Dalolatnomalar: normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi)
Download 19.89 Kb.
|
Dalolatnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalolatnoma namunasi
- Далолатнома
- Текширувда иштирок этди
- 1. “Дастлабки маълумотлар”. 2. “Техник регламентлар ёки норматив ҳужжатларнинг мажбурий талабларига риоя қилинишини текшириш натижалари”.
- 3. “Техник регламентлар ёки норматив ҳужжатларнинг мажбурий талабларини бузилиш сабаблари”. 4. “Хулосалар”. Иловалар
Dalolatnoma Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat. Dalolatnomalar: normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi), individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli boʻladi, mas., mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, sud qarorlari) va sharhlovchi (qonunlarni rasmiy izohlashga oid) hujjatlarga boʻlinadi. Notarial dalolatnomalar[tahrir] Qonunda koʻzda tutilgan tartibda tuzilgan, muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan turli hujjatlar ham (mas., fuqarolik holati hujjatlari) dalolatnoma deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi FKning tegishli moddasida quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakligi koʻrsatilgan:
tugʻilish; oʻlim; nikoh tuzilganligi; nikohdan ajralish. Mazkur dalolatnomalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (Fuqarolar yigʻini)da yuritiladi. Qonuniy aktlar[tahrir] Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlik, moliya-xoʻjalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi. Ular:
tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida, qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladi. Dalolatnoma namunasi“Ўзстандарт” агентлиги (ҳудудий СМБ номи) Техник регламентлар ёки стандартларни текшириш ва назорат қилиш ҳамда ўлчовларнинг ягона бирликда бўлишини таъминлаш бўйича 201__ йил “___” ___________ _____ - сонли
Тадбиркорлик субъектини номи, раҳбарини Ф.И.Ш. ва реквизитлари
(Назорат қилувчи органлар фаолиятини мувофиқлаштирувчи Республика кенгашининг қарорини рақами ва санаси ҳамда ҳудудий СМБнинг буйруғи рақами ва санаси кўрсатилади)
(Ф.И.Ш.)
Текширувда иштирок этди: Тадбикорлик субъектининг раҳбари ёки маъсул мутахассиси (лари) ________________________________________________________________________________________________________________ (Лавозими ва Ф.И.Ш.) 1. “Дастлабки маълумотлар”. 2. “Техник регламентлар ёки норматив ҳужжатларнинг мажбурий талабларига риоя қилинишини текшириш натижалари”. 3. “Техник регламентлар ёки норматив ҳужжатларнинг мажбурий талабларини бузилиш сабаблари”. 4. “Хулосалар”. Иловалар: ______________________________________________________________________________________________________ (Далолатномага ҳавола қилинаётган ҳужжатлар рақамланиб ҳар бир ҳужжатни номланиб кўрсатилади) Далолатнома ___ варақда, ____ нусхада расмийлаштирилди. Стандартларни текшириш ва назорат қилиш ҳамда ўлчовларнинг ягона бирликда бўлишини таъминлаш бўйича давлат инспектори (лари) _____________ _________________ (шахсий имзо) (Ф.И.Ш.) Текширув иштирокчиси (лари) __________ _________________ (шахсий имзо) (Ф.И.Ш.)
(шахсий имзо) (Ф.И.Ш.) Download 19.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling