Bob. Buxoro amirligining xonliklar davrida siyosiy faoliyati va o’rni


Buxoro amirligida harbiy, diniy va sud sohasidagi davlat muassasalari faoliyati


Download 208.7 Kb.
bet11/16
Sana01.05.2023
Hajmi208.7 Kb.
#1419546
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
buxoro

Buxoro amirligida harbiy, diniy va sud sohasidagi davlat muassasalari faoliyati


Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida harbiy- ma’muriy va din peshvolarining tutgan o‘rni ham o‘ziga xos bo‘lgan. amirlikda din
vakillari juda ko‘p bo‘lgan va ular ta’sirli kuchga ega bo‘lishgan. Din vakillari aksariyat hollarda imtiyozli guruhlardan - sayyid va xo‘jalardan tashkil topgan edi. Rossiya istilosiga qadar bo‘lgan davrda jamiyat madaniy hayotiga mas’ul bo‘lgan shoirlar, mudarrislar, talabalar hayotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmagan. Asosiy soliq to‘lovchi aholi, jamiyat moddiy boyliklarini yaratuvchi ijtimoiy tabaqa bo‘lgan raiyat, ijtimoiy tabaqaning quyi qismida qolib, ijtimoiy adolatsizliklarning asosiy og‘irligi ular zimmasida edi. Mang‘itlar davrida ham Buxoroda qulchilik saqlangan edi. Qullar asosan rus, eron millatlariga mansub bo‘lib, harbiy talonchilik yurishlarida qo‘lga olinar va turkmanlar yoki qozoqlar tomonidan Buxoro bozorida sotilar edi. amirlikda davlatni ijtimoiy tabaqalarga
bo‘lishda aholining qaysi millat yoki urug‘ga mansubligiga ham e’tibor berilgan.
Buxoro qozikaloni huzurida qirq a'lam va 12 muftiydan iborat rivoyatlar tuzuvchi muftiylar devoni bo`lgan. Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori mavqega ega bo`lgan. Ular katta yerlarga egalik qilar edi. Shayxulislom bosh ruhoniy va adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat ma'naviy hayotini boshqargan. Sud hokimiyati ruhoniylar qo`lida bo`lgan. Barcha qozilar (qozi-ul- quzzot) qozikalonga bo`ysungan. Davlat boshqaruvida u yoki bu lavozim vazifasiga qarab o`zgarib turgan.
Buxoro qozi kaloni huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat rivoyatlar tuzuvchi muftiylar devoni bo’lgan. Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori mavqega ega edi. Ular katta yerlarga egalik qilardi. Shayxulislom bosh ruhoniy va adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat ma’naviy hayotini boshqargan.
Sud hokimiyati ruhoniylar qo’lida bo’lgan. Barcha qozilar qozi kalonga bo’ysungan. Davlat boshqaruvida u yoki bu lavozim vazifasiga qarab o’zgarib turgan.



Download 208.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling