Umumiy embriologiya asoslari
AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI
Download 418 Kb.
|
Umumiy embriologiya asoslari
AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI
Tuxum hujayra hamma hujayralar uchun umumiy belgilardan tashqari, bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga quyidagilar kiradi. 1. Yangi organizmning taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan oziqa moddalarning ko`p yoki kam miqdorda bo`lishi. 2. Sitoplazma (tuxum hujayrada ooplazma)ning periferik kismida yuzaki yoki kortikal (cortex - po`st) qavatni va tuxum hujayrani qoplab turuvchi va uni tashqi muhit zararli ta’si-rotlaridan himoya qiluvchi o`ziga xos qobiqlarning bo`lishi. 3. Hujayraning qutbli tuzilganligi, ya’ni har xil tuzilishdagi qutblarning mavjudligi. Tuxum hujayra ko`pincha dumaloq shaklga ega (33-rasm). Uning kattaligi sitoplazmadagi oziqa modda - sariqlikning miqdoriga bog`liq. Hujayraning yadrosi anchagina katta bo`lib, ekstsentrik joylashadi va markazida katta yadrocha tutadi. Yetilgan tuxum hujayrada elektron mikroskop ostida kuchsiz rivojlangan sitoplazmatik to`r, erkin ribosomalar, sitoplazmada teng tarqalgan mitoxondriyalar borligi aniqlangan. 33- rasm. Sut emizuvchilarning yetilgan tuxum hujayrasi. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. 0b. 40. ok. 10. 1-yadro; 2-sitoplazma; 3-yaltiroq qavat; 4-follikulyar hujayralardan hosil bo`lgan «nurli toj», 5 -follikul epiteliysi Tuxum hujayra takomilining ilk bosqichlarida Golji kompleksi yadro atrofida joylashadi. Tuxum hujayra yetilgan sari plastinkasimon kompleks sitoplazmaning chekka qismiga suriladi. Sitoplazmaning shu qismida kislotali glikozaminoglikanlarga boy bo`lgan donachalar joylashib, ular po`stloq (kortikal) qavatni hosil qiladi. Tuxum hujayra urug`langandan so`ng kortikal granulalar urug`lanish qobig`ini hosil qilishga sarf bo`lishi natijasida po`stloq qavat yo`qoladi. Turli hayvon tuxum hujayralari sitoplazmasida sariqlik bo`lib, uning miqdori turlicha. Ularning joylashishi va miqdori embrional rivojlanish yo`llarini belgilaydi. Sariqlik sitop-lazmadagi har xil oziqa moddalardan tashkil topgan kiritmalardir. Tarkibiga ko`ra sariqlik - uglevodli, yog`li va oqsilli bo`lishi mumkin. Oqsilli sariqlik ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki uning miqdoriga qarab tuxum hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda tuxumda ko`p miqdorda to`planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi. Ovotsit tashqi tarafdan hujayra qobig`i bilan o`ralgan bo`lib, u ko`p miqdorda mikrovorsinkalar hosil qiladi. Sut emizuvchilarda tuxum hujayraning o`sishi tuxumdonda, yetilishi esa bachadon naylarida kechadi. Tuxumdondagi ovogoniy hujayralarining o`sish davrida ularni o`rab turgan hujayralar ko`payib ko`p qavatli bo`lib qoladi. Bu hujayralar follikulyar suyuqlikni sekretsiya qilishi natijasida follikulyar hujayralar orasida bo`shliq hosil bo`ladi (34-rasm). Bu bo`shliqning kengayishi davomida tuxum hujayra bir qavat follikulyar hujayralar (nurli toj) bilan o`ralgan holatda qoladi. Hujayralar yassi yoki kubsimon shaklga ega bo`lib, ularning uzun o`simtalari tuxum hujayra mikrovorsinkalarining orasiga kirib, ozuqa moddalarning tuxum hujayraga o`tishiga sharoit yaratadi. Tuxum hujayra qobig`i va follikulyar hujayralar oralig`ida, shu hujayraning mahsuloti bo`lgan glikozaminoglikanga boy yaltiroq qavat joylashadi. Suv hayvonlarida uni dirildoq qobiq deb ham yuritiladi. 34- rasm. Yetilgan ovotsit hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. 1-yadrocha; 2-yadro; 3-kortikal tanachalar; 4-ovotsit yuzasi; 5-yaltiroq qavat; 6-follikul-yar hujayralarning yadrolari; 7 - yaltiroq qavat orqali o’tuvchi nurli toj hujayralari va ovotsitning kichik o`siqchalari; 8-follikulyar suyuqliq bilan to’lgan follikulyar bo’shliq (Rodindan). Download 418 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling