Nazariy savollar: 16-savol
Download 35.82 Kb.
|
jinoyat yakuniy
Nazariy savollar: 16-savol. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsning yoshini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi tufayli uning yoshi noma’lum bo‘lgan hollarda mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi qanday hal qilinadi. Javob Jinoyat huquqida ma’lum bir qilmishni jinoyat deb atash uchun bu qilmishda jinoyat elementalari (tarkibi) bo’lishi lozim. Jinoyat tarkibi 4 ta zaruriy elementdan iborat. Ya’ni: a) jinoyat obyekti; b) jinoyat subyekti; c) jinoyat obyektiv tomoni; d) jinoyat subyektiv tomoni. Jinoyatning nimaga qarshi qaratilgani — jinoyat obyekti, uning o’zi sodir etilishi — obyektiv tomoni, shaxsning qanday harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilayotgan jinoiy harakatga ruhiy munosabati, yaʼni jinoyatning qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan qilinishi — subyektiv tomoni, jinoyat kim va qanday shaxs tomonidan qilinganligi — jinoyat subyekti hisoblanadi. Jinoyat subyekti bu – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan voyaga yetgan aqli raso shaxs tushuniladi. Ya’ni qilimishni sodir etgan shaxs voyaga yetgan, aqlini tanigan, jamiyat a’zolari bilan mnosabat qila oladigan shaxsdir. Voyaga yetmagan shaxs bu – amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq 18 yoshga yetmagan fuqaro hisoblanadi. Lekin javobgarlikka tortish yoshi tushunchasi ham mavjud. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 17-moddasi 1-qismiga ko’ra 16 yosh javobgarlikka tortish yoshi etib belgilangan. Ya’ni jinoyat qonuni subyekti bo’lishi uchun shaxs 16 yosh va undan katta bo’lishi lozim. Qonun chiqaruvchi ma’lum bir yoshni belgilash vaqtida shaxsning hayotiy tajribasi, ijtimoiy-ruhiy holati darajasini hisobga olgan. JKda ko’pchilik jinoyatlar uchun javobgarlik 16 yoshdan belgilangan. Lekin ayrim JKning ayrim moddalariga binoan 13-14 yoshli shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Masalan, JK 17-modda 2-qismida “jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-moddaning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar” deb belgilangan. JK 17-modda 3-qismga ko’ra “ jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to’lgan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun javobgar bo’ladilar: qasddan odam o’ldirganlik, qasddan badanga o’g’ir va o’rtacha og’irlikda shikast yetkazganlik, nomusga tegish, bosqinchilik, tovlamachilik, odam o’g’irlash, talonchilik, mashina olib qochish kabilar… Yuqoridagi mantiqiy savolga javob sifatida O’zbekiaton Respublikasi Oliy Sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida” gi 21-son qarori 5-qism 1-bandiga muvofiq hal qilinadi. Ya’ni “ Sudlar JPKning 548-moddasiga ko‘ra voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qatoriga yoshini va shaxsini aniqlashlik ham kirishini nazarda tutishlari zarur. Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi. Sud ishda alnatta voyaga yetmaganlarning tug’ilish guvohnomasi yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishi kerak. Ishda bunfay hujjatlar yo’qligi aniqlangan taqdirda sudning o’zi bunday kamchiliklarni bartaraf qilishi zarur. Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim”.1
Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling