O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 22: 35 a11/p11 Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti Xalqaro Huquq fakulteti talabasi Asqarov Azizxonning Jinoyat huquqi fanidan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar mavzusi


Download 20.2 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi20.2 Kb.
#151141
Bog'liq
Azizxon Asqarov JH taxlili


11/23/2020 O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 22:35 a11/p11

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti Xalqaro Huquq fakulteti talabasi

Asqarov Azizxonning Jinoyat huquqi fanidan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar mavzusi yuzasidan.

O’zbekiston Respublikasi va Shvetsiya jinoyat qonunchiligiga ushbu mavzu bo’yicha qiyosiy taxlili.



O’zbekiston.

Shvetsiya.

Taxlil.

1.


O’zbekiston Respublika jinoyat kodeksining umumiy qismi 35-moddasiga muofiq qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarga quydagicha tarif berilgan.Qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo’lsada,lekin u ijtimoiy havfli,g’ayriqonuniy yoki aybli bo’lmasa,qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.

Quyidagi holatlar:

-kam ahamiyatli qilmishlar(JK 36-M)

-zaruriy mudofa(JK 37-M)

-oxirgi zarurat(JK 38-M)

-ijtimoiy havfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog’ida zarar yetkazish(JK 39-M)

-buyuruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish(JK 40-M)

-kasb yoki xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan asosiy tavakkalchilik (JK 41-M) jinoyatni istisno qiluvchi xolatlar deb topiladi.



Shvetsiya jinoyat huquqiga ko’ra javobgarlikka tortilmaydigan qilmish tushunchasiga quyidagicha tariff berilgan.
Fuqarolar atrof muhitga,tegishli mehnat to’risidagi qonunga muvofiq kasallik yoki baxtsiz hodisani oldini olish maqsadida jinoyat sodir etadigan bo’lsa ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Quydagilar:

-ahamiyatsiz

-kerak bo’lgan mudofaa

-shaxs,jamiyat manfaatlarini himoya qilish

-Jinoyat sodir qilayotgan fuqaroni to’xtatish

-buyuruqnlarni bajarish

-og’ir zarar keltirmayigan ilmiy izlanish,jinoiy javobgarlikka tortishni taqazo etmaydi.

O’zbekiston hamda Shvetsiya jinoyat huquqini ushbu va boshqa mavzular bilan solishtirganda deyarli bir xillik uchramoqda,faqatgina ularni nomi boshqacharoq bu albatta mamlakatlarning tillari boshqa bo’lganligi uchun.

Meni fikrimcha barcha sohalarda nafaqat huquq sohasida boshqa davlatlardan andoza olish juda yaxshi chunki u sinovdan o’tgandir va o’tganligi uchun amal qilmoqdadir.

2.


Kam ahamiyatli qilmish (JK 36-Modda).

Kam ahamiyatli qilmish deb- jinoyat qonunida jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari rasmiy jihatdan mavjud bo’lsada,o’zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy havfli bo’lmagan jinoyat hisoblanmaydigan jinoyat harakat yoki harakatsizlikka aytiladi.

Obyektiv mezoni-shaxs sodir etgan qilmishning tashqi tomonini ifodalab,jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obyektga amaldayetkazilgan zarar miqdorini ifoalasa;

Subyektiv mezoni-shaxsning maqsadi yo’naltirilgan zarar darajasini ifodalaydi.

Agarda shaxsning qasdi ko’p yoki juda ko’p miqdorda zarar yetkazihga qaratilgan bo’lib,o’ziga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra o’ylagan zarari kelib chiqmasa,uning harakatlari kam ahamiyatli qilmish sifatida baholanishi mumkin emas.Ushbu holatda uning harakatlari qasdi qaratilgan qilmishiga nisbatan tamom bo’lmagan jinoyat(jinoyatga suiqasd qilish)sifatida etirof etiladi.


Shvetsiya jinoyat kodeksining ikkinchi bo’limi 1-moddasiga ko’ra ahamiyatsiz qilmishga quydagicha tarif berilgan-agar jinoyat ahamiyatsiz yoki yo’qligi aniqlansa,ahamiyasiz deb topilsa,shohlik manfatlarini ko’zlasa,adliya boshqaruvi qirollikning xavfsiligini taminlasa fuqaro tomonidan sodir etilgan ahamiyatga ega bo’lmagan qilmish ahamiyatsiz deb topiladi va javobgarlikka tortilmaydi.


Ikkala mamlakatlar jinoyat huquqi bo’yicha ham ushbu qilmish yuzasidan jazodan ozod etish tartibi belgilangan.hech bir davlatda ushbu qilmish bo’yicha jinoiy javobgarlik belgilanmagan.



3.


Zaruriy mudofa (JK 37-modda).

Zaruriy mudofaa deb-shaxs o’ziga,boshqa shaxsga yoki jamiyat,davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan qonunga hilof tajovuzlarni tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog’ida qilgan harakatiga aytiladi.

Agarda shaxsning harakatlarida zaruriy mudofa chegarasidan chetga chiqilmagan bo’lsa,jinoyat deb topilmaydi va javobgarlikka tortilmaydi.Zaruriy mudofaa huquqiga barcha shaxslar-xizmati,kasbi,mavqeidan qattiy nazar bir xilda egadirlar.

Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so’rab murojaat qilish yohud tajovuzdan o’zgacha yo’sina qutilish imkoniyati bor yo’qligidan qatiy nazar zaruriy mudofa huquqi har qanday vaqtda shaxsga tegishlidir.

Zaruriy mudofaa qo’llashga asos bo’lib-jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obyektlara qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning mavjud bo’lishi hisoblanadi.
Zaruriy mudofaa huquqiy shartlarining turlari:

Tajovuzga nisbatan;

-jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obyektlarga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning mavjudligi,

-ushbu tajovuzning muqarrarligi,

-ushbu tajovuzning realligi.
Mudofaaga nisbatan;

-jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan obyektni qo’riqlash maqsadida zarar yeykazilishi,

-zarar faqatgina tajovuzchiga nisbatan yetkazilishi,

-ayni vaqtdagi himoya,

-mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmaganligi.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish subyekti bo’lib- faqat kelib chiqqan oqibatni tavsiflovchi jinoyat turining subyekt yoshiga muvofiq kelgan shaxslargina tashkil etadi.

Shvetsiya jinoyat huquqiga ko’ra kerak bo’lgan mudofaa atamasi ishlatiladi unga quydagicha tariff berilgan-shohlikni himoya qilishga ,davlat muassasalari,adliya boshqaruvi yoki davlat boshqaruvi,jamoat tartibini va qirollikning xavfsizligini taminlash uchun mulkni yo’q qiladigan yoki zarar yetkazadigan kishiga nisbatan kerak bo’lgan mudofaa chorasini ishlatish ko’zda tutiladi va ushbu hollarda kerak bo’lgan mudoffa chorasini qo’llagan kishi manfaatlarga zarar yetkazgan kishiga yetkazilgan zarar uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.




Zaruruiy mudofaa tushunchasi ikki davlatda ham mavjud lekin ularning atamasi boshqacharoq.Biroq ikkala davlatning jinoyat huquqi bo’yicha ham ushbu qilmishga nisbatan jinoiy javobgarlik qo’llanilmaydi.


4.


Oxirgi zarurat (JK 38-modda).

Oxirgi zarurat deb-shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yohud huquqlariga,jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa bir manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmishi(harakat yoki harakatsizslik)ga aytiladi.

Xavf manbai bo’lib esa-shaxsning harakatlari,xayvonlarning hujumi,tabiat kuchlari,texnika vositalarining nosozligi va boshqalar bo’lishi mumkin.
Oxirgi zaruratning huquqiy shartlari:

Taxdid solayotgan xavfga nisbatan huquqiy shartlar;


-xavfning bevosita jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlariga qaratilganligi,

-muarrarligi,

-realligi.
Mudofaaga nisbatan huquqiy shartlar:
-jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan manfaatlarni himoya qilishga qaratilganligi,

-xavfni o’sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji yo’qligi,

-zarar uchinchi shasga yetkazilishi,

-keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo’ilishi.


Shaxsning harakatlarini oxirgi zarurat holatida emas deb topishning shartari:

-xavfni boshqa vositalar orqali oldini olish imkoniyatining mavjudligi,

-keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketishi.
Oxirgi zarurat zaruriy mudofaadan quydagi belgilar bilan farqlanadi:

-xavf manbaini faqatgina shaxsninggina xulq atvori tashkil etmasligi,

-zarar tajovuzchiga emas uchinchi shaxsga yetkazilishi,

-zarar yetkazmasdan turib,xavfning oldini olish imkoniyati mavjud emasligi,

-yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo’lishligi.

Shvetsiya jinoyat huquqiga ko’ra

shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish tushunchasiga quydagicha tarif berilgan- o’zini himoya qilish,shohlikni himoya qilishga ,davlat muassasalari,adliya boshqaruvi yoki davlat boshqaruvi,jamoat tartibini va qirollikning xavfsizligini taminlash uchun mulkni yo’q qiladigan yoki zarar yetkazadigan kishiga nisbatan kerak bo’lgan mudofaa chorasini ishlatish ko’zda tutiladi va ushbu hollarda kerak bo’lgan mudoffa chorasini qo’llagan kishi manfaatlarga zarar yetkazgan kishiga yetkazilgan zarar uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Ikkala davlatning qonunchiligida ham ushbu tushunchalar manosi bir xil va ikkala mamlakatning jinoyat huququda ushbu qilmish uchun jazo tayinlanmaydi.



5.


Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (JK 39-modda).
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish,agar uni ushlash uchun zarur bo’lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo’lsa,jinoyat deb topilmaydi.Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga barcha shaxslar ega.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishni huquqqa xilof emas deb topishning quydagi shartlari mavjud.Zarar:
-jinoyat sodir etgan shaxsgagina yetkazilishi

-jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida yetkazilishi

-aybdorni boshqa yangi jinoyat sodir etishni oldini olish uchun hokimiyat organlariga topshirish maqsadida yetkazish

-zarar majburiy chora hisoblanishi

-ushlash uchun zarur bo’lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmaganligi.
Quydagi hollarda zarar yetkazish deb topiladi:
-ushlash vositalari va usullariga

-qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga

-ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan,ushlash zarurati taqazo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi va hayotga yoki sog’liqqa qarshi qaratilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi.

Shvetsiya jinoyat huquqiga ko’ra jinoyat sodir qilayoqtgan shaxsni to’xtatish tushunchasiga quydagicha tariff berilgan- shohlikni himoya qilishga ,davlat muassasalari,adliya boshqaruvi yoki davlat boshqaruvi,jamoat tartibini va qirollikning xavfsizligini taminlash uchun mulkni yo’q qilayotgan yoki zarar yetkazayotgan kishiga uni to’xtatish maqsadida zarar yetkazish,agar uni to’xtatayotganda uning qilmishiga nisbatan og’ir harakatlar qilinmasa jinoyat sodir qilayotgan shaxsni to’xtatgan kishi jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.



Har ikkala davlatning jinoyat qonunchiligida

Bu tushunchalar manosi bir xil va ushbu qilmish uchun shaxsga nisbatan javobgarlik holati kelib chiqmaydi.

Har ikkala davlatning ham ushbu qilmishni bekor qilishi uchun asoslar deyarli bir xilda.

6.


Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (JK 40-modda).
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish deb-shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni,shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishda ifodalanadigan harakatiga aytiladi.

Bunday shaxsning harakatlari jinoyat deb topilmaydi va jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Jinoiyligi oldindan ayon bo’lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib,jinoyat sodir etgan shaxs o’sha noqonuniy buyruq bergan shaxs bilan birgalikda umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi va ularning harakatlari ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat deb topiladi.

G’ayriqonuniy ravishda berilgan buyuruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazivasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.Lekin shaxs amalda sodir etgan qilmishda boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo’lsa,u umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.



Shvetsiya jinoyat huquqiga muvofiq buyruqlarni bajarish atamasiga shunday tariff berilgan-qirollik buyrug’i yoki boshqa farmoyishlarni shuningdek shaxs o’ziga yuklatilgan vazifalarni(mansab vazifalari) qonunan bajarishi oqibatida biror bir kishiga ushbu yuklatilgan vazifalarni bajarish chog’ida zarar yetkazib qo’ysa u kishi jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Agarda buyruq yoki farmoyish noqonuniy berilgan bo’lib buyruqni olgan shaxs ushbu buyruqning noqonuniy ekanini bilib turib ham qilsa u shaxs buyruq bergan odam bilan birga javobgarlikka tortiladi(buyruqning noqonuniyligini bilgan buyruq olgan kishi uni bajarmasdan tegishli idoralarga oldindan habar bersa javobgarlikka tortilmaydi).

Agarda berilgan noqonuniy buyruqni buyruqni olgan shaxs ushbu buyruqni noqonuniy ekanini bilmasa jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.


Har ikkala davlatlarning ham jinoyat huquqi bo’yicha buyuruqni bajarish tushunchasi bir xil va uning jinoyatni inkor etuvchi asoslar va jinoyat deb topadigan asoslar ham deyarli bir xil desa bo’ladi.

7.


Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik (JK 41-modda).
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik qilib,jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishda ifodalanadigan jinoyat deb topilmaydiga harakat tushuniladi.
Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilikni huquqiy asosli deb topish shartlari:

-tavakkalchilik ijtimoiy foydali maqsadga yo’naltirilganligi,

-tavakkalchilik qilmay turib foydali maqsadga erishib bo’lmasligi

-tavakkalchilik zamonaviy ilmiy texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelganligi,

-jinoyt qonuni bilan qo’riqlanadigan boshqa manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko’rgan bo’lishligi.

Tavakkalchilik odamlarning halok bo’lish xavfi,ekologoya halokati yoxud boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo’lsa,asosli deb topilmaydi.

Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilikning oxirgi zaruratdan farqlovchi xususiyatlari quydagilar:

-xavf bilan bog’liq bo’lmasligi,

-ijtimoiy foydali maqasadga erishishga qaratilganligi,

-uchinchi shaxslarga zarar yetkazilishi nazarda tutilishi,

-yetkazilgan zarar chegarasining belgilanmasligi.


Shvetsiya jinoyat huquqiga muvofiq og’ir zarar keltirmaydigan ilmiy izlanish tushunchasiga quydagicha tariff berilgan-qirollik,davlat,jamiyat manfaati uchun foydali bo’lgan ilmiy izlanish,ixtirolar yaratish paytida biror bir shaxsning manfatlariga zarar yetgan biroq og’ir bo’lmagan taqdirda u shvetsiya jinoyat ko’deksi bo’yicha javobgarlikka tortilmaydi.

Ilmiy izlanish atrof muhitga,ekologiyaga,qirollik manfaatlariga,insonlar halokatiga olib kelishini bilib turib qilingan bo’lsa bu qilmish shvetsiya jinoyat huquqi bo’yicha javobgarlikka tortiladi.



Ikkala davlatning ham jinoyat huquqida ushbu tushunchalar mavjud va manolari ham bir biriga o’xshash,ikkala davlat ham ushbu qilmish uchun asoslar yetrliu bo’lsa qilmishni jinoyat deb topmaydi ammo asoslar yetrli bo’lmasa qilmish jinoyat deb baholanadi.



8.

Shaxs jismoniy yoki ruxiy majburlash natijasida huquqlar va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishi.
Shaxs jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida huquqlar va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazganda(ijtimoiy xavfli qilmoish sodir etganda)javobgarlik masalasi oxirgi zarurat holatini hisobga olgan holda hal etiladi.

Yani shaxsga zo’rlik ishlatib yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitib jinoyat qonuni bilan taqiqlangan biron bir aybli ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishga majbur etilsa uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi,oxirgi zarurat qoidalarini inobatga olgan xolda hal qilinishi talab etiliadi.

Agarda ushbu holatda yetkazilgan zarar uning o’ziga nisbatan ishlatilishi mumkin bo’lgan zarardan ahamiyatiga ko’ra kamroq bo’lsa u jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi va u sodir qilgan qilmish oxirgi zarurat xolatida sodir qilingan qilmish deb topiladi.

Kishi zo’rlik ishlatib yoki boshqacha tarzda zo’rlik ishlatib,jinoyat bilan qo’rqitib,boshqa kishini majburlab biron bir ishni qilishlikka majburlasa va jinoyatni bajarishga majbur bo’lgan kishi sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.Sud jarayonida bu ishni o’zi istab qilmaganligi majburan bajarganligi inobatga olinadi.


Ikki kuchli bo’lgan davlatlarning ham jinoyat huquqida bu atamalar 90%bir xil va bu uchun asoslar yetrli bo’lsa jinoyat deb baholanmaydi.



Taxliliy xulosa

Har ikkala davlatni ham jinoyat huquqini solishtiradigan bo’lsak ushbu mavzular va qolgan boshqa mavzular ham deyarli bir xillik kasb etayapti.Biroq xalqning dunyo qarashi, mentaliteti,tarixi,dini nuqtai nazaridan bazi o’xshamasliklar ham uchrab turipti.

Ushbu mavzudan shuni xulosa qilib aytish mumkinki har bitta tushuncha,jazo chorasi, jazoni istisno qiladigan holatlar va yana boshqalar bir xil (bazi bir- tabiiy muhitga, mentalitetga,dinga mos kelmaydigan holatlardan tashqari) huddi Ikki davlat bir biridan nusxa olganga o’xshaydi.
Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling