Bob bo’yicha xulosa:
Hayvonlarning nomi yoki hayvonlarga qo’yilgan laqab bilan qo’llanuvchi frazeologik birliklar zoonimlar deyiladi.
Ingliz FB 3 turga bo’linadi: Qadimdan mavjud bo’lgan ingliz frazeologik birliklari. O’zlashtirilgan frazeologik birliklar. Boshqa tilda gapiruvchi aholidan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar.
Kishilar xis tuyg‘ularini, axloq-odobini, tashqi ko‘rinishini, xolatini jonzotlarga o‘xshatish va taqqoslash yo‘llari bilan tasvirlab berishadi.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, hayvon nomlari bilan kelgan frazeologik birliklarning o'ziga xosligi, emotsionallikni ifodalashiga ko'ra jahl va yomon kayfiyatni, omad va tushkunlikni, baxtlilik va yuqori kayfiyatni, tezlik va omadli yakunni, Qo'rquv va xavotirni anglatuvchi aqllilik va odobni, uyatni, tentaklikni, Kasallik va jismoniy charchoqni bildiruvchi Fblar mavjudligi o’rganib chiqildi.
Etnik mentalitetning asosiy sifati fe’l – atvorning ehtiyotkorligi hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda – hayotiy tajriba, uchinchi o‘rinda mehnatsevarlik turadi. Eng asosini tashkil etadigan omillar bular – sinchkovlik, tavakkal qilish qobiliyatidir.
Tadqiqotlar natijalarida ingliz milliy fe’l atvorini o‘ziga xosligi 144 zoonimli FB tahlili misolida yoritib berildi.
Ingliz tilidagi frazeologik birliklarda uch asosiy zoonim ko’proq ishlatiladi. It, ot va mushuk zoonimlarining frazeologik birliklarda asosan ijobiy ma’noda qo’llanganligiga guvoh bo’lamiz. Ingliz tilida zoonim frazeologizmlar bevosita inson faoliyatida, uning emotsional-ruhiy olamini ifodalash uchun, shungdek o'ziga xos emotsional semani ham mujassamlashtirib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |