Umumiy embriologiya asoslari


Download 418 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi418 Kb.
#245550
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umumiy embriologiya asoslari


V BOB

UMUMIY EMBRIOLOGIYA ASOSLARI
Embriologiya yunon. embryon - homila va logia - ta’limot demakdir. Ammo bu nom shu fanning mazmunini to`la ta’riflay olmaydi. Embriologiya fani tuxum hujayralarining otalanishidan tortib, tuxum qo`yuvchilarda homilaning tuxum qobig`idan chiqquncha, tirik tu-g`uvchilarda esa homilaning tug`ilguncha bo`lgan davridagi hamma jarayonlarni ta’riflab beradi. Shuningdek, embriologiya fani pushtdan oldingi, ya’ni j i n s i y hujayralarning rivojlanishi hamda homila tug`ilganidan keyingi dastlabki davrni ham o`rganadi. Chunki taraqqiyoti mutlaqo tuxum qobig`ida yoki tug`ilguncha tugallanib, so`ngra rivojlanmaydigan birorta organizm yo`q. Sut emizuvchilarda organlarning tuzilishi va funksiyasy voyaga yetgan organizmning a’zolari holatini tug`ilgandan so`ng ma’lum vaqt o`tgandan keyingina egallaydi.

Embriologiya organizmning normal individual taraqqiyoti va patologik holatlarda embrion rivojlanishinyng buzilishsabablarini va ularning oldini olish yo`llarini o`rganadi. Shuning uchun embriologiya organizmlarning individual taraqqiyoti - ontogenezning bir qismi hisoblanadi. Embriologiya hamma hujayrali organizmlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlaridan tortib, alohida tip, sinf va tur vakillari uchun xarakterli bo`lgan xususiy rivojlanish jarayonlarini ham o`rganadi. Shuning uchun ham embriologiya fani individual rivojlanishniig keng masalalarini o`rganuvchi u m u m i y va ayrim gruppa hayvonlar taraqqiyotini tekshiruvchi x u s u s i y embriologiyaga bo`linadi. Xususiy embriologiyaning muhim bo`limlaridan biri odam embriologiyasidir.

Embrional taraqqiyotni o`rganish usullari turlichadir. Oddiy va qadimiy usul bo`lgan tasviriy embriologiya pusht taraqqiyotining qanday o`tganini ta’riflab beradi. Turli xil hayvonlar taraqqiyoti jarayonini qiyoslab o`rganuvchi ta’limot kiyosiy embriologiyadir. A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov, E. Gekkel va boshqalarning izlanishlari natijasida qiyosiy embriologiya evolyutsion mazmunga ega bo`ldi. Evolyutsion nazariyani asoslashda muhim rol o`ynagan evolyutsion embriologiya dastlab qiyosiy-tasviriy embriologiyadan kelib chiqdi. Keyinchalik tajriba usuli embriologiyaning asosiy usuli bo`lib qoldi.

K. F. Volf, X. I. Pander va K. M. Ber zamonaviy embriologiyaning asoschilaridan hisoblanadi. Darvinning evolyutsion targ`iboti embriologiya masalalariga materialistik yondoshish uchun zamin yaratdi. Rus olimlaridan I. I. Mechnikov (1845-1916) va A. O. Kovalevskiy (1840-1901) Darvinning evolyutsion nazariyasi bilan qurollanib embriologiyaga ko`pgina yangiliklar kiritdilar. Ular umurtqasiz va sodda umurtqali hayvonlarni o`rganib, turli sinf hayvonlar embrional takomil davomida o`xshash davrlarni boshdan kechirishlarini (masalan, embrional varaqlarni) ko`rsatib berdilar. Bu bilan hayvonot dunyosining birligi yana bir bor tasdiqlandi. I. I. Mechnikov va A. O. Kovalevskiyning bu tadqiqotlari evolyutsion gistologiya va embriologiyaga asos bo`ldi. Hayvon organizmi individual taraqqiyotining hamma jarayonlarini 3 davrga bo`lish mumkin.

1. Taraqqiyotning homiladan oldingi davri - bu jinsiy hujayralarning rivojlanishi va yetilishini o`z ichiga oladi.

2. Urug`lanish jarayonidan boshlab tug`ilguncha davom etadigan homilaning rivojlanish davri.

3. Taraqqiyotning homiladan keyingi davri - tug`ilgandan to jinsiy balog`atga yetguncha bo`lgan o`zgarishlar davri.

Homiladan avvalgi davr, yuqorida aytganimizdek, jinsiy hujayralarning taraqqiyoti va yetilishini o`z ichiga oladi.



Download 418 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling