Jinoyat huquqida jinoyatning obyektiv tomoni haqida talaba A. U. ustoziga


Download 157.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi157.55 Kb.
#1009317
  1   2
Bog'liq
Xusan. Jinoyat huquqi



4-kazus. 
Jinoyat huquqida jinoyatning obyektiv tomoni haqida talaba A.U. ustoziga 
murojaat qilib jinoyatning obyektiv tomoni zaruriy va fakultativ belgilari haqidagi 
tushunchalarni tushunmaganligini, Ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya 
qilishda deyarli ahamiyatga ega bo‘lmagan va tasir qilmaydigan fakultativ 
belgilar qanday qilib zaruriy belgi bo‘lishi mumkinligini, agar ushbu fakultativ 
belgilar zaruriy belgiga aylanadigan bo‘lsa Jinoyat obyektiv tomonining 
belgilarini zaruriy va fakultativ belgilarga bo‘lish maqsadga muvofiq emasligini 
bildirdi. 
1. Ushbu holatda talaba tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga 
to‘g‘ri yechim bering. 
2. Jinoyat obyektiv tomoni tushunchasi va belgilarini tahlil qiling.
3. Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy va fakultativ belgilar deganda 
nimani tushunasiz? Ushbu belgilarni batafsil tahlil qiling. 


Islohotlar jadal rivojlangani sayin jinoyatlar soni va turi kengayib bormoqda. 
Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar 
vazirining huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha 
bergan axborotiga ko‘ra, 2021-yilning 6 oyida Respublika miqyosida sodir etilgan 
umumiy jinoyatlar soni 45 630 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatgich har 100 ming aholi 
uchun o‘tgan yilga nisabat 111,9 foizga ortgan. Albatta, bu sonlar odamni xursand 
qilmaydi. Negaki, bu raqamlar ortida bir insonning taqdiri, uning oilasi yotibdi. 
Davlat ham mahkumlar sonining ortishini istamaydi. Chunki, har bir mahkumni 
tarbiyalash, uni ijtimoiy, moddiy jihatdan ta’minlash uchun juda ko‘p mablag‘ ham 
sarf etadi. Undan tashqari, jinoyatchilik avj olgan hududga investitsiyalarning kirib 
kelishi va shartnomalar tuzilishi ham qiyinlashadi.
Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Investitsiya olib kelayotgan odam 
internetdan ko‘radi: tinchmi yoki notinchmi davlat, deb. Kelib kechalari ham 
bemalol yurishi kerak. Bizda oldin soat sakkizdan keyin hammayoqni yopib qo‘yib, 
qorovullik qilardik. Bolalarimiz keyin qayerga borishni bilmay yurardi. Borsin, 
aylansin. Lekin qonun ustuvorligini davlat ta’minlashi kerak
1
.
Prezidentimizning mazkur so‘zlari ham bejizga emas. Fuqarolar o‘z erklarini 
o‘zlari istaganicha amalga oshirsin, lekin har qanday harakat qonun bo‘yicha 
bo‘lsin. Afsuski, yuqoridagi sonlar buni aksini ko‘rsatmoqda.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Yuqoridagi sonlar nima uchun bunchalik 
qo‘rqinchli? Jinoyatning turi ko‘pligi uchun jinoyatlar ortib bormoqdami? Biz 
qanday harakatlarni jinoyat deb ataymiz? Jinoyatning tashqi ko‘rinishi qanday? 
Keling, bu savollarga birma-bir javob beraylik! Jinoyat qonunchiligida 
yetakchi manbalardan biri 22.09.1994 yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi 
hisoblanadi va u 8 bo‘lim, 24 bob, 302 ta moddadan iborat. Aynan, shu moddalar 
tarkibidagi harakatlargina jinoyat deb baholanadi. Agarda bizning harakatimiz 
ushbu kodeks bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, u holda bizni hech qaysi davlat organi 
jinoyatda ayblab javobgarlikka tortishi mumkin emas. Biz harakatning belgilariga 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2019 yilda Oliy Majlisga murojjatnomasida so’zlagan nutqidan// 
URL: 
https://kun.uz/uz/99444746
  


qarab, uni jinoyat deb atashimiz mumkin. Bundan kelib chiqib jinoyat ham o‘zining 
inkor etib bo‘lmaydigan belgilariga ega. Ular quyidagilar: 
— ijtimoiy xavflilik; 
— huquqqa xiloflik; 
— aybning mavjudligi; 
— jazoga sazovorlik; 
Biz bugungi kazusimizda jinoyatning ijtimoiy xavflilik belgisi haqida batafsil 
to‘xtalamiz. Negaki, jinoyatning obyektiv tomonini o‘rganishda ijtimoiy xavflilik 
darajasi juda muhim. Ijtimoiy xavflilik umumjamiyat manfaatlari nuqtai nazarida 
shaxsning xulq-atvorini baholashga imkon beruvchi jinoyat-huquqiy muhofaza 
obyektlariga zarar keltiruvchi obyektiv xususiyatini belgilaydi
2
.
Talaba A. jinoyat obyektiv tomonining zaruriy va fakultativ belgilarini 
tushunmaganligini aytdi. Biz, talabaga tushunarli bo‘lishi uchun qo‘shimcha 
ma’lumotlar bilan soddalashtirilgan tartibda tushuntirishga harakat qilamiz. 
Jinoyatning obyektiv tomoni deganda nimani tushunamiz?
Jinoyatning obyektiv tomoni – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatlarga zarar yetkazuvchi yoki zarar yetkazish real xavfiga ega bo‘lgan 
jinoiy namoyon bo‘lishning tashqi shaklidir
3
. Ya’ni, har qanday g‘ayriijtimoiy
xulq-atvorimizning tashqi ko‘rinishi obyektiv tomon hisoblanadi. Bu degani har 
qanday huquqqa zid harakat jinoyat deb topiladi degani emas, balki faqatgina jinoyat 
qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazuvchi harakat va 
harakatsizlikni jinoyatning obyektiv tomoni deb ataymiz. Zarar yetkazish real xavfi 
deganda, bizning harakatlarimiz natijasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 
ijtimoiy munosabatlarga bo‘ladigan har qanday tajovuz tushuniladi. Ya’ni qandaydir 
oqibat yoki zarardan tashqari, oqibat keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlarimizni 
o‘zi ham jinoyat deb topilishga sabab bo‘ladi. Buni biz formal va kesik tarkibli 
jinoyatlar misolida o‘rgangan edik.
2
Rustambayev M.X O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, 
to’ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 117-
bet. 
3
Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. Ma’sul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 
65-bet.


Jinoyatning obyektiv tomoni qanchalik zarur? Birinchidan, obyektiv tomon 
jinoyatning tarkibiy elementi sifatida ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb atashimiz 
uchun zarur. Har qanday harakatni obyektiv tomon va jinoyat tarkibi elementlarining 
boshqa qismlarisiz jinoyat deb atay olmaymiz. Ikkinchidan, obyektiv tomon 
jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilab beradi. Ya’ni jinoyatning tashqi 
ko‘rinishiga qarab ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va 
o‘ta og‘ir jinoyat ekanligini bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari obyektiv 
tomoni jinoyatimizning tamom bo‘lish vaqti va bosqichlarini ifodalaydi. Jinoyat 
qonunchiligida tamom bo‘lmagan jinoyat tushunchasi mavjud. Aynan obyektiv 
tomonning oxiriga yetmay qolishi natijasida jinoyat tamom bo‘lmagan deb ataladi. 
Obyektiv tomonning yana bir zarur jihati, jinoyatlarni bir-biridan farqlash imkonini 
berishidir. Ko‘pgina jinoyatlarning obyekti bir xil bo‘lishi mumkin. Misol uchun, 
mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlarda maxsus obyekt o‘zgalarning mol-mulkka 
bo‘lgan huquqi hisoblanadi. Bu kabi jinoyatlarning obyekti bir xil bo‘lganligi bois, 
obyektiv tomon ularni tashqi ko‘rinishiga qarab turlarga bo‘ladi. Misol uchun, 
o‘g‘rilik, bosqinchilik, firibgarlik kabi jinoyatlar bunga misol bo‘la oladi. Endi 
obyektiv tomonning zaruriy va qo‘shimcha belgilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Zaruriy belgilar – jinoyat tarkibining barcha turlariga xos. Moddiy tarkibli 
jinoyatlarda zaruriy belgi ijtimoiy xavfli qilmish, oqibat, qilmish va oqibat 
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. Formal va kesik tarkibli jinoyatlarda faqatgina 
qilmish zaruriy belgi sanaladi
4

Jinoyatlar tarkibining tuzulishiga qarab: moddiy, formal va kesik tarkibli 
jinoyatlarga bo‘linadi. Moddiy tarkibli jinoyatlarning asosiy sharti bu oqibatning 
mavjudligidir. Bu degani oqibat talab qiluvchi jinoyatlarimiz mavjud
(JK 104,105, 116, 117-moddalar). Formal va kesik tarkibli jinoyatlarda esa oqibat 
talab qilinmaydi, balki ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilganlik fakti ham yetarli 
hisoblanadi (JKning 230, 232, 234, 239-moddalari).
Ijtimoiy xavfli qilmish harakat va harakatsizlikda namoyon bo‘ladi.
Harakat – jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni 
4
Jinoyat huquqi (umumiy qism). Yuridik texnikum o’quvchilari uchun darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2021. 68-bet.


o‘zgartirishga bo‘lgan shaxsning faol xulq-atvori bo‘lsa, harakatsizlik sust
xulq-atvor hisoblanadi. Harakat yoki harakatsizlik bo‘lmas ekan, hech qaysi holatni 
jinoyat deb topib bo‘lmaydi.
Jinoiy oqibat deganda, harakat yoki harakatsizlik natijasida jinoyat 
qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishini 
tushunishimiz kerak. Misol uchun, bir shaxsning harakati natijasida boshqa 
shaxsning sog‘ligi va mulkiga zarar yetkazildi. Aynan, yetkazilgan zararni jinoiy 
oqibat deb atashimiz mumkin. Negaki, shaxsning sog‘ligi va mulkiy huquqlari ham 
jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadi. 
Jinoyat qonunida jinoyat tarkibining obyektiv tomoni belgisi sifatida sababiy 
bog‘lanish ko‘rsatilmagan. Ammo, bu sababiy bog‘lanish jinoyat tarkibi obyektiv 
tomonining belgisi emasligini anglatmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmishning natijasi 
sifatida oqibatning kelib chiqishi qonun moddasining dispozitsiyasida ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, uni aniqlash shart, chunki subyektning sodir qilgan qilmishi va jinoiy oqibat 
o‘rtasida sbababiy bog‘lanish bo‘lmasa, subyekt jinoiy javobgarlikka tortilmaydi
5

Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, jinoiy oqibat aynan bizning qilgan 
harakatimiz natijasida kelib chiqqan bo‘lishi yoki kelib chiqishi mumkinligi 
anglashilishi zarur. Misol uchun, yoqilg‘i quyish shaxobchasiga o‘t ketdi. Video 
kamera kuzatuvida bir shaxsning sigaret chekib turganligi aniqlandi. 
Gumonlanuvchi sifatida u tergovga jalb qilinadi, lekin ma’lum bo‘lishicha elektr 
tarmog‘idagi qisqa tutashuv natijasida u yerda o‘t chiqqan. Agarda, o‘sha shaxsning 
sigaret chekishi va undan chiqqan uchqun natijasida o‘t chiqqanda edi uni 
javobgarlikka tortishimiz mumkin edi. Ammo, yuqoridagi harakat va oqibat 
o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lmaganligi sababli jinoiy javobgarlikka tortilmadi.
Biz yuqorida jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilari haqida kengroq 
tushunchaga ega bo‘ldik. Bundan tashqari jinoyatning fakultativ belgilari ham 
mavjud. Ular: jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli, predmeti va 
vositasi kabilardir. Bu belgilarning yo‘qligi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda 
5
Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R.Kabulov, A.A. Otajonov 
va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 111-bet.


ahamiyat kasb etmaydi. Ammo, shunday holatlar borki, fakultativ belgilar 
jinoyatning zaruriy belgisiga aylanadi.
Sanab o‘tilgan belgilardan biri, agarda u Jinoyat kodeksining Maxsus qismi 
moddalarining dispozitsiyasida nazarda tutilgan bo‘lsa, unda jinoyat tarkibining 
asosiy shartli belgisi sifatida namoyon bo‘ladi, bu esa uni so‘zsiz aniqlashni talab 
qiladi. Aniq sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda bu holatlarning yo‘qligi 
shaxsning harakatida mazkur jinoyat tarkibining yo‘qligidan dalolat beradi
6
.
Qonun chiqaruvchi JK ning Maxsus qismidagi moddalarda jinoyat obyektiv 
tomonining fakultativ belgilaridan hech bo‘lmaganda bittasini aks ettirishi natijasida 
u belgi jinoyatning zarur belgisiga aylanmoqda, ya’ni moddada ko‘rsatilgan belgi 
ijtimoiy xavfli qilmishimizda bo‘lmasa, biz u modda bilan javobgarlikka 
tortilmaymiz, lekin harakatimizda boshqa bir moddaning to‘liq tarkibi uchrasa o‘sha 
modda bilan javobgarlikka tortilishimizga asos bo‘ladi. Misol uchun, ayolni o‘z 
homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sun’iy tushirilgan 
bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi
7
. Bu yerda zaruriy belgilar qatoriga majburlash 
usuli qo‘shilmoqda. Ya’ni, majburlashning bo‘lmasligi JK ning 115-moddasi 
tarkibini bermaydi. Yoki, JK ning 119-moddasini ham bunga misol qilib olsak 
bo‘ladi.
Yuqorida talaba A. agar ushbu fakultativ belgilar zaruriy belgiga aylanadigan 
bo‘lsa, Jinoyat obyektiv tomonining belgilarini zaruriy va fakultativ belgilarga 
bo‘lish maqsadga muvofiq emasligini bildirdi. Biz talabaga boshqacha tushuncha 
bergan bo‘lar edik. Tushunarli bo‘lishi uchun jinoyatning obyektiv tomonini soatga 
qiyoslaylik. Soat ichidagi mexanizmlar uning zaruriy belgilari, agar mexanizm 
ishlamas ekan, soat ham ishlamaydi. Aynan mexanizmni borligi bu predmetni soat 
ekanligini bildiradi. Qolgan qo‘shimcha qismlari, soat millari, uning oynasi esa 
obyektiv tomonning fakultativ belgilari. Agar soat millari ham mexanizm ichida 
bo‘lganda edi biz vaqtni bila olmas edik. Fakultativ belgilarni zaruriy belgilarga 
6
Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik / A.S.Yakubov, R.Kabulov va boshq. — T.: O’zbekiston Respublikasi IIV 
Akademiyasi, 2009. — 127-bet. 
7
O’zbekiston Respublikasining 22.09.1994 yildagi Jinoyat kodeksi 115-moddasi (Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son) URL: 
https://lex.uz/docs/-111453
  


qo‘shib yuborilishi obyektiv tomonning murakkablashuviga olib kelar edi. Natijada 
jinoyat turlari kamayishi ham mumkin. Shuning uchun ham har qanday harakatni 
jinoyatning obyektiv tomoni deb atashimiz uchun uchta zaruriy belgining o‘zi 
yetarlidir. Fakultativ belgilar esa, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ishlatiladi. Bu 
belgilar orqali ijtimoiy xavflilik darajasini va jinoyat turini ham belgilash mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, talaba A. ga jinoyatning obyektiv 
tomoni jinoyat tarkibiy elementi sifatida juda zarurligi, obyektiv tomon jinoyatning 
ijtimoiy xavflilik darajasini belgilashini, obyektiv tomonning zaruriy belgilari, agar 
bu belgilardan bittasining ham yetishmasligi obyektiv tomonning vujudga kelishiga 
to‘sqinlik qilishi, fakultativ belgilar jinoyat kvalifikatsiya qilinganda inobatga 
olinmasligi, agar moddada qo‘shimcha belgilarning birini aks ettirilishi uning 
zaruriy belgiga aylanishi mumkinligini tushuntirish kerak. Undan tashqari obyektiv 
tomonni zaruriy va fakultativ belgilarga bo‘lish maqsadga muvofiqligi, shartligi va 
sabablarini o‘rgatish kerak. Yuqoridagi ma’lumotlarning o‘zi yetarli bo‘ladi degan 
umiddamiz! 



Download 157.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling