Umumiy embriologiya asoslari
Download 418 Kb.
|
Umumiy embriologiya asoslari
MAYDALANISH
Maydalanish oddiy hujayra bo`linishidan shu bilan farq qiladiki, bu jarayonda hujayralar faqatgina bo`linadi, lekin o`smaydi. Buning natijasida ularning umumiy hajmi zigota hajmidan katta bo`lmay, ko`p hujayralardan tashkil topgan maydalangan shar hosil bo`ladi. Maydalanayotgan bu hujayralar blastomerlar deb ataladi (yunon. blastos - kurtak, meros - bo`-lak). Maydalanish maydalanish egatlari hosil bo`lishi bilan boshlanadi. Maydalanish egatining 4 turi tafovut qilinadi: 1) meridional egat - zigotaning meridional chizig`idan o`tadi; 2) ekvatorial egat zigotaning ekvator chizig`idan o`tadi; 3) longitudinal egat - zigotaning ekvatoriga parallel o`tadi; 4) tangentsial egat - tangentsial yo`nalishda o`tadi. Zigotaning maydalanish jarayoni tuxum hujayraning sitoplazmasidagi oziqa miqdoriga bog`liq, negaki, oziqa moddaning ko`pligi maydalanishni qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik ko`rsatadi. Shunga ko`ra umurtqali hayvonlarda tuxum hujayra maydalanishining 2 turi farqlanadi. 1. Goloblastik yoki to`liq maydalanish. Bunda tuxumning hammasi maydalanadi va maydalanish egati ham animal, ham vegetativ qutblardan o`tadi. Goloblastik maydalanish o`z navbatida 2 turga bo`linadi: a) to`liq, tekis maydalanish (37-rasm, a). Bunday maydalanish natijasida hosil bo`layotgan blastomerlarning hammasi taxminan bir xil kattalikka ega bo`ladi. Bunday maydalanish lansetnikning izoletsital tuxumiga xosdir; b) to`liq notekis maydalanishda (37-rasm, b) tuxum hujayraning hammasi maydalanadi. Lekin vegetativ qutbda sariqlik moddasi ko`p bo`lganligi sababli bu qutbdagi maydalanish animal qutbning maydalanishidan orqada qoladi. Animal qutb blastomerlari tezroq bo`linganligi sababli sariqlikka boy bo`lgan vegetativ qutb blastomerlaridan maydaroq bo`ladi. Bunday maydalapish amfibiylardagi mezoletsital tuxumlarga xosdir. 37- rasm. MaydalaniiGturlari. A - to`liq maydalanish; B - to`liq notekis maydalanish; V - qisman maydalanish .
2. Meroblastik yoki qisman maydalnish. Bu usulda tuxum hujayraning pusht gardishidan iborat animal qutbigina maydalanishda ishtirok etib, buni diskoidal maydalanish ham deyiladi. Tuxum hujayraning oziq moddadan iborat bo`lgan vegetativ qutbi esa maydalanmaydi. Bu yo`l bilan baliqlar, qushlar va reptiliylarning poliletsital tuxumlari maydalanadi (37-rasm, v). Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bo`lishi bilan tugaydi. Lansetnikda va amfibiylarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb ataluvchi devori va bo`shliq - blastotsel farqlanadi (38-rasm, a). Bundan tashqari, blastulaning tomi, tubi va qirg`oq zonalari farqlanadi. Lansetniklarda maydalanish faqat uch xil egatlar (meridional, ekvatorial, longitudinal egatlar) orqali o`tgani uchun blastoderma bir qavatli bo`ladi. Amfibiylarda maydalanish jarayonida yana tangensial egat ham o`tganligi uchun blastoderma ko`p q avatli bo`ladi (38-rasm, b). Notekis maydalanish natijasida blastulaning tomi va qirg`oq zonalari mayda, tubi esa blastotselga bo`rtib chiquvchi sariqlikka boy bo`lgan (davom etuvchi) yirik blastomerlardan iborat. 38-rasm. Blastula turlari. a-lantsetnikning bir qavatli blastulasi; b-amfibiyalarnining ko`p qavatli blastulasi; v- skatning disk shaklidagi blastulasi; g - sut emizuvchilarning zich blastulasi - sterroblastula. Lantsetnik va amfibiyalarda belgilash (markirovka) usuli bilan blastula davridayoq pusht varaqlari va organlarning kurtaklari borligi aniqlangan. Blastulaning tomi bo`lajak ektoderma kurtagidir. Blastula tubi bo`lajak endoterma, qirg`oq zonalari esa bo`lajak xorda va mezodermaning kurtagidir. Baliqlar, qushlar va reptiliylarda meroblastik maydalanish natijasida faqat tomi va qirg`oq zonalari farq qilinadigan blastomerlardan iborat diskoblastula hosil bo`ladi (38-rasm,v). Blastulaning tubini esa maydalanmagan sariqlik tashkil etadi. Blastula bo`shlig`i - blastotsel kichik. Bu yerda sariqlik bilan bog`liq bo`lmagan markaziy blastomerlar va sariqlikda yotuvchi qirg`oq blastomerlari farqlanadi. Qirg`oq blastomerlarining bir qismi sariqlik entodermasini hosil qilishda, qolganlari esa ortiqcha spermatozoidlar kabi merotsitlarga aylanib sariqlikning rezorbtsiyasida ishtirok etadi. Sut emizuvchilarda va odamda maydalanishning boshidayoq bir xil bo`lmagan oqish va qoramtir blastomerlar hosil bo`ladi (38-rasm, g). Maydalanish natijasida blastotsel hosil bo`lmay, balki zich blastula yoki sterroblastula shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bo`lib joylashgan periferik oqish blastomerlar va embrioblast deb nomlanuvchi markaziy qoramtir blastomerlar farqlanadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda, embrioblastlar esa pusht rivojlanishida ishtirok etadi. Sterroblastula bosqichida pusht bachadonga o`tib, uning shilliq qavatiga yopishadi (implantatsiya). Bachadonning shilliq qavatidan sterroblastulaga suyuqlik kiradi va hujayra elementlarini ikki tomonga suradi. Natijada sterroblastula homila pufagiga aylanadi. Uning devori bir qavat trofoblast hujayralaridan tuzilgan bo`lib, ichida, qutblardan birida, embrioblast - homila tuguni joylashadi. Blastulaning hosil bo`lishi bilan homila taraqqiyotining ikkinchi davri tugallanadi va 3-davr - gastrulyatsiya boshlanadi.
Download 418 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling