Har bir inson o‘z hayotida va shundan kelib chiqqan ish faoliyatida qandaydir tashkilotlar bilan aloqada bo‘lishi muqarrar
Download 126.5 Kb.
|
Har bir inson o
Har bir inson o‘z hayotida va shundan kelib chiqqan ish faoliyatida qandaydir tashkilotlar bilan aloqada bo‘lishi muqarrar. SHu tashkilotlar bilan bo‘lgan bevosita aloqalar jarayonida inson kamol topadi, ishlaydi, o‘qiydi, ilm - fan, madaniyatning tarraqiyotiga ma’lum bir hissini qo‘shadi. Inson faoliyati shu tashkilotlarning ta’sirida amalga oshadi. Tashkilotlardagi faoliyat faqat insonga xos emas. YUz minglab hasharotlardan iborat termitlarning katta hamjamiyati tashkiliy hayotga juda yorqin misoldir. Termitlar inidagi hayot yaxshi tashkil etilganligi bilan farq qiladi. Har bir hasharot ma’lum vazifani faoliyat turi sifatida bajaradi. Bajariladigan vazifalariga ko‘ra termitlar askar, ishchi, o‘ljani tashuvchilar, avlodni davom ettiruvchilar va h.k.larga bo‘linadi. Alohida termit nafaqat boshqa vazifalar elementlarini bajarishi, balki o‘z vazifalarini amalga oshirgandan so‘ng ham boshqa hasharotlar tomonidan albatta o‘ldiriladi. Bir hasharotning termitlar inidagi mavjudligi ahamiyatga ega emas. Termitlar inidagi hayot va mavjudlik faqat umumiylik sifatida muhim. Termitlar inidagi turmushning asosi har bir hasharotning hamjamiyati uchun hayot kechirishi hisoblanadi. Aytish mumkinki, termitlar inidagi tashkiliy hayot keskin va ongsizligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy hamjamiyat ko‘rinishidagi shavqatsiz tashkiliy hayot hayvonot olamining boshqa vakillari-qushlarning ba’zi turlari, primatlar va hokazolarda kuzatiladi. Hayvonlar hamjamiyatidagi tashkiliy hayot farqli xususiyatga ega: hamjamiyat har bir a’zosi bajaradigan vazifa instinkt tarzida, noratsional yuz beradi va ularningbajaradigan funksiyalari o‘rganilmaydi, CHunki, har qanday harakat har bir hasharotda genetik ravishda tug‘madir. Masalan, to‘dadagi eng kuchli erkak maymun tabiiy ravishda zimmasiga etakchi vazifasini oladi, zaifroq to‘da a’zolari unga o‘z-o‘zidan bo‘ysunadilar va hokazo. Insonlar esa o‘z hayotlarini avvaldan unumli, ya’ni qo‘yilgan maqsadga muvofiq tashkil etadilar. Har bir inson ongida vaziyatning istalgan timsolini yaratadi va uni amalga oshirishga intiladi. SHunday qilib, inson birlashmalari asosida bu birlashmalar a’zolari ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikdagi harakat zarurati tushunchasi yotadi. Har bir inson o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlarini qiyoslaydi, bunda imkoniyatlar ko‘pincha noaniq va qiyin amalga oshiriladi. Inson natija va unga erishish usullarini tasavvur etishga qodir. Ko‘pincha maqsadga erishish bir necha yoki ko‘pgina kishilarning birgalikdagi harakatidan foydalanishga asoslangan, chunki ehtiyojlarning ko‘pchiligini bir kishi boshqa shaxslar ishtirokisiz amalga oshira olmaydi. Ibtidoiy jamoa davridayoq, kishilar faoliyati turli-tumanligi (baliqchilik va ovchilik)bilan farqlanmasa-da, kundalik amaliyot jarayonida qabila yashab ketishi uchun kuchlarni birlashtirishga ehtiyoj mavjudligi tan olinadi. Bu ehtiyojni amalga oshirish uchun ijtimoiy uyushmalar shakllana boshlagan. Aytish mumkinki, ijtimoiy hayot kishilar orasidagi uyushmalarda namoyon bo‘ladi. Ular turli ishlarni amalga oshirish, urush, savdoda ishtirok etish yordam ko‘rsatish va hokazolar uchun birlashadilar. Ijtimoiy uyushmalar avvalo kishilar orasidagi ijtimoiy aloqalar bo‘lib, unda qaror qabul qilish uchun asos hisoblangan manfaatlar aks etadi. Ma’lumki, ijtimoiy aloqalar kishilarning birlashishlari jarayonida, ularning hamkorlikdagi faoliyatlarini amalga oshirishlarida yuzaga keladi. Sotsiolog G.Zimmel shunday yozgan edi: ... ijtimoiy uyushmalar turli shakllarga ega bo‘lib, ular ijtimoiy birlashmalarni tashkil etishga undovchi shaxslarning turli-tuman manfaatlari yordamida aniqlanadi. Mazkur shaxslar bu birlashmalarda o‘z manfaatlarini turli usullar yordamida, ya’ni hissiy yoki ideal, tez yoki sekin, ongli yoki ongsiz ravishda amalga oshiradilar». Aytish mumkinki, ijtimoiy uyushmalar kishilarning birgalikdagi faoliyatida rejalashtirilmagan mahsulotni namoyon etadi. An’anaviy urug‘-qabila jamiyatidan murakkab davlat tuzilmalariga o‘tish inson faoliyatining uzoq muddatli maqsadlarga erishishni ko‘zlovchi qat’iy tashkiliy aloqalar va barqaror tashkiliy guruhlar yaratishni talab etuvchi qator sohalari yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Bu ehtiyoj sun’iy tashkilotlar yuzaga kelishida namoyon bo‘ldi. Sun’iy tashkilot ma’lum rejaga muvofiq, ma’lum maqsadga erishish uchun tashkil etilgan va ichki aloqalarning qat’iyligi, tashqi ta’sirga nisbatan mustahkamligi bilan xarakterlanuvchi aloqalar tizimi va ijtimoiy rollarni aks ettiradi. Ta’kidlash joizki, sun’iy tashkilotlarning yuzaga kelishi va keyingi rivoji tashkiliy hayotning tabiiy shakllari to‘liq yo‘qolib ketishini anglatmagan. Hozirgi sharoitda tashkilotning tabiiy shakllari saqlanib qolishini rasmiy qoidalar tashkiliy tuzilma faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning hammasini qamrab ololmasligi bilan izohlash mumkin. Sun’iy tashkilotlar quyidagicha tavsiflanadi: 1) boshqaruv va nazoratning strukturali bosqichma-bosqich oldindan ma’lumotga egaligi; 2) aynan shunday tuzulmalarda shaxsiyatsizlik maqomining tamoyil ekani; 3) rasmiy me’yorlarga asoslangan qat’iy xokimiyat aloqalarining mavjudligidir. Tashkilot» tushunchasi ko‘pincha kundalik amaliyotda qo‘llaniladi, shu bilan birga bu tushunchaga turli tuman mazmun beriladi. A.I.Prigojin «tashkilot» atamasining uchta keng tarqalgan ma’nosini taklif etadi. Birinchidan, tashkilot yangi me’yorlarni ishlab chiqishda, barqaror aloqalarni yaxshilash, ijtimoiy guruhlar a’zolarining alohida harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ba’zi faoliyatlarni anglatadi. Bunday faoliyat «tashkil etish» so‘zi bilan yaxshiroq tavsiflanadi. Uni shaxslarning guruhlardagi kelishilgan harakatlari, kooperatsiyasi va integratsiyasi uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan sinergiyaning samaradorligiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat kabi ham aniqlash mumkin. Masalan, rahbar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi. Bu esa, rahbar ishchilarni ish joylari bo‘yicha operatsiyalar bajarilishida uzluksizlik va jadallikka erishish mumkin bo‘ladigan darajada joylashtirishi lozim. Undan tashqari, u o‘zaro almashinishni ta’minlashi va ishlab chiqarish, ish kuni tartibi, uchastka ishchilari va ta’minotchilarning o‘zaro ta’sirlashish me’yorlarini belgilashi lozim. Bu faoliyat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish deb ataladi. Ikkinchidan, tashkilot ko‘pincha qandaydir ob’ektning atributi, uning xususiyatlari esa yo‘lga qo‘yilgan tuzilma sifatida tushuniladi. Bu ijtimoiy ob’ekt ba’zi ichki tuzilishga egaligi va ma’lum ma’noda bog‘langan qismlardan iborat bo‘lishini anglatadi. Odatda, «tashkilot» atamasi bu ma’noda tashkiliy va notashkiliy tuzilmalarni farqlash uchun qo‘llaniladi. Xususan, qanday guruh tashkil etilmasin, agar unda barqaror ijtimoiy rollar mavjud bo‘lsa (ya’ni, har bir ishchi umumiy ishdan o‘ziga ajratilgan qismni bajaradi), kishilarning hulq-atvorlarini, shuningdek atrofdagi guruhlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar tartibga solib turuvchi qoidalar mavjud bo‘ladi. Uchinchidan, tashkilotning asosida ma’lum umumiy vazifani bajaruvchi institutsional xarakterdagi sun’iy yaratilgan ijtimoiy guruh tushuniladi. Tashkilot nazariyasini aniqlashda to‘rtta asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin: 1. Boshqaruvning zamonaviy amerikacha nazariyasi asoschilaridan biri CH.Barnardning nuqtai nazariga muvofiq tarzda tashkilot - bu boshqa ijtimoiy guruhlardan ongliligi, afzalligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turuvchi kishilar kooperatsiyasidir. Barnard va uning davomchilari asosan kishilarning hamkorlikdagi harakati, ularning kooperatsiyasi, keyin esa maqsadlarga erishish zaruratini ko‘rib chiqganlar. 2. Boshqa yo‘nalishni tashkilot nazariyotchilari D.Marcha va G.Saymonlarning nuqtai nazarlari yaxshiroq tavsiflaydi, unga ko‘ra tashkilot – bu jamiyatda kengroq tarqalgan hisoblanuvchi va markaziy muvofiqlashtirish tizimiga ega bo‘lgan o‘zaro ta’sirlashuvchi shaxslarning hamjamiyati. Tashkilot ichidagi har qanday muvofiqlashtirish va tuzilmalarning o‘ziga xosligi uni uyushmagan shaxslar orasida diffuziyali va yo‘lga qo‘yilmagan aloqalardan farqlaydi. Bularning barchasi tashkilotga alohida biologik organizm bilan o‘xshashlikni beradi. 3. Amerikalik sotsiologlar P.Blau va U.Skott tashkilotni ta’riflashda uchinchi yo‘nalishni taqdim etadilar. Bu ta’rifda ularning fikriga ko‘ra asosiy hisoblangan yuzaga kelgan tashkilotning tavsifi ko‘rsatiladi – u o‘ziga xos maqsadlarga erishish uchun rasmiylashtirilgan, ya’ni rasmiy tuzilmaga ega bo‘lishi lozim. 4. Tashkilotlar tadqiqotchisi amerikalik A.Etsionining fikriga binoan, tashkilot – bu ongli ravishda tashkilotga a’zo bo‘lishni va uning a’zolarining ongli harakatlarini tavsiflovchi o‘ziga xos maqsadlariga erishish uchun loyihalashtirilgan va qayta loyihalashtirilgan ijtimoiy birlashmalardir (yoki kishilar guruhi). Formal tashkilot bu shunday mexanizmki, u odamlarni, resurslarni va texnologiyalarni bir maqsad yo‘lida birga birlashtiradagan, maqsadga erishish uchun hatti-harakatlarni amalga oshiradigan kishilar guruhi. Formal tashkilot (formal organization) bu shunday mexanizmki, u odamlarni, resurslarni va texnologiyalarni bir maqsad yo‘lida birga birlashtiradigan va muvofiqlashtiradigan kishilar birlashmasi. Ikkilamchi guruh (Secondary groups) ikki va undan ortiq odamlarning bir maqsadga erishish uchun o‘zoro hatti-harakatini muvofiqlashtiruvchi kishilar guruhi. Ikkilamchi guruhda ma’lum bir vazifani bajarish uchungina sotsial munosabatlar shakllanadi. Volontyorlik tashkilotlari (Voluntary organizations) formal tashkilot bo‘lib, unda kishilar ma’lum vaqt davomida o‘zoro qiziqishlar, talant, ehtiyojlar asosida nomoddiy maqsadlarga erishish uchun uyushgan kishilar birligi Majburiy tashkilotlar (Coercive organizations) formal tashkilot bo‘lib, unda kishilar tanlash ixtiyorisiz majburiy ravishda ijtimoiylashish va qayta ijtimoiylashish maqsadida yoki deviant hulqli kishilarni qayta ijtimoiylashishi maqsadida majburiy ravishda uyushtirilgan tashkilot. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling