Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


BOB. DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLAShTIRISh TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIGA UMUMIY TAVSIF


Download 122.22 Kb.
bet4/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
asi

BOB. DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLAShTIRISh TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIGA UMUMIY TAVSIF.

    1. Siyosiy partiyalar va ularni davlat boshqaruvi tizimida tutgan o‘rni.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda bevosita ishtirok etuvchi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish jarayonlari tobora chuqurlashib bormoqda.
O‘zbekiston siyosiy tizimi zamonaviy siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari va omillariga moslashish hamda uyg‘unlashish sifatlariga ega bo‘lib bormoqda. Mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan ko‘ppartiyaviylik tizimi bugungi kunda izchil rivoj topmoqda. Siyosiy partiyalarning islohotlar jarayonidagi jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishdagi roli va ahamiyati kuchayib borayapti. Partiyalar faoliyatining tashkiliy-huquqiy, moliyaviy shart-sharoitlari mustahkamlanmoqda, ularning xalq orasidagi obro‘si ortib, davlat ahamiyatiga molik qarorlar qabul qilishdagi ta'siri tobora kuchayib bormoqda.
Siyosiy plyuralizm va ko‘ppartiyaviylik jamiyat ijtimoiy hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ushbu qoidaning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi vositachilik roli, konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi oliy darajada e'tirof etilganligini anglatadi.
Endi qisqacha siyosiy partiyanin mohiyatiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, jamiyatda siyosiy partiyalarning mavjudligi va erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidir. Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta'siri ularning jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya'ni siyosiy partiya xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini ifodalovchi yirik ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham siyosiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi va uning asosiy bo’g’inlaridan biri siyosiy partiyalardir.
Partiya (lotincha Partio – bo’laman, ajrataman) – g’oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish maqsadida tuzilgan kishilar guruhidir15. 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga ko’ra, siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashma hisoblanadi.
Siyosiy partiya – bu jamiyatdagi ma’lum bir guruhlar, toifalar, qatlamlarning qiziqishlarini aks ettiradigan hamda davlat hokimiyatini tashkil etish va davlat ishlarida qatnashish orqali ularni amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadigan kishilar birligini ifodalaydi16. Boshqacha aytganda, siyosiy partiyalar mamlakatdagi muayyan aholining yoki guruhlarning manfaatlarini, maqsadlarini va intilishlarini ifodalaydigan hamda qonuniy vositalar yordamida ularni davlat siyosati darajasiga ko’tara oladigan jamiyatdagi yagona kuch hisoblanadi. Aynan mana shu jihati, ya’ni siyosiy hayotdagi bevosita ishtiroki bilan o’z manfaatlarini ifodalashi orqali siyosiy partiyalar boshqa jamoat tashkilotlaridan farqlanadi.
Siyosiy partiyalar zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy tizimining muhim ajralamas qismidir. Davlat va huquq nazariyasidan bizga ma’lumki, siyosiy tizim – bu xalq irodasiga muvofiq davlatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy institutlar, siyosiy normalar, prinsiplar, jarayonlarning o’zaro aloqadorligi va mushtarak yig’indisi. Ramziy ma’noda aytganda, siyosiy tizim davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi siyosiy muassasalar yoki tashkilotlarning harakatlanish maydonidir, ushbu siyosiy maydonning



15O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.6-tom. – Toshkent: 2010. – B. 698.
16 Bekov I, Abbosxo’jayev Sh. Siyosiy partiyalar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi. –Toshkent: O’zbekiston, 2007. –B.5.
barqarorligini mustahkamlovchi asosiy poydevor – siyosi partiyalardir.Zero, siyosiy partiyalar hokimiyat konstitutsiyaviy-huquqiy tuzilishining barcha bo’g’inlariga singib ketgan holda nafaqat uni shakllantirishda, balki faoliyat yuritishida ham hal qiluvchi rol o’ynaydilar.
Demak, siyosiy partiyalarning mavjud bo’lishi va real munosabatlarni aks ettirgan holda faoliyat ko’rsatishi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish asosidir. Real ijtimoiy munosabatlar sharoitida siyosiy partiyalar haqiqiy demokratiya hamda fuqarolik jamiyati uchun bevosita va bilvosita omil bo’lib xizmat qiladi. Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta’siri ularning jamoat tashkiloti ekanligidan kelib chiqadi, ya’ni siyosiy partiya xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini ifodalovchi yirik xalq tashkiloti sifatida namoyon bo’ladi.Turli xil partiyalarning mavjud bo’lishi natijasida esa jamiyatda siyosiy fikr, qarashlarning xilma-xilligi (plyuralizm) vujudga keladi.“Plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning rangbarangligi ma’rifiy jamiyatga xos bo’lib, muayyan haqiqatni turlicha izohlash, tushunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi”17.
Shunday ekan, hech bir demokratik huquqiy davlatning siyosiy tizimni siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Shunga qaramasdan, siyosiy partiyaga ega bo’lmagan davlatlar hozir ham mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, bunday davlatlar;
Birinchidan, siyosiy an’analari va siyosiy tuzilishi rivojlanmaydigan, fuqarolarning siyosiy intilishlarini ifodalovchi tashkilotlarga hali muhtoj bo’lmayotgan o’ziga xos aholisi bo’lgan davlatlardir (Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Qatar, Ummon, Butan va boshqalar);
Ikkinchidan, harbiy to’ntarishlardan keyin zo’rlik bilan partiyalarning qonuniy faoliyatini tugatadigan totalitar rejim asosidagi davlatlar (hozirgi Nigeriya, 1970-1980-yillarda Prezident Pinochet boshqaruv davridagi Chili va boshq.).





17 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: O’zbekiston, 2000. – B. 19.
Konstitutsiyamizning 12-moddasida belgilanganidek, mamlakatda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Bu esa o’z-o’zidan jamiyatda siyosiy plyuralizmninng vujudga kelishini kafolatlaydi.Konstitutsiyamizning 60-moddasidagi “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tashkil etishda ishtirok etadilar”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Partiya degani - bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g‘oya uchun, uning jamiyatda ustuvor bo‘lishi va ro‘yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma'nosini mana shu nuqtai nazardan tushunar ekanmiz, qancha partiya bo‘lsa bo‘laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beri- ladi”18.
Shuning uchun ham dastlabki yillarda mamlakatimiz mustaqillikka erishish davriga kelib, partiya a'zolari orasida mustaqillik g‘oyalari kuchayib, ular amaliy ishlarga aylana boshladilar. O‘zbekistonda 1989 yilda partiya rahbariyatiga I.A.Karimov kelgandan so‘ng ichki va tashqi siyosatdagi katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshlandi. Oliy Kengash tomonidan 1991 yil 15 fevralda “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning19 qabul qilinishi bilan mamlakatda jamoat birlashmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun ilk bor mustahkam huquqiy asos yaratildi. Ushbu qonunning mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini ta'minlab berishi natijasida yangi siyosiy partiyalarning yuzaga kelishi jarayoni boshlandi. Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta'sis qurultoyida asos solindi. Qurultoy mustaqil O‘zbekiston tarixidagi muhim siyosiy voqyea, ya'ni O‘zbekiston XDP ta'sis etilganligini e'lon qildi.





18 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. –Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B.351.
19O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.– 2014 y., 50-son, 588-modda.
Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar to’rt marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, o‘z saylovchilari ishonchini qozongan holda parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bugungi kunda parlament partiyasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Xususan, 1994 yilgi parlament saylovlari natijasida mazkur partiyadan 69 ta deputat, 1999 yilgi saylovlarda 49 nafar, 2004
yilgi saylovlarda 28 nafar, 2009 yilgi saylovlarda 32 nafar 2014 yilgi saylovlarda 27 nafar deputat saylandi. Ushbu ko‘rsatkichlarning har bir saylovlarda o‘zgarib turishi partiyaning saylovlarga qanchalik tayyorgarlik ko‘rganligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi hisoblanadi. Ushbu partiya 1992 yil 24 mayda bo‘lib o‘tgan ta'sis qurultoyida tashkil topgan. Mazkur partiyaning dastlabki besh yillik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, partiya faoliyatining dastlabki kunlaridanoq, o‘zini ziyolilar, tadbirkorlar doirasidagi yoshlar partiyasi, deb e'lon qilgan bo‘lsa-da, lekin ularning manfaatlarini bir nuqtaga qaratgan holda ifodalab bera olmadi va ularni to‘laqonli amalga oshira olmadi ham”20.
Partiya 1994 yilgi vakillik organlariga bo‘lgan saylovlarda ishtirok etdi, Oliy Majlis deputatligiga 144 nafar nomzod ko‘rsatib, Oliy Majlisda 14 kishidan iborat deputatlar fraksiyasiga ega bo‘ldi. 1999 yilgi saylovlar natijasida esa partiyaning 20 nafardan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi21.
Natijada 2000 yil 14 aprel kuni “Vatan taraqqiyoti partiyasi” va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi va ikkita partiya birlashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biribu

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling