Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari


Download 0.86 Mb.
bet5/39
Sana08.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1254183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Tadqiqotning vazifalari:

  • Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining muomala madaniyatini shakllantirishga oid g’oyalarini o’rganish.

  • Yangi pedagogik texnologiyalardan kelib chiqadigan bo’lsak bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishni takomillashtirish, professional ta’lim mutaxassislarining kasbiy madaniyatini shakllantirish omillarini o’rganish.

  • Kasbiy, pedagogik-psixologik va boshqa fanlarni o’qitish jarayonida bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish omillarini tadbiq etish imkoniyatlarini o’rganish.

  • Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish.

Tadqiqotning farazlari: Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayoni shu vaqtda muvaffaqqiyatli va samarali bo’ladiki» Agar:
-bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishning asosiy shartlari haqqoniy aniqlansa;
-bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy vaziyat nazarda tutgan holda amalga oshirilsa;
-bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lib, uning o’ziga xos omillari, metodlari, vositalari zamonaviylashtirilsa.
Adabiyotlar tahlili: U. Abdusamatovning magistrlik dissertatsiyasida bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilari pedagogik madaniyatini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
L.Yangiboevning magistrlik dissertatsiyasida bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilari kommunikativ ko’nikmalarini shakllantirish usullari bayon etilgan.
A. Irisovning magistrlik dissertatsiyasida bo’lajak professional ta’lim o’qituvchisining pedagogik texnologiyasini tarkib toptirish usullari, ya’ni pedagogik texnologiya xaqida tushuncha, uning xususiyatlari, interfaol metod, asosida o’qitish metodikasi bayon etilgan. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining pedagogik mahoratini shakllantirishga oid masalalar bilan A.D. Redjaboev, R.A. Hamroqulov, A.Yu. Sotvoldiev, U.S. Temirova va boshqalar shug’ullanishgan.
R.A. Hamroqulovning ilmiy ishida bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda muomala madaniyatining quyidagi qirralari, yo’nalishlari shakllantirilishi kerakligi aniqlangan:

  • pedagoglar va bo’lajak rahbarlar o’rtasidagi munosabat;

  • ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi munosabat;

  • mashg’ulotlar jarayonidagi munosabatlar;

  • bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilari xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish;

  • ommaviy ishlar jarayonida rasmiy munosabatning elementlarini

shakllantirish;

  • hamkasblar o’rtasidagi munosabat

Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda milliy qadriyatlarning ta’sir kuchi nihoyatda katta. Ular ijtimoiy ongning muhim shakllari sifatida o’quvchilarning ongi, xulqi, hatti–harakatlarida faoliyatlariga ta’sir etadi va o’quv jarayonida, darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonida o’zining qimmatini oshirishni ham ta’minlaydi. Bundan kelib chiqqan holda magistrlik tadqiqot mavzusini “Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari” deb nomladik.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling