Nazariy savollar: 16-savol


Download 35.82 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi35.82 Kb.
#253692
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jinoyat yakuniy

29-savol. Jinoiy javobgarlikka tortishda muddatlar tushunchasi hamda ushbu muddatlar o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish tartibi qanday?

Javob

Ma’lum bir jinoyat avval sodir etilganidan keyin muayyan vaqt o’tgan bo’lsa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmagan bo’lsa, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat bo’lib qolaversa ham, shaxs oldingiday jamoat uchun xavfli hisoblanmaydi. Chunki oradan vaqt o’tib shaxs ijtimoiy xavfliligini yo’qotadi.

Jinoiy javobgarlikka tortish muddati bu – jinoyat sodir etilgan paytdan boshlab va hukmning qonuniy kuchga kirgan paytigacha qonunda o’rnatilgan muddatlar. Shundan so’ng jinoyat sodir etgan shaxs tegishli shartlar asosida ozod qilinishi lozim.

Ayni shu muddatlarning tugashi shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, jazo muddatlarining o’tganligi sababli javobgarlikdan ozod qilishga, agar qonunda o’rnatilgan muddat davomida jinoyat sodir etgan shaxs tergov va suddan yashirinmagan tartibda ruxsat beriladi.

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish bu - vakolatli davlat organining sudlov yoki ayblovni bekor qilish, shuningdek, jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo’llashni bekor qilish haqidagi aktidir.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 64-moddasi aynan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilishga bag’ishlangan.

JK 64-moddasi 1-qismida to’rtta jinoyat muddati belgilangan, ularning tugashi bilan jiniyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Jumladan:


  • Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – 2 yil;

  • Uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – 4 yil;

  • og’ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – 8 yil;

  • o’ta og’ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – 14 yil o’tib ketgan bo’lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.2

Jinoiy javobgarlikka tortish muddatlarining o’tishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar aybdorlik masalasini hal qilmasdan jinoyat ishini tugatish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda, jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari sud muhokamasi davomida tugasa, sudlanuvchi sud zalida jazo tayinlanmasdan ozod qilinadi.3

Agar javobgarlikka tortish muddatlari daslabki tergov davomida tugasa, unda ish yuqoridagi asoslarga ko’ra tergovchi tomonidan tugatiladi. Agar muddat sud tergovi davomida tugasa, unda shaxsning aybdorligi masalasi hal qilmasdan sud qaror qabul qiladi.

Javobgarlikka tortish muddatlari kalendar yillari bilan hisoblanadigan belgilangan muddatning oxirgi kuni soat 24:00 da tugallanadi.

Kazus:

Voyaga yetmagan F. 2018 yil 14 noyabr kuni taxminan soat 18:00 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasida joylashgan “Salamon” to‘yxonasining ro‘parasida bo‘la turib, boshqa shaxslar bilan bir guruh bo‘lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan ushbu to‘yxonada ishlovchi D. bilan uchrashib, uni hech bir sababsiz haqoratlab, so‘kib, uni qo‘li bilan urib, yerga yotqizganidan so‘ng jinoiy sheriklari bilan tepkilab, do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Sud F.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan 1 (bir) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

1.Vaziyatga huquqiy baho bering. Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turlarini bayon qiling.


Download 35.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling