Dispozitsiyaning quyidagi turlari mavjud: oddiy; tasvirlov; blanket


Download 18.66 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi18.66 Kb.
#1431440
Bog'liq
New Документ Microsoft Word


Dispozitsiyaning quyidagi turlari mavjud: 1) oddiy; 2) tasvirlov; 3) blanket;
4) havolaki; 5) aralash.

Oddiy dispozitsiyada jinoyat tarkibi belgilari tavsiflanmasdan, umume’tirof etilgan tushuncha yoki ibora bilan ifodalanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 118-moddasi birinchi qismi: “nomusga tegish”.


Tasvirlov dispozitsiyasi jinoyat tarkibi belgilarini ifodalanib, uning mazmuni to‘liq ochib beradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi: “odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish”.


Blanket dispozitsiyada jinoyat tarkibi belgilari boshqa huquq sohasining normativ-huquqiy hujjatida o‘z ifodasini topadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 184-moddasi birinchi qismiga muvofiq foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik kelib


chiqadi. Mazkur jinoyat tarkibining zaruriy belgilari, ya’ni soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlar tushunchasi va turlari, foyda va daromad tushunchasi, soliq to‘lovchining huquqiy maqomi, soliqqa oid huquqbuzarliklarning belgilari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.

Havolaki dispozitsiya jinoyat tarkibi belgilarini aniqlash uchun Jinoyat kodeksi boshqa moddasi yoki moddasining qismiga murojaat etadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 111-moddasi birinchi qismi: “ehtiyotsizlik orqasida badanga


o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”.

Aralash dispozitsiyada jinoyat tarkibi belgilari dispozitsiyaning ikki yoki undan ortiq turlari bilan ifodalanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi birinchi qismi: “Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarni


keltirib chiqarmagan bo‘lsa”.

Jinoyat huquqida sanksiya jinoyat qonuni normasining bir qismi bo‘lib, u o‘zida normada taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, uning turi, miqdori va muddatini


ifodalaydi.
Sanksiyaning quyidagi turlari mavjud: 1) mutlaq-muayyan; 2) nisbiy-muayyan; 3) alternativ (muqobil); 4) kumulyativ.

Mutlaq-muayyan sanksiya o‘zida jinoiy jazo tizimidagi jazoning muayyan bir turini va uning bir muddati yoki miqdorini aks ettiradi. Sanksiyaning bunday turi amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z aksini topmagan.


Nisbiy-muayyan sanksiya o‘zida jinoiy jazo tizimidagi jazoning muayyan turini ifodalab, mutlaq-muayyan sanksiyadan farqli ravishda muayyan jazoning bir qancha muddatlari yoki miqdorini o‘zida ifodalaydi. Masalan, Jinoyat kodeksi 118-moddasining birinchi qismi sanksiyasi: “uch yildan yeti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.


Alternativ sanksiya o‘zida jinoiy jazo tizimidagi bir nechta jazo, uning miqdori va muddatlarini aks ettiradi. Masalan, 1929-moddaning birinchi qismi sanksiyasi: “eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha


miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Kumulyativ sanksiya o‘zida jinoiy jazo tizimidagi ham asosiy, ham qo‘shimcha jazolarning birga qo‘llanilishini ifodalaydi. Masalan, Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi sanksiyasi: “muayyan huquqdan mahrum


qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Formal tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi tamom bo‘lgan jinoyat deb, topilishi mumkin.


Moddiy tarkibli jinoyatlarda esa Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli oqibat yuzaga kelishi tamom bo‘lgan jinoyat deb topilishi mumkin.


Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun barcha


jinoyatlar uchun zarur bo‘lgan jinoyatning belgilari ishlab chiqilgan.
Bu belgilar quydagilardir:
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
2) aybning mavjudligi;
3) qilmishning huquqqa xilofligi;
4) qilmishning jazoga sazovorligi;

JKning Maxsus qismida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab to‘rtta turkumga bo‘lingan. Bular:


1) Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.

2) Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida


sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.

3) Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.


4) O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.


Jinoyat tarkibi – ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholashning jinoyat qonunida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisi.


Zaruriy belgilar – jinoyat obyekt, qilmish, ayb va jinoyat subyekti (aqli rasolik va yosh) singari barcha jinoyat tarkibida so‘zsiz ishtirok etadigan belgilar.


Fakultativ belgilar esa jinoyat predmeti, ijtimoiy xavfli oqibat, qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, vaqt, joy, sharoit, usul, jinoyat sodir etish quroli va vositasi, motiv, maqsad va jinoyat subyektining maxsus belgilari bo‘lib, bular qonun chiqaruvchi tomonidan alohida jinoyat tarkiblari uchun xos xususiyat o‘laroq mavjud bo‘ladi.


Jinoyat obyekti – jinoyat sodir etishda jinoiy tajovuz qaratilgan hamda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat.


Jinoyatning obyektiv tomoni – jinoyat sodir etishning tashqi tomon belgisi bo‘lib, u harakat yoki harakatsizlik tarzida ifodalanadi.


Jinoyat subyekti – jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni aybli tarzda sodir etgan, jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetgan jismoniy shaxs.




Jinoyatning subyektiv tomoni – jinoyat sodir etishning ichki tomon belgisi bo‘lib, u shaxsning o‘zi sodir etayotgan jinoyatiga aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ruhiy munosabatida ifodalanadi
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling