoki o’zaro mushtaraklikni ko’rish mumkin. Dunyo mamlakatlari tomonidan e’tirof etilayotganidek, milliy g’oya erishilgan yutuqlarimizning kafolati sifatida qabul qilinayotganligi har bir kishida faxr- iftixor tuyg’usini uyg’otadi.


O’QUV FANINING PREDMETI

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING TARIXIY ASOSLARI,ILMIY FALSAFIY ILDIZLARINI O’RGANISH

O’RGANILADIGAN TUSHUNCHA VA MAVZULAR

O’RGANILADIGAN G’OYALAR TURLARI

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING YAXLIT TA’LIMOT SIFATIDAGI QONUNLARI, ASOSIY XUSUSIYATLARINI BILIB OLISH

OZOD VA OBOD VATAN, ERKIN VA FAROVON HAYOT BARPO ETISHNING STRATEGIK MAQSADLARI VA O’ZIGA XOS TAMOYILLARINI O’RGANISH

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINI XALQIMIZ QALBI VA ONGIGA SINDIRISH SOHALARI, VOSITALARI,USUL VA YO’LLARINI O’RGANISH

’’ G’OYA ‘’ TUSHUNCHASI, UNING SHAKLLARI

’’ MAFKURA ‘’ TUSHUNCHASI UNING SHAKLLARI

INSONIYAT TARIXI – G’OYALAR TARIXIDIR

XOZIRGI ZAMONDA INSON ONGI VA QALBI UCHUN KURASH

O’ZBEKISTON TARQQIYOTI VA MAFKURAVIY MUAMMOLAR

MILLIY ISTIQLOL G’OYASININGMOHIYATI VA MAZMUNI

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSIY TAMOYILLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI

FALSAFIY G’OYALAR

DINIY G’OYALAR

BADIIY G’OYALAR

IJTIMIY- SIYOSIY G’OYALAR

MILLIY G’OYALAR

UMUMINSONIY G’OYALAR

ILMIY G’OYALAR

FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI

YOSHLARNI IJTIMOIY HAMKORLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK, DINIY BAG’RIKENGLIK G’OYALARI RUHIDA KAMOL TOPTIRISH

YUKSAK FAZILATLARGA EGA, EZGU G’OYALAR BILAN QUROLLANGAN KOMIL INSONLARNIVOYAGA YETKAZISH

YOSHLARNI JAMIYATIMIZGA YOD VA BEGONA, BUZG’UNCHI VA ZARARLI G’OYALARGA QARSHI KURASHISHGA O’RGATISH, ULARDA OGOHLIK VA XUSHYORLIK KO’NIKMALARINI XOSIL QILISH

O’SIB – UNIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD QALBI VA ONGIGA MAFKURAVIY IMMUNITET ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING O’ZBEKISTON TARAQQIYOTI VA MUSTAQILLIKNI MUSTAHKAMLASHNING MAFKURAVIY TAMOYILLARI TO’G’RISIDAGI YAHLIT NAZARIYA EKANINI TUSHUNTIRISH

YOSH AVLODNI VATAN RAVNAQI, YURT TINCHLIGI, XALQ FAROVONLIGI KABI OLIJANOB G’OYALAR RUHIDA TARBIYALASH



O’QUV FANINING ASOSIY VAZIFALARI

O’QUV FANINIG MAQSADI- MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOILLARINI YOSH AVLOD QALBI VA ONGIGA SINGDIRISH

DINIY BAG’RIKENGLIK

MILLATLARARO TOTUVLIK

IJTIMOIY HAMKORLIK

KOMIL INSON

XALQ FAROVONLIGI

VATAN RAVNAQI

YURT TINCHLIGI

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSIY TAMOYILLARI


XULOSA QILIB AYTGANDA, MILLIY G’OYA NEGIZIDA YANGI AVLOD SHAKLLANMOQDA. YOSHLARIMIZNING MILLIY QADRIYATLARIMIZGA HURMAT VA E’TIBORI O’ZINING ILK SAMARALARINI BERMOQDA. BU AYRIM YOSHLARNING XULQ ATRVORI VA TAFAKKUR TARZIDA UCHRAYDIGAN MILLIY G’OYAGA ZID XOLATLARNING OLDINI OLMOQDA. YOSHLARNING HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONIDAGI MA’SULIYATINI OSHIB BORISHIGA XIZMAT QILMOQDA. BULARNING BARCHASI JAMLANIB MUSTAQILLIKNI YANADA MUSTAXKAMLANISHIDA MUHIM OMIL BO’LMOQDA. QOLAVERSA, AYTISH JOIZKI, MILLIY G’OYA JAMIYAT RIVOJI UCHUN JUDA HAM ZARUR, CHUNKI, FUQOROLIK JAMIYATINING RIVOJLANISHIGA XIZMAT QILADI, MAMLAKAT AXOLISINI TURLI XIL ZARARLI YOD G’OYALARDAN ASRAYDI, HIMOYALAYDI. MUSTAQILLIGIMIZNI YANADA MUSTAHKAMLANIB BORISHIGA, YANGI YUTUQLARIMIZGA MA’NAVIY RUHIY KUCH VA MADAD BO’LADI…

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !


Download 296.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling