Bob. Buxoro amirligining xonliklar davrida siyosiy faoliyati va o’rni


Download 208.7 Kb.
bet9/16
Sana01.05.2023
Hajmi208.7 Kb.
#1419546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
buxoro

Muboshir (arabcha – ish – yurituvchi) – biror ishga boshchilik qiluvchi, boshqaruvchi, boshliq. Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor28.
Mushrif (arabcha – boshqaruvchi) – Buxoro xonligida xazinadan beriladigan sovg’a-salomlarni ajratuvchi, hisobga oluvchi amaldor. Buxoro amirligida mushrif a) oliy davlat nazoratchisi (mushrifi kalon); b) amirning shaxsiy kotibi.


27 Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. – Тошкент, 1996. –Б. 154.
28 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.274.
Oftobachi – O’rta Osiyo xonliklarida saroy mansabi. Masalan, Buxoro
xonligi amir qo’l yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli shaxs hisoblangan. Saroyga kelgan mehmonlarga ham oftobachi xizmat qilgan.
Og’aliq – Buxoro xonligidagi mansabdor shaxs. Xon, amir maslahatchisi. Shayboniylar davrida joriy etilgan. Xonlikdagi 4 beklik (Chorjo’y, Qarshi, Shahrisabz va Kitob) uzoq vaqt markaziy hokimiyatga bo’ysunmay kelganlari tufayli xonlik bilan bekliklar aholisi o’rtasida vositachilik rolini o’ynovchi oftobachi mansabi ta’sis etilgan. Yurtning eng hurmatli, nufuzli oqsoqollaridan xalq yig’inlarida og’aliq mansabiga tavsiya etilgan kishiga amirlik tomonidan maxsus yorliq berilgan. Og’aliq xonlik va xalq o’rtasidagi vakil hisoblanib, aholi turmushining barcha dolzarb masalalarini echish huquqiga ega bo’lgan. Viloyat va saltanat miqyosidagi eng muhim masalalarda ham og’aliqqa murojaat qilingan. U xalq ommasini amaldorlarning turli tazyiqlaridan himoya qilgan. Og’aliqning eng asosiy vazifasi – xalq bilan bek va amir o’rtasida murosachilik yuritish, fuqarolar kayfiyatidan xabardor bo’lish hamda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsiz tasodiflarni bartaraf etishdan iborat edi.
Parvonachi – hukmdor farmoni va buyruqlarini bituvchi kotib. Buxoro xonligida parvonachi amirning tayanchi hisoblangan oliy lavozimlardan biri, otaliq hamda devonbegidan keyingi uchinchi mansabdor shaxs. Parvonachi amir tomonidan chiqarilgan yorliqlarni arkoni davlat hamda beklarga taqdim etgan, ayni chog’da xonlikda yashovchi arablar ishi bilan shug’ullanish uchun mas’ul hisoblangan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi taqdim etgan farmonni uch kun mobaynida o’z sallasiga qistirib yurishi lozim bo’lgan. Amir qabulxonasida parvonachi uchun maxsus o’rindiq bo’lgan. Parvonachi ba’zan harbiy harakatlarda ishtirok etib, muayyan qismlarga qo’mondonlik qilgan29.
Xazinachihukmdorning pullari, qimmatbaho buyumlari va boshqa moddiy boyliklarini saqlovchi shaxs. Buxoro xonligida xazinachi nisbatan quyi mansablardan biri hisoblangan.
29 Усмонов Қ., Содиқов М., Бурхонова С. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. –Т., 2005. –Б. 174.

Download 208.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling